Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:11

Sudda xotinini zo‘rlash bilan tahdid qilishganini aytgan mahkum 6 yilga qamaldi


Toshkentda 11 kishi “Hizbut Tahrir”ga a’zolikda ayblanib, sudlanayotgan 12 mahkumdan biri mahkama jarayonida hushidan ketdi. O‘zbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi va mahkumlarning yaqinlaridan biriga ko‘ra, sudlanuvchi Husniddin Rizaev nomusiga tajovuz haqida ruhiy bosim bo‘lganini aytarkan, hushini yo‘qotgan, ammo sudya ko‘rsatmalarni inobatga olmagan.

Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur’at Ikromovga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida o‘tgan mahkamada 12 shaxs sudlangan va ularning ustidan hukm o‘qilgan.

Sudlanuvchilar O‘zbekiston JKning 159, 244-moddalari asosida diniy-ekstremizmga oid ayblovlar bilan ayblangan va qator taqiqlangan ekstermistik, radikal diniy guruhlar, jumladan, "Hizbut Tahrir" diniy tashkilotiga aloqador, deb topildi.

Sudlanganlardan 6 nafari 6 yil, yana 5 nafari 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi, biri esa sud zalidan ozod qilindi.

Mahkamada ishtirok etgan huquq himoyachisi sudlanuvchilar ayblovga ruhiy bosim va qiynoqlar ostida iqror bo‘lgani haqida ko‘rsatma bergani, hatto, bir sudlanuvchi hushidan ketganini aytmoqda:

- Sudlanuvchi Husniddin Rizaev sudda ochiq aytdi: "Meni qiynoqqa solishdi, agar bo‘yninga olmasang, xotiningni ko‘z oldingda yechintirib, zo‘rlaymiz, deyishganidan keyin qo‘l qo‘yib berdim", dedi. Shu gapdan keyin, ortiqcha hayajonlanib ketdimi, sud zalida hushidan ketib qoldi. "Tez yordam" chaqirishdi. Lekin, sudya bu ko‘rsatmalarni inobatga olmadi, - deydi Sur’at Ikromov.

Quyida huquq faoli bilan suhbatni tinglashingiz mumkin:

Тошкентда диний экстремизмда айбланган 11 киши қамалди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:50 0:00
Бевосита линк

6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan sudlanuvchi - Husniddin Inog‘omovning onasi - Shohida Inog‘omova ham o‘z o‘g‘lining dastlabki surishtiruv paytida ruhiy tazyiqqa uchragani haqida sudda ko‘rsatma berganini aytdi.

- GUVD (Toshkent shahar IIB) podvalida bo‘lgan paytida ruhiy bosimga uchrab, aybiga qisman iqror, degan qog‘ozga qo‘l qo‘ydirishganini aytdi. O‘g‘lim oxirida aytdi: "Onajon mening hech qanaqa gunohim yo‘q, siz siqilmang, bolam gunohkor ekan, deb", dedi. Men bolamga ishonaman, uning gunohi yo‘q. Lekin, sudya inobatga olmadi. Biz hukm ustidan Oliy sudga arz qilamiz, - dedi Shohida Inog‘omova.

​Quyida mahkumning onasi bilan suhbatni tinglashingiz mumkin:

Тошкентда қамалган диндорнинг онаси билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:22 0:00
Бевосита линк

Toshkent shahar sudida sudlanganlardan 6 nafari - Dilshod Komilov, Abdurashid Rashidov, Husniddin Inog‘omov, Davron Fayziev, Latip Yusupov, Husniddin Rizaevlar 6 yilga, 5 nafari - Ravshan Mirzaev, Sobirjon Hasanov, Bahodir Sodiqov, Afzaljon O‘rinov, Ravshan Sodiqovlar 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Sudlanuvchilardan biri - Azimjon O‘rinov esa sud zalidan ozod qilindi.

Bu 12 kishi ustidan jinoyat ishi 2016 yilda qo‘zg‘atilgan. Aksar qismi toshkentlik bo‘lgan sudlanuvchilar 2016 yilning oktabr oyida Zangiota tumanidagi "Gazovik" jamoa xo‘jaligida joylashgan dala hovlisida "gap"ga yig‘ilganidan bir-ikki kun o‘tib, hibsga olingan.

Ozodlikka taqdim qilingan ayblov xulosasida keltirilishicha, sudlanganlar O‘zbekistonda taqiqlangan "Hizbut Tahrir" diniy ekstremistik oqimiga a’zo bo‘lgan", oqim a’zolari esa "jinoiy til biriktirib, o‘zaro yig‘ilishni tashkil etib, unga "gap" ko‘rinishini berishgan", Toshkentda "jamoat" tashkil qilib, jamoat xavfsizligiga taxdid solishgan", amaldagi konstututsion tuzumni "buzishga ochiqdan ochiq tahdid qilishgan".

XS
SM
MD
LG