Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 17:10

Muxtor Ablyazov sirtdan 20 yil qamoqqa hukm qilindi (video)


Muxtor Ablyazov BTA Banki mablag‘larini o‘zlashtirish va bu mablag‘lardan qonunga zid ravishda foydalanganlikda, hamda uyushgan jinoiy guruh tashkil etganlikda aybdor deb topildi. Ablyazov bu ayblovlarni keskin rad qilar ekan, ayblovlar siyosiylashtirilganligini ma’lum qildi.

Ablyazovning hammaslaklari sifatida ko‘riladigan Boshqaruvning sobiq raisi Saduvaqqos Mamesh va Boshqaruv raisining sobiq o‘rinbosari Jaqsiliq Jarimbetovlar noqonuniy topilgan pullarni qonuniylashtirish hamda pullarni o‘zlashtirishda aybdor deb topildilar va besh yil ozodlikdan mahrum etildilar.

Kreditlashtirish bo‘yicha sobiq direktor Qayrat Sadiqov ham aybdor deb topildi va 15 yil ozodlikdan mahrum etildi. U jazoni umumiy rejimdagi koloniyada o‘taydi.

Sud BTA Bankning moddiy zararni qoplash to‘g‘risidagi arizasini qanoatlantirdi va hukm qilinganlardan «BTA Bank» aksiyadorlik jamiyati hisobiga 10 milliard dollar miqdorida zarar undirilishi haqida qaror chiqardi.

Ayni damda xorijda muhojirlikda istiqomat qilib kelayotgan BTA Bankning sobiq rahbari Muxtaor Ablyazov bundan avval barcha ayblarni inkor qilgan edi. U sud hukmidan avval bergan intervьyusida Qozog‘iston sudi chiqargan qarorni tan olmasligini bildirgan edi. Ablyazov Qozog‘iston hukumatini o‘ziga tegishli, o‘z vaqtida mamlakatdagi aktivlari bo‘yicha eng yirik bo‘lgan BTA Bankni tortib olganlikda ayblamoqda.

BTA Banki bo‘yicha hukm o‘qilganda sud zalidan translyatsiya:

XS
SM
MD
LG