Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:05

Mirziyoev domlar isitilmagani uchun javob beradigan vazirlik tuzdi


Prezident Mirziyoev 18 aprelda imzolagan farmon bilan "aholini sifatli uy-joy kommunal xizmatlari bilan qamrab olishni tubdan yaxshilash…” maqsadida O‘zbekistonda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkil etiladigan bo‘ldi.

Yangi vazirlik tuzilishi bilan bu sohada nima o‘zgaradi? Ozodlik bu savol javobini bilish uchun Toshkentdagi uy-joy shirkatlaridan birining raisi hamda bir huquqshunos-uy bekasidan farmon bilan tanishib, o‘z fikrlarini bildirishni so‘radi.

Yangi vazirlik va uning "bolalari"

Prezidentning “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlarda boshqarmalari va shaharlarda bo‘limlari;.

Yangi vazirlik huzurida Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy inspeksiyalari;

“Ko‘p xonadonli uylar, issiqlik ta’minoti ob’ektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi (DUK) va uning hududiy filiallari tashkil qilinadigan bo‘ldi.

Yangi vazirlikning vakolatlari

Farmon bilan yangi vazirliklikning vakolatlarb belgilab qo‘yildi. Masalan, hujjatda mana bunday deyilgan:

“O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir”.

Nega tashkil qilinayapti yangi vazirlik?

Farmonni qabul qilish zarurati qanday paydo bo‘lgani unga berilgan sharhda tushuntirilar ekan, jumladan, bunday deyilgan:

Joylardagi ijro hokimiyati organlari xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari faoliyatini etarlicha muvofiqlashtirmayapti. Ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanish borasida kompleks yondashuvning yo‘qligi aholiga sifatli va kafolatli kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishga to‘siq bo‘lmoqda va uy-joy mulkdorlarining haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda”.

Prezident farmoni va unga sharh bilan mana bu yerda tanishishingiz mumkin.

Uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruvi raisi: Soha egasiz qolib ketgan edi

Toshkent shahar, Yashnabod tumanidagi “Gavhar kommunalchi” uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruvchi raisi Abdurahmon Tashanov Ozodlikning iltimosiga javoban farmon bilan tanishib chiqqach, uni ijobiy baholadi:

- Shu paytgacha kommunal soha guyo xususiylashtirilgan, hamma o‘ziga o‘zi ega bo‘lib olgan, lekin amalda egasiz qolib ketgan edi. Rasman bu soha hokimliklarning kapital qurilish boshqarmalariga biriktirilgan, lekin uy-joy mulkdorlari shirkatlari xususiy bo‘lgani uchun boshqaruv yo‘q edi. Farmon bilan, endilikda, boshqaruv bitta qo‘lga o‘tadigan ko‘rinadi, dedi uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruvchi raisi.

Uning aytishicha, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkil etilishi, ayniqsa, viloyatlardagi ko‘p qavatli uylar aholisining muammolarini yechish uchun muhim omil bo‘lishi mumkin. “Chunki u yerlarda elementar qulayliklar, hatto oddiy sovuq suv yo‘q domlar bor”, dedi Tashanov.

Toshkent shahar, Yashnabod tumanidagi “Gavhar kommunalchi” uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruvchi raisi yangi vazirlik tashkil qilinishi bilan bog‘liq boshqa masalalarni ham tilga oldi:

Уй-жой мулкдорлари ширкати раиси фармон ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:39 0:00
Бевосита линк

Huquqshunos-uy bekasi: Nazorat kuchaytirilishidan boshqa narsa ko‘rmadim

Prezidentning farmoni bilan tanishib, o‘z fikrini bildirishini Toshkent shahar, Olmazor tuman, Yuqori Sebzor mahallasidagi ko‘pqavatli uylardan birida yashovchi huquqshunos Gulnora Oqilovadan iltimos qildik.

Huquqshunos e’tiborimizni yangi vazirlik huzurida Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tuzilayotganiga qaratarkan, bunday dedi:

- Shirkat boshliqlari ishlarini kuzatadigan, tekshirib turadigan, shirkatlarning moliyaviy ishlarini tekshirib turadigan organ tuzilayotganga o‘xshaydi va menimcha, shunga zarurat bor edi, degan Oqilova, farmonga umumiy baho berarkan, “uning “barakalla” degan tahsinga sazovor joyini ko‘rmadim”, dedi.

Ҳуқуқшунос Гулнора Оқилова фармон ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:59 0:00
Бевосита линк

Pechka yoqilayotgan domlar

Toshkentning Sebzorida yashaydigan Gulnora Oqilova bu yil qishda issiqlik me’yordagiday bo‘lganini e’tirof etdi.

Lekin viloyatlarda ahvol keyingi yillarda o‘ta yomon ahvolga kelib qolgani, ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarga aholi hatto pechka qurishga majbur bo‘layotgani issiq suv u yoqda tursin, hatto sovuq suv ta’minotida uzilishlar bo‘lishi Ozodlikka kelayotgan xabarlardan ma’lum.

Elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar, tabiiy gaz taqchilligiga esa, aholi allaqachon ko‘nikib qolgan.

XS
SM
MD
LG