Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 08:46

OzodDayjest: Farg‘onalik ayol 10 yashar qizini pul evaziga begona erkakka qo‘shib bermoqchi bo‘lgan


Janubiy Koreyaga Mehnat vazirligi yo‘llanmasi bilan ishga ketgan o‘zbekistonliklar diniy-ekstremistik faoliyatda ayblanib, qamaldi. Buxoroning Vobkent tumanida mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi. Farg‘onalik ayol 10 yoshli qizini 1000 dollar evaziga begona erkakka qo‘shib bermoqchi bo‘ldi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida yozdi.

_______________________________________________________________

Koreyada ishlab IShID tuzog‘iga ilingan o‘zbekistonlik vatandoshlar uzoq yilga ozodlikdan mahrum etildi

O‘zbekiston Mehnat vazirligi yo‘llanmasi asosida Janubiy Koreyaga ishlagani borgan bir necha vatandosh diniy-ekstremistik jinoyatlarda ayblanib, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi (“Darakchi”, 25 may). Ismi oshkor etilmagan yigitlar Koreyaning Kimxe shahridagi zavodlarda ishlab kelgan. Qayd etilishicha, yigitlarga Turkiyada yashagan diniy olim Abdullo Buxoriyning shogirdi skayp dasturi orqali dars o‘tib, ularni Suriyada jihod qilishga da’vat etgan. O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti katta tergovchisi Doniyor Qambarovga ko‘ra, o‘zbekistonlik vatandoshlar “baytulmol” sifatida pul yig‘ib, u mablag‘ni terrorchilik qo‘llab-quvvatlash maqsadida Istanbul shahridagi Zaytunburni mavzeida joylashgan “Ehson-ilm yordamlashma darnagi” nomli madrasa fondiga yuborgan. Terrorchilikda ayblangan yigitlar Koreyadan Suriyaga “hijrat” qilish uchun chiqib ketayotganda qo‘lga olingan.

Armiyaga yuborish uchun pora talab qilgan “voenkom” qo‘lga olindi

Buxoro viloyati Vobkent tumani mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi (“Huquq”, 25 may). Shu tumanlik yigit harbiy xizmatga borish istagida mudofaa bo‘limiga hujjatlar topshirgan. Nomzodning barcha hujjatlari mavjud bo‘lib, u harbiy xizmatga layoqatli sanalgan. Ammo shunga qaramay tuman “voenkom”i – mudofaa ishlari bo‘limi rahbari yigitni harbiy xizmatga yuborish evaziga vositachi orqali uning qarindoshidan 800 dollar pora talab qilgan. Harbiy mansabdor ko‘rsatilgan miqdordagi porani olayotganda ushlangan. Jinoiy ishga oid boshqa tafsilotlar va aybdorlarning ism-sharifi oshkor etilmagan. Qayd etilishicha, tamagir mudofaa mansabdori hamda unga vositachilik qilgan shaxsga tegishli jazo berilgan.

Farg‘onada qabih jinoyat: ona norasida qizini begona erkakka qo‘shib bermoqchi bo‘ldi

Farg‘ona shahrida qabih bir jinoyatning oldi olindi: 1973 yilda tug‘ilgan R. Viktoriya voyaga yetmagan qizini 1000 dollar evaziga begona erkakka jinsiy aloqa uchun qo‘shib berayotganda ushlandi (“Postda”, 20 may). “Mazkur holatning eng dahshatli tomoni shundaki, voyaga yetmagan qiz endigina 10 yoshdan oshgan, johil onaning (agar ona deb atashga loyiq bo‘lsa) bu tubanlikka jazm qilganidir. Xayriyatki, uning oldi olindi. R. Viktoriyaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi”, deb yozadi IIV nashri. Podpolkovnik Doniyor Teshaboevga ko‘ra, so‘nggi uch oy davomida Farg‘ona viloyatida nomusga tegish, bosqinchilik, o‘g‘irlik, firibgarlik kabi jinoyatlar soni oshgan.

XS
SM
MD
LG