Линклар

Шошилинч хабар
21 ноябр 2019, Тошкент вақти: 03:45

Turkiya va Eron Qatarni oziq-ovqat va suv bilan ta’minlashga tayyorligini bildirdi


Qatar xaritasi.

Turkiya hukumati qator arab davlatlari diplomatik aloqalarni uzib qo‘ygan Qatarga imkoniyat qadar yordam ko‘rsatishini e’lon qildi. Saudiya Arabistoni 4 iyulda Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzganidan so‘ng bu davlatga oziq-ovqat va suv ta’minotini uzib qo‘ygan edi. Anqara Qatarni oziq-ovqat va suv bilan ta’minlashini, shuningdek, Qatarda turk harbiy bazasini shakllantirishni tezlashtirishini e’lon qildi.

Turkiyadan oldinroq Eron Qatarni oziq-ovqat bilan ta’minlash salohiyatiga ega ekanini bildirgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, inqiroz yuzaga kelishidan cho‘chiyotgan qatarliklar savdoda mavjud bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini zudlikda va katta miqdorda xarid qilishni boshlab yuborganlar.

Eron bu masalani hal qilish uchun Turkiya poytaxti Anqaraga tashqi ishlar vaziri Javod Zarifni jo‘natdi.

4 iyun kuni Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn va Birlashgan Arab Amirliklari Qatarni terrorchilikni qo‘llashda ayblab¸ diplomatik aloqalarni uzganini e’lon qilgan edi.

Qatar hukumati ayblovlarni rad etib, arab davlatlarining ushbu harakatlarini bo‘hton kampaniyasi o‘laroq baholadi.

Turkiya prezidenti Rejab Toyyip Erdo‘g‘on Qatar hukumati bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan siyosatchilardan biri.Bu ikki davlat Misrda “Musulmon birodarlar” harakaktini hamda Suriyada prezident Bashar assadga qarshi kurashayotgshan janggarilarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Erdo‘g‘on arab davlatlarini Qatarni qamal qilmaslikka chaqirdi va bu mamlakat bilan yuzaga kelgan muammolarni hal etishda o‘rtamchilik qilishga tayyor ekanini bildirdi:

-Fors ko‘rfazi davlatlari hamkorligi o‘zaro muammolarni muloqot yo‘li orqali hal etishlari kerak. Bu yo‘nalishda biz Qatarning konstruktiv pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaymiz. Terrorchilikka qarish samarali kurash olib borayotgan Qatarni qamal qilish orqali mavjud muammolarni hal etib bo‘lmaydi, -deb bayonot berdi Erdo‘g‘on.

Mazkur bayonotdan so‘ng Turkiya parlamenti Qatarda turk harbiy bazasini tashkil etish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish jarayonini tezlashtirdi.

Ayni paytda Qatar oziq-ovqat ta’minotida uzilishlar bo‘lmasligi yo‘nalishida Eron va Turkiya bilan muzokaralarni o‘tkazmoqda. Saudiya Arabistoni 7 iyun kuni Qatarga o‘z hududi orqali oziq-ovqat yetkazib berishni taqiqlab qo‘ygani ortidan bu savol kun tartibiga chiqqani aytilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Qatar amiri Tamim bin Xamad al Tani bilan 7 iyun kuni telefon orqali qilgan muloqotida Fors ko‘rfazidagi vaziyatni hal etishda ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

Reuters agentligining yozishicha, Tramp Qatar hukumatini janggarilarni moliyalash yo‘llarini bartaraf etishga chaqirdi.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Xizer Nauret esa Qatar Vashingtonning yaqin hamkorlaridan biri ekanini yana bir bor ta’kidladi:

-Qo‘shma Shtatlar va “Islom davlati” guruhiga qarshi kurashayotgan koalitsiya Qatar hukumatiga AQSh harbiylari hozirligi uchun imkoniyat yaratib berganidan minnatdor. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligida ham gap bo‘lgan. Biz Qatarga nisbatan pozitsiyamizni o‘zgartirmoqchi emasmiz. Biz o‘z hamkorlarimizni keskinlikni yumshatish yo‘lida birgalikda harakat qilishga chaqiramiz, -dedi Xizer Nauret.

XS
SM
MD
LG