Линклар

11 декабр 2017, Тошкент вақти: 20:16

Horijda o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalar eng katta tashvishdan qutuldi


Massachusets Texnologiya instituti - reytingi eng yuqori o‘quv yurtlaridan biri.

Vazirlar Mahkamasi joriy oy boshida qabul qilgan qaror bilan horijdagi universitetlarning o‘zbekistonlik bitiruvchilari yillardan buyon duch kelayotgan jiddiy muammo bartaraf etildi.

Xalqaro tashkilotlar tuzgan reytingdagi dastlabki 500 pozitsiyani egallagan universitetlarda ta’lim olganlarning diplomlari bundan buyon O‘zbekistonda maxsus sinovlarsiz nostrifikatsiya qilinadi – tan olinadi.

3 aprelda qabul qilingan “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»”gi qaror keng qamrovli katta hujjatdir.

Unda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlardan tashqari to‘liq o‘rta, to‘liqsiz o‘rta va o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibiga aniqlik kiritilganki, qiziqqanlar qaror matni bilan mana bu yerda tanishishi mumkin.

"Ilg‘or 500"ning bitiruvchilari tan olinadi

Hukumat qaroriga binoan bundan buyon xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingi boshidagi 500 talik ro‘yxatga kiritilgan universitetlarni bitirganlarning diplomlarini nostrifikatsiyalash to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi.

Yana qaysi holatlarda diplomni nostrifikatsiyalash uchun imtihon topshirish shart emas?

Hukumat qaroriga binoan, agar bitiruvchi oliy ta’limni:

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyish va bayonnomalari asosida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritishiga ruxsat etilgan xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalarida;

mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar)ga muvofiq tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning yo‘llanmalari asosida;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat test markazining qo‘shma qarori bilan har yili ro‘yxati tasdiqlanadigan ta’lim muassasalarida olgan bo‘lsa diplomni nostrifikatsiyalash uchun imtihon topshirish shart emas

"Ilg‘or 500"ga kirmagan universitetlar bitiruvchilari nostrifikatsiya jarayonidan to‘liq o‘tadi

Nostrifikatsiyalash vakolati yuklatilgan idora – O‘zbekiston respublikasi Davlat test markazi mulozimining Ozodlikka aytishicha, O‘zbekistonga qo‘shni davlatlar: Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi oliy o‘quv yurtlarining bitiruvchilariga nostrifikatsiyalashning osonlashtirilgan tartibi joriy etilmaydi, chunki bu mamlakatlar universitetlari 500 ta eng yaxshi universitet ro‘yxatiga kiritilmagan.

roundranking.com tuzgan reytingda 763 ta oliy o‘quv yurti baholangan. Ular orasida, masalan, Turkiyaning 14 ta universiteti bor. Ulardan 6 tasi 500 talikning ichida va ularni bitirganlarning diplomi O‘zbekistonda maxsus sinovsiz, lekin ekspertlar tekshiruvidan o‘tkazilganidan so‘ng tan olinadi. Qolgan 8 ta universitet bitiruvchilarining diplomlari nostrifikatsiya jarayonidan to‘liq o‘tkaziladi.

Shuni aytish kerakki, AQShdagi Harvard universiteti birinchi o‘rinni egallagan bu reytingdan O‘zbekistondagi universitetlardan birontasi ham joy olmagan.

7 yil muqaddam joriy etilgan tartib

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida Nizom 2000 yilning 25 iyulida qabul qilingan edi.

O‘sha davrda bunday tartibni joriy etishdan maqsad nima edi?

Bugunga kelib o‘sha tartib o‘zgartirilishiga nima sabab bo‘ldi?

Bu masalada chet davlatlar tajribasi qanday?

O‘zbekiston universitetlari bitiruvchilarining diplomlari chet davlatlarda qanday tan olinadi?

Bu savollarni Chexiyadagi oliy o‘quv yurtlaridan birining o‘qituvchisi, Iqtisodiyot fanlari doktori, o‘zbekistonlik Xolnazar Omonovga berdik.

XS
SM
MD
LG