Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:01

Erondagi saylovda Ruhoniy g‘olib chiqdi


Erondagi prezidentlik saylovida mamlakatning amaldagi prezidenti Hasan Ruhoniy g‘olib chiqdi. Mamlakat ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, saylovda 41 milliondan ortiq saylovchi qatnashgan. Shundan 23 yarim milliondan ortig‘i Ruhoniy uchun ovoz bergan. Uning raqibi, Oyatulloh ali Humanaiy va uni atrofidagi konservatorlar dastaklovchi 56 yoshli Ibrohim Raisiy 15 milliondan ortiqroq ovoz to‘plagan.

Eronda davlat rahbari lavozimiga to‘rt nomzod da’vogarlik qilayotgandi.

Ular orasida amaldagi prezident Hasan Ruhoniy hamda konservator va sobiq prokuror Ibrohim Raisiy ko‘proq ovoz olishi mumkin bo‘lgan nomzodlar sifatida qaralayotgandi.​

Liberal qarashlarga ega deb bilingan Hasan Ruhoniy 81 millionlik aholiga G‘arb bilan hamkorlikni davom ettirish va vatandoshlarga yanada ko‘proq erkinliklar berishni va’da qilmoqda.

Uning saylovdagi raqibi Ibrohim Raisiy esa ovoz berishda qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilganini iddao qilmoqda.

U Ruhoniy tarafdorlarini saylov uchastkalarida targ‘ibot ishlarini olib borganlikda ayblagan.

Saylov uchastkalarida targ‘ibot mamlakat qonunchiligiga ziddir.

Erondagi saylovlarda faollik 70 foizni tashkil etgan. Ya’ni saylash huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning shuncha foizi ovoz berishda qatnashgan.

Saylovchilar faolligi yuqori bo‘lgani sabab hukumat ovoz berishni besh soatga uzaytirdi.

Eron ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, saylovda 41 milliondan ortiq odam qatnashgan.

Eronda prezident ijroya hokimiyat rahbari hisoblanadi. Lekin, asosiy iqtidor Eron oliy ruhoniysi qo‘lida. U mamlakat qurolli kuchlari, sud tizimi, davlat televideniesi va hukumatning muhim idoralarini nazorat qiladi.

Eron oliy ruhoniysi mamlakat tashqi siyosatini ham belgilab beradi.

XS
SM
MD
LG