Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 07:50

Buxoroda hokim xalqning tomorqasini tortib olishni boshladi


Tuman hokimi buyrug‘i bilan qurilgan devor va boshqa inshootlar buzilib¸ tortib olingan tomorqalardan biri surati.
Tuman hokimi buyrug‘i bilan qurilgan devor va boshqa inshootlar buzilib¸ tortib olingan tomorqalardan biri surati.

Buxoro viloyati Olot tumani hokimi Sherali Salomov¸ tuman prokuraturasi¸ ichki ishlar bo‘limi rahbar va xodimlari bilan birga aholining o‘n yillardan beri foydalanib kelgan tomorqa yerlarini hokimlik balansiga o‘tkazishga yangi shijoat bilan kirishdi.

Tumanning Jumabozor qishloq fuqarolar yig‘ini hududidan boshlangan bu jarayon¸ bevosita guvohlarga ko‘ra¸ hech qanday ogohlantirishsiz¸ kuch vositasida amalga oshirilgan.

Tortib olingan tomorqada qurilgan uylar militsiya bosimi ostida buzib tashlangan.
Tortib olingan tomorqada qurilgan uylar militsiya bosimi ostida buzib tashlangan.

«Hokim odamlarga zo‘ravonlik qilayapti. Qurilgan uy yoki uy qurish uchun ko‘tarilgan fundament betonlarni buzib tashlamoqda. Rasm yo videoga olsak¸ militsiya xodimlari «qamab qo‘yamiz¸ davlatga qarshi fitna uyushtirayapsan» deb qo‘rqitishayapti. Hokim esa: «Men prezidentning odamiman. Senlar davlatga qarshi chiqayapsan va davlat yerlarini o‘zboshimchalik bilan o‘zlashtirib olding¸ qonuniy jazoga tortilasan» deb qo‘rqitayapti. Bizda bor yer hujjatlarini¸ uy-joy qurish uchun berilgan dokumentni «soxta» deb hech kimga quloq solmasdan¸ uylarni buzib tashlamoqda»¸ - dedi Ozodlik bilan suhbatda shaxsan tuman hokimi ko‘rsatmasi bilan tomorqaga qurilgan uyi buzilganlardan biri shaxsi ochiqlanmasligini so‘rab.

Олот туманидан келган видео
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:23 0:00

(O‘z hovli-joyiga tutash tomorqasining tortib olinishini imkon qadar videoga olishga uringan olotliklar¸ bu tasvirni Ozodlikka taqdim qildilar.)

Olotliklardan yana birining Ozodlikka bildirishicha¸ tuman hokimi tashabbusi bilan nafaqat qurilgan uy va boshqa inshootlar¸ balki hosilga kirgan ekinzorlar ham payhon qilinmoqda.

«Mahallamiz vakillari kelib yerlarni bug‘doy-bedalarni buzib poliz ekinlari ekish uchun yerlar haydalib¸ tarvuz¸ qovun shu kabi poliz ekinlari ekilgandi¸ kartoshkalar hosilga kirganiga qaramasdan¸ buzib paxta ekilayapti. Paxta ekish uchun kech bo‘ldi¸ shunga qaramasdan paxta ekilayapti¸ nochor va kambag‘al kishilarning uy¸ yer-joylari tortib olinyapti¸ mansabdor shaxslar¸ boylarning yerlari joyida qolmoqda»¸ deydi Olot tumanining Jumabozor MQF yig‘inida yashovchilardan biri.

"Xalqqa jabr bo‘layotgani rost..."

Olot tuman hokimligi mulozimi nafaqat Jumabozor¸ balki butun tuman bo‘ylab aholi yillardan beri foydalanib kelgan tomorqa yerlarning tortib olinayotgani¸ pishay deb qolgan hosil buzilib¸ o‘rniga paxta ekilayotganini tasdiqladi.

Olotda buzilgan uylardan biri.
Olotda buzilgan uylardan biri.

«Men shaxsan qatnashdim bu voqeada. Zo‘ravonlik ham bo‘ldi¸ dod-voy ham bo‘ldi. Ayollar yana bir-ikki hafta vaqt bering¸ hosilimni terib olay¸ deb yalindi¸ lekin quloq solinmadi. Tomorqalar chetiga ekilgan o‘riklar ham mevasi pishay deb qolganiga qaramay¸ kesib tashlandi. Sababi¸ bu yerlar mustaqillikdan keyin odamlarga vaqtincha tomorqa sifatida berilgan¸ lekin ularning qo‘lida yerdan foydalanish haqidagi qaror yo‘q. Uy-joy qurish uchun berilgan kadastr ularga hovlisining oldi-orqasidagi yerlardan foydalanish haqqini bermaydi. Hokim shuni ro‘kach qilib¸ ularni tortib olayapti. Xalqqa ozgina yon bosgan mahallaqo‘mni haqorat qilib tashladi»¸ dedi Olot tuman hokimining shaxsan o‘z ishtirokida tomorqalarni tortib olish jarayonida qatnashgan mulozimlardan biri shaxsi ochiqlanmasligi sharti bilan.

Tuman hokimi viloyat hokimi buyrug‘ini bajarayapti

Ozodlik bilan suhbatda Olot tuman hokimligiga yaqin boshqa bir mulozim¸ aholi tomorqa yerlarining tortib olinib¸ o‘rniga paxta ekish kampaniyasi viloyat hokimi tashabbusi ekanini bildirdi.

«Kecha o‘tkazilgan selektorda viloyat hokimi tomorqalarni olish Olotda boshlandi¸ boshqa joylarda ham davom etadi¸ deb gapirdi. Viloyat hokimi bugun tumanga kelib¸ vaziyatni o‘rganayapti. Boshqa tumanlarda boshlanganini aniq bilmayman¸ lekin boshlansa kerak»¸ dedi mahalliy mulozimlardan yana biri.

Aytilishicha¸ har ikkala hokim bunday harakatni Shavkat Mirziyoevning tomorqa yerlaridan samarali foydalanish haqidagi topshirig‘i ijrosi sifatida taqdim etmoqda.

«Prezident Xitoyda bir odamning uyiga kiripti¸ kichkinagiga yerida 1200 tup limoni bor ekan¸ bir qarichi ham bo‘sh emasmish. Mana yerdan samarali foydalanish qanaqa bo‘ladi»¸ deb dakki beribdi prezident. Shunga bular o‘zini ko‘rsatmoqchi. Olot hokimi bu yil paxta planini bajarmasa¸ ishdan ketishidan qo‘rqib¸ olinayotgan tomorqaga paxta ektirayapti. Bo‘lmasa¸ o‘zi bir-ikki oy oldin odamlarni poliz-sabzavot ekishga majburlagan edi»¸ dedi Olot tuman hokimligiga yaqin mahalliy mulozim.

"Tomorqaxo‘r hokim"

2011 yildan beri Olot tumani hokimi bo‘lib ishlayotgan Sherali Salomov 2014 yil bahorida ham ayni shunday kampaniya o‘tkazishga kirishgan edi.

Aholining jiddiy noroziligiga sabab bo‘lgan bunday harakatiga Ozodlik muxbiri bilan suhbatda qisqa izoh bergan Salomov:

- Odamlar "samozaxvat" qilib gektarlab yerni bosib olgan. Shu yerlar bo‘yicha hozir jarayon ketayapti. Boshqa birorta odamning qo‘lidan yer tortib olingani yo‘q,- degan edi 2014 yil aprelida.

24 may kuni Olot hokimi bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi - hokimlik rasmiylari Salomovning viloyat hokimi bilan fermer yerlarini tekshirishga ketganini bildirdilar.

XS
SM
MD
LG