Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:32

BMT Inson haqlari bo‘yicha Oliy komissari Toshkentda faollar bilan uchrashdi


BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn 10 may kuni Toshkentga bordi va bu oliy komissarning O‘zbekistonga ilk safaridir. Komissarni Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov aeroportda qarshi oldi va Toshkent rasmiylari komissarning o‘zbekistonlik huquq faollari bilan uchrashuvida ham ishtirok etdi.

So‘nggi bor 2007 yilda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha o‘sha kezdagi Oliy komissari Luiz Arburning O‘zbekistonga borish to‘g‘risidagi murojaati rasmiy Toshkent tomonidan rad etilgan edi.

Endilikda Toshkentda Oliy komissar bilan uchrashuvda ishtirok etgan "Ezgulik" jamiyati faoli Abdurahmon Tashanovning aytishicha, o‘zbekistonlik mustaqil huquq himoyachilari BMT Oliy komissarining mamlakatga kirishiga ruxsat berilganidan mamnun bo‘lishgan.

Faollar ilk uchrashuvdayoq Oliy komissardan qator muammolar bo‘yicha, jumladan, xorijga quvg‘in qilingan fuqarolik jamiyati hamda muxolifat faollarining O‘zbekistonga qaytishida huquqiy yordam so‘ragan.

Bundan tashqari, huquq faollari O‘zbekistondagi siyosiy faol kishilarga qo‘yilgan ayblov va sudlovlar, muhimi, 2005 yilda bo‘lgan Andijon voqealari bo‘yicha mustaqil tekshiruv o‘tkazilishini ta’minlashda ham BMT Oliy komissaridan ko‘mak so‘rashgan.

Uchrashuvga oid boshqa tafsilotlarni Abdurahmon Tashanov bilan suhbatda tinglashingiz mumkin.

БМТ Инсон ҳуқуқлари бўйича Олий комиссари Ўзбекистонга киритилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:58 0:00
Бевосита линк

2007 yilda Markaziy Osiyo respublikalari bo‘ylab safar qilgan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha o‘sha kezdagi Oliy komissari Luiz Arbur O‘zbekistonga bormagan edi.

U O‘zbekiston hukumati bu safar rejalangan paytda uni qabul qilishga imkoniyati yo‘qligini bildirib, murojaatini rad etganini aytgandi.

O‘sha kezda BMTning Qochqinlar bo‘yicha komissarligi Qirg‘izistondagi 500 dan ziyod o‘zbekistonlikni Ruminiyaga olib o‘tgan edi va tashkilotning Inson huquqlari bo‘yicha komissarligi Andijon voqealari bo‘yicha mustaqil tekshirish o‘tkazilishini talab qilgan edi.

Ammo, shu yilning mart oyida BMT Inson haqlari kengashining Jenevada o‘tgan 34-sessiyasida Oliy komissarlik, Shavkat Mirziyoev prezidentlikka kelganidan so‘ng qabul qilingan qaror va qonunlar ijro qilingan taqdirda, mamlakatdagi inson huquqlari vaziyatida ijobiy o‘zgarish qilishiga umid bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG