Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:31

Mirziyoev "Karimov aeroporti"ni yaxshilashga oid qaror chiqardi


Toshkent aeroportidan chiqish mashmashasi.
Toshkent aeroportidan chiqish mashmashasi.

Prezident Shavkat Mirziyoevning 4 may kungi qarori "Toshkent shahridagi xalqaro aeroportga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berish to‘g‘risida" deb nomlanadi.

Uning birinchi jumlasida yozilishicha mazkur qaror:

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 yanvardagi PQ-2744-sonli "O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida"gi qarorining bajarilishini ta’minlash hamda aeroport infratuzilmasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportida zamonaviy talablarga muvofiq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash maqsadida" qabul qilingan.

Qaror nomiga chiqqan topshiriq bir gap bilan ifodalangach¸ prezident qarori¸ bu aeroportda qilinishi lozim o‘zgarishlarga bag‘ishlanadi.

Islom Karimov nomli Toshkent xalqaro aeroportidagi xizmat sifatini tubdan yaxshilash uchun prezident Mirziyoev Bosh vazir Abdulla Aripovga bir oy ichida:

yo‘lovchilarning bojxona, chegara va immigratsiya tartibotlaridan o‘tish vaqtini qisqartirish;

bojxona, chegara va immigratsiya xizmatlari, ichki ishlar organlari va aeroportda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi xodimlari tomonidan xizmat vakolatlarining suiiste’mol qilinishining oldini olish va ularga barham berish;

poytaxtga va respublikaga keladigan yo‘lovchilar, mehmonlar va xorijiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini ta’minlash¸ yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish va ularning bagaji bilan ishlashning texnologik jarayonini optimallashtirish;

kuzatib qoluvchilar va kutib oluvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, maxsus ajratilgan hududda avtotransportlar to‘xtash joylarini tashkil etish"ga qaratilgan chora-tadbirlarini ishlab chiqishni buyurdi.

Bu kompleks dasturni ishlab chiqish jarayoniga¸ prezident qaroriga muvofiq¸ "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Toshkent shahri hokimligi jalb etiladi.

The Guide to Sleeping in Airports sayti e’lon qilgan so‘nggi yillik reytingda Toshkent xalqaro aeroporti yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasi dunyoda eng yomon bo‘lgan besh aeroportdan biri deb topildi.

Bu sohada dunyo bo‘ylab o‘tkazilgan so‘rovda qatnashgan 26 mingdan ziyod sayohatchi dam olish uchun mavjud qulayliklar¸ xizmatlar¸ ovqatlanish imkonlari¸ migratsiya va xavfsizlik va mijozlarga xizmat ko‘rsatish darajasidan kelib chiqib¸ Toshkent xalqaro aeroportini dunyodagi yomonlar beshligiga kiritdi.

Ozodlikka bog‘langan o‘zbekistonliklar ham¸ Toshkent aeroportining¸ ayniqsa¸ kelgan yo‘lovchilarni qabul qilish qismidagi sharoitning nihoyatda yomonligi¸ pasport tekshirish punktlarining ayanchli ahvoli¸ uzun navbatlar¸ chegara va bojxona xizmati vakillarining qo‘polligi¸ yuklar chiqishining soatlab cho‘zilishi va bepul yuk aravachalari kabi eng oddiy xizmatlarning ham yo‘qligidan shikoyat qiladilar.

XS
SM
MD
LG