Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:04

O‘zbekistonga borgan qozog‘istonlik telefonidagi video uchun qamoqqa olindi


Vitaliy Nenchenko O‘zbekistonda 5 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin
Vitaliy Nenchenko O‘zbekistonda 5 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin

O‘zbekistonda Qozog‘iston vatandoshi mobil telefonidan topilgan videolar uchun hibsga olindi. Markaziy Osiyo yangiliklar xizmatining qozoq nashrlariga tayanib yozishicha, Qozog‘iston vatandoshi Vitaliy Nenchenko O‘zbekistonda 5 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Bu haqda matbuotga Vitaliy Nenchenkoning rafiqasi Tamila Beksheneva ma’lum qildi.Unga ko‘ra, u turmush o‘rtog‘i bilan may oyida O‘zbekistonga qarindoshlarini ko‘rib kelish uchun borgan. Biroq chegaradan o‘tayotganlarida o‘zbek chegarachilari Vitaliy Nenchenkoning telefonidan, o‘z nuqtai nazarlaricha, ekstremistik bo‘lgan ikkita video borligini aniqlaganlar.

Shundan so‘ng chegarachilar huquq-tartibot tuzilmalari bu holatga baho bergunlariga qadar Nenchenkoni ochiqda qoldirgan. Ular O‘zbekiston hududidan chiqib ketmay, huquq-tartibot tuzilmalarining xulosasini kutganlar.

“28 may kuni uni go‘yoki prokuror bilan suhbatlashgani chaqirishdi. Erim o‘sha yerdan turib menga telefon qildi va “Advokat topib mening oldimga kel”, deb aytdi. U o‘sha kundan beri hibsda qolmoqda”, deb aytgan qozoq matbuotiga Tamila Beksheneva.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Nenchenkoni chegaradan ekstremistik ruhdagi materiallarni olib o‘tganlikda ayblamoqda.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi bu ma’lumotni tasdiqlagan holda, O‘zbekistonga qozoq vatandoshi masalasida so‘rov yuborganini bildirdi.

"Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi qo‘lga olingan shaxsning qarindoshlari va O‘zbekistonning tegishli organlari bilan yaqin muloqotda bo‘lmoqda. Biz O‘zbekistondagi vakolatli organlarga bu ishni holis va adolatli ko‘rib chiqish iltimosi bilan murojaat qildik. Biz Nenchenko bundan avvallari O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini buzmaganiga hamda qardosh birodar mamlakatga zarar yetkazish niyatida bo‘lmaganiga e’tibor qaratishni ham iltimos qildik”, - deb bildirdi Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Anuar Jaynakov.

Ayni paytda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi qozog‘istonlikarni qo‘shni davlatga borishdan oldin bu mamlakat qonunlari va an’analarini diqqat bilan o‘rganishga chaqirdi.

Tamila Bekshenevaning aytishicha, erining telefonidan topilgan videolarni kimdir unga messenjer orqali jo‘natgan. Bu videolarning mavjudligi ularning yodidan ham ko‘tarilib ketgan.

XS
SM
MD
LG