Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 10:15

Qirg‘iziston prezidentidan qanday boyiganini isbotlab berish talab qilindi


Qirg‘izistondagi eng kuchli siyosiy muxolifalar O‘murbek Tekebaev (chapda) va prezident Almazbek Atambaev.
Qirg‘izistondagi eng kuchli siyosiy muxolifalar O‘murbek Tekebaev (chapda) va prezident Almazbek Atambaev.

Qirg‘iziston parlamenti deputati, muxolifatdagi “Ata Meken” partiyasi raisi O‘murbek Tekebaev 31 yanvar kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida prezident Atambaevdan o‘z boyligini qanday yo‘llar bilan topgannii isbotlab berishni talab qildi.

-Masalan, Babanov benzin, Tursunbekov un, Artikbaev dori sotib boyigan. Atambaev nima ishlab chiqarganini hech kim bilmaydi. Shuning uchun men unga deputat sifatida rasmiy so‘rov jo‘natamoqchiman. “2017 yilni “Iymon yili”, deb e’lon qildingiz, “Iymon yilida” iymon sirlarini oching, boyliklaringizni qanday yo‘llar bilan topgansiz, qancha soliq to‘laysiz, boyligingiz manbalari nimalar?” deb savol bermoqchiman, - dedi deputat.

Tekebaev prezident Atambaevga taaluqli bo‘lgan firmalar va Atambaevning daromadlari 2010 yil 7 aprel inqilobidan so‘ng nega keskin o‘sib ketgani to‘g‘risida ma’lumot yig‘ayotganini bildirdi.

Tekebaevning bu bayonotiga prezident ma’muriyati zudlikda javob qaytardi:

- Almazbek Atambaev Sovet davridayoq boyib ketganini hech kimdan yashirgan emas. Dastlabki millionlarini u kitob nashr etish orqali to‘plagan. O‘tgan asrning 80-90 yillarida bu juda daromadli biznes bo‘lgani hech kimga sir emas. Kitob sotib to‘plagan pullariga Atambaev korxonalarning aksiyalarini sotib olgan. Bu narsalarning barchasi prezidentning soliq deklaratsiyasida ko‘rsatilgan, - dedi prezident ma’muriyati axborot siyosati bo‘limi rahbari Almaz Usenov.

Biroq siyosatshunos Daniel Qadirbekov muxolifatchi O‘murbek Tekebaevning iddaolarini asosli, deb hisoblaydi. U prezident Tekebaevning rasmiy so‘roviga javob berishiga shubha bildiradi.

- Agar prezident o‘z boyligi to‘g‘risida ochiq ma’lumot bersa, unda bu boylik halol mehnat bilan topilganiga ishonsa bo‘lar edi. Tekebaevning so‘roviga ko‘ra, olti yildan beri davlatni boshqarib kelayotgan prezident mana shu olti yil ichida topagan barcha boyligining manbalarini isbotlab berishi kerak. Biroq prezident Tekebaevga javob berishni xohlamaydi, deb o‘ylayman. Men prezident boyliklarini halol yo‘l bilan topganini ehtimoldan soqit qilmagan holda aytamanki, 90-yillarda legal tarzda boylik to‘plash ikoniyati yo‘q edi, -dedi siyosatshunos.

Ayni paytda Almazbek Atambaev jamoatchilikka bir necha marotaba tadbirkorlik faoliyatini 1989 yilda boshlaganini, Qirg‘izistondagi eng birinchi xususiy shirkatni tashkil etganini va prezident Aqaev “Volvo” minib yurgan paytda u “Mersedes” mashinasiga ega bo‘lganini aytgan edi.

Qirg‘izistonda shakllangan an’anaga ko‘ra, prezidentning o‘tgan yilgi soliq deklaratsiyasi joriy yilning aprel oyida jamoatchilikka e’lon qilinadi. Shuning uchun hozircha Atambaev 2016 yilda qancha daromad topgani to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.

Atambaevning 2015 yildagi soliq deklaratsiyasida esa bir yilda prezident 1 million 300 ming so‘m oylik olgani, biroq uning chiqimlari 34 million so‘mni tashkil etgani qayd etilgan.

Atambaev o‘z soliq deklaratsiyasida 116 kvadrat metrli uyi joylashgan deyarli 3 gektarli hovlisi va qariyib 7 gektarli bog‘i borligini ham ta’kidlagan.

XS
SM
MD
LG