Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 11:05

Qo‘shiqchi Dilfuza Ismoilova Mirziyoevni “Sultonim”, deb qo‘shiq aytdi


Xonanda Dilfuza Ismoilova
Xonanda Dilfuza Ismoilova

Yuzdan ortiq kinolarda rol o‘ynab tanilgan 49 yashar o‘zbek kino artisti va qo‘shiqchisi Dilfuza Ismoilova O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevni ulug‘lab qo‘shiq kuylagan ilk san’atkor bo‘ldi.

Shoir Tohir Muhammad tarafidan yozilgan matnga bastakor Rustam To‘lashov kuy bastalagan “Shu go‘zal yurt sultoni omon bo‘lsin” qo‘shig‘ini kuylagan Dilfuza Ismoilova Ozodlik bilan suhbatda “ushbu qo‘shiq qalb amri¸ vijdon buyrug‘i bilan” Mirziyoev Prezidentlikka saylangan 2016 yilning dekabrida yaratilganligi aytdi.

- Prezidentimiz Shavkat aka juda yaxshi olib borayotganligini ko‘rib zavqlanib ketib, shoirimiz Tohir Muhammad bilan gaplashib o‘tirib, bu qo‘shiq ustida ish boshladik. Tohirjon chiroyli she’r yozdilar. Muzikani Rustam To‘lashevga berdik. Ijroni man aytib, dekabrda yozib bo‘lindi. Yanvarda oxirgi sayqal berib, qo‘shiq tayyor bo‘ldi. Keyin klip qilib kanallarga berdik¸ dedi suhbatdosh.

Unga ko‘ra¸ bu qo‘shiqni biror davlat idorasi yoki mulozim buyurmagan.

- Oldingi yurtboshimizning munosib davomchisi bo‘lgan Shavkat akamiznini qilgan chiroyli ishlarini ko‘rib¸ kundan kunga yurtimiz gullab-yashnab¸ yaxshi tarafga o‘zgarishlar bo‘layotganidan mehrim tovlanib ketganidan aytdimda. Keyin shu asosda klip oldik, dedi Ozodlik bilan suhbatda qo‘shiqchi.

22 maydan boshlab klip ijtimoiy tarmoqlar va O‘zbekistondagi ko‘ngilochar telekannalarida namoyish qilinmoqda.

"Ollohning yerdagi soyasi - Sultonim omon bo‘lsin"

Ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida “Shavkat Mirziyoev xaqida super tarona va klip”, deya yuz minglab yuzerlar tarafidan tomosha qilinayotgan klipda O‘zbekistonning yangi rahbari “Sulton” deya madh qilinadi:

Omon bo‘lsinay, bor bo‘lsinay,

Shu go‘zal Sultoni bor bo‘lsinay,

Bu so‘zlar yangragan payt klipda Shavkat Mirziyoevning tasviri ko‘rinadi.

Avliyolar ahliga avlod bo‘lsang arziydi,

Mirziyolar xalqiga qanot bo‘lsang arziydi,

Yurt Sultoni Xudoning erdagi bir soyasi,

Shunday aziz insonga doyim desang arziydi.

Qo‘shiq fonida Mirziyoevning odamlar bilan uchrashgani va Amir Temur haykali ko‘rinadi. Qo‘shiq misralarida Mirziyoev iqtidorga kelgan payt “O‘zbekistonning tolesi balqigan kuni”, deya alqanadi:

Necha asrlar o‘tib, bir aziz zamon keldi,

Bugun xalqni uyg‘otib sohibi davron keldi.

G‘ururli o‘zligini Xudo berdi bu ne’mat,

O‘zbekning shon-shavkatin dunyo bilar on keldi.

Davron surayotgan yangi rahbar

Klipda Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston prezidentligiga yangi saylangan paytdagi kadrlar namoyish qilinar ekan, mana bu misralar yangraydi:

Davri kelsa har inson,

Davronini suradi.

Kelajak osmoniga

Narvonini quradi.

Klipning shu yeriga kelganida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Bosh vazir o‘rinbosari Ramat Ochilov hamrohligida ko‘rinadi. Erkak suhandon ovozi yangraydi:

Dovrug‘ingni qilay elga doston

O‘zimniki bo‘lgan O‘zbekiston!

Klip O‘zbekiston prezidentining xalqni boy qilish haqidagi nutqidan parcha bilan yakunlanadi.

Tarmoqlardagi tanqid

Janjalli videolari bilan tanilgan va O‘zbekistonda moliyaviy piramida tashkil qilgani ortidan firibgarlikda ayblanib hibsga olingan chinozlik Ahmadboyni maqtab videolar chiqargan Dilfuza Ismoilovaning yangi qo‘shig‘i ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinmoqda.

Tarmoq yuzeri Fazliddin Jabborov qo‘shiq ilk marta e’lon qilingan Youtube portalida 22 may kuni izoh qoldirib Dilfuza Ismoilova aytgan qo‘shiqni salbiy baholadi:

“Shoir qo‘shiqchilar xalq dardini kuylashi lozim sultonlarni bardor-bardor qilish emas, laganbordorlar. Paxta,bug‘doy,oltin,gaz,pilla,uran qayoqqa ketayotganini hech kim bilmaydi. Ishsizlik esa, xalqning tinkasini quritgan. O‘zbeklar chet ellarda sarson-sargardon. Mana xalq dardi .Mard bo‘lsangiz shularni kuylang ¸ deb yozadi Jabborov.

Ayni munozarada ishtirok etgan Komronjon Abdullaev bu qo‘shiqni Turkmanistondagi kabi laganbardorlik unsuri deb ataydi:

“Manimcha yaxshi ish bo‘madi, hali endi saylandi, hali sezilarli ish qigan yo‘k. Turkmanlarga o‘xshap boshladilar” deya yozadi yuzer.

Yuzerlardan ba’zilari Dilfuza Ismoilovani yoqlab yozadi. Shohruh ismli yuzer nazarida rahbarni maqtash eski an’ana:

“Artist o‘z ishini qilayapti. Ilgargi zamonlarda xam shoirlaru qo‘shiqchilar podshoni maqtab ulug‘lab ko‘klarga ko‘tarishgan Prezidentimizga kelsak bu insonni g‘ayratiyu shijoati har qanday namuna qilib ko‘rsatsak bo‘ladi. Ko‘z tegmasin yaratgan panohida asrasin¸ deya yozadi virtual munozara ishtirokchisi.

Karimov davridagi chegaralangan maddohlik

O‘zbekiston bastakorlar uyushmasi a’zosi¸ musiqashunos Ravshanbek Matjonovning Ozodlik muxbiriga aytishicha¸ “Karimov davrida madhiya qo‘shiqlar yaratish rag‘batlantirilmagan”

- Asosiy teleradiokanallarda va katta sahnalar repetuarida ochiqdan-ochiq madhiya qo‘shiqlari bo‘lmagan. O‘z vaqtida prezident matbuot kotibi bo‘lgan Murod Muhammad Do‘st va keyinchalik davlat maslahatchisi Hayriddin Sultonov bu ishni deyarli taqiqlab qo‘ygan edi. Albatta, ba’zi havaskorlik chiqishlari bo‘lgan lekin ular ostona hatlamagan. Masalan, Yulduz Usmonovaning Karimovga atalgan “Samarqand” degan qo‘shig‘i bir marta restoranda aytilgan holos. Keyin adminstrator buning uchun hayfsan olgan¸ deydi suhbatdosh.

Unga ko‘ra¸ Karimov davrida nafaqat prezident balki boshqa mulozimlarni maqtab qo‘shiq aytishga norasmiy taqiq bo‘lgan

- Zeromaks rahbari Mirodilboyga bag‘ishlab qo‘shiq aytgan ashulachi ko‘zi ojiz bo‘lgani bois qattiq jazolanmadi. Lekin Salimga bag‘ishlab qo‘shiq aytgan Abdulaziz Karimovning litsenziyasi olib qo‘yilgan edi, deya eslaydi musiqashunos.

O‘zbekistonning o‘tgan yili olamdan o‘tgan prezidentiga bag‘ishlab ilk bora 1994 yilda O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan artist Og‘abek Sobirov “Qo‘ng‘irog‘i jarangdor”, degan qo‘shiqni aytgan. Ayni qo‘shiqchi keyinroq “Ming qulluq” degan qo‘shiq aytgan edi. 2015 yilda O‘zbekiston Xalq artisti Yulduz Usmonova “Samarqand” degan qo‘shig‘ida Islom Karimovni Sultonga tenglashtirgan edi.

XS
SM
MD
LG