Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:23

9 yilga qamalib, 5 yilga "raskrutka" qilingan huquq himoyachisi amnistiyaga tushmadi


A’zam Farmonov (o‘rtada) bilan Inson huquqlari "Ezgulik" jamiyati faollari 2016 yilda uchrashgan edi.
A’zam Farmonov (o‘rtada) bilan Inson huquqlari "Ezgulik" jamiyati faollari 2016 yilda uchrashgan edi.

Shu yilning 3 fevral kuni 11 yildan beri Jasliq qamoqxonasida saqlanayotgan O‘zbekiston inson huquqlari jamiyati faoli A’zam Farmonov o‘zining galdagi amnistiyadan mahrum qilinganini bildirdi.

Bu haqda xabar qilgan huquq faolining rafiqasi Ozoda Yoqubovaga ko‘ra, 3 fevral kuni kechki payt qamoqxonadan qo‘ng‘iroq qilgan A’zam Farmonov tegishli komissiya tarafidan o‘zining muddati qisqartirilishi yoki ozod qilinishi masalasi rad etilganini aytgan:

“A’zam aka 3 fevral kuni kechqurun uyga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zining amnistiyadan mahrum qilinganini aytdilar. “Ozoda, meni amnistiya komissiyasi yana “za bort” qildi” dedilar. Chiqishlariga umid qilib turgandik. Bir-ikki siyosiy mahkumlarning ozod qilingani, huquq himoyachilariga u kishi bilan uchrashuvga ruxsat berishgani bizga umidlantirgandi” deydi Ozoda Yoqubova.

So‘nggi marta 2016 yilning 11-12 noyabr kunlari Jasliq lagerida turmush o‘rtog‘i bilan uchrashgan Ozoda Yoqubovaga ko‘ra, uning sog‘lig‘i qoniqarli bo‘lgan. Yuqori instantsiyalarga murojaatlari qilib, o‘zining aybsizligini isbotlashga harakat qilayotganini aytgan.

“O‘tgan yilning 18 avgustida Jasliqda huquq faollari bilan uchrashuvlardan so‘ng A’zam akani kompleks tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazishgan. Oshqozon-ichak kasalliklarini davolashgan. So‘nggi uchrashuvda sog‘lig‘idan shikoyati yo‘qligi, ammo ozod qilinishdan umidi borligini aytgandilar” deydi Ozoda Yoqubova.

2015 yilning 1 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani sudi 9 yillik jazo muddatini to‘liq o‘tagan A’zam Farmonovni O‘zbekiston Respublikasi JKning 221-moddasi (Jazoni ijro etish muassasalari tartibini buzish) aybi bilan 5 yilu 26 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilgan.

Ko‘plab xalqaro tashkilotlarning noroziligiga sabab bo‘lgan mazkur qaror yuqori intansiya sudlari tarafidan o‘z kuchida qoldirib kelinmoqda.

XS
SM
MD
LG