Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:00

Abdulaziz Karim O‘zbekiston chegara xizmatchisini "xalq dushmani" deb atadi


Abdulaziz Karim
Abdulaziz Karim

Turkiyada yashayotgan o‘zbek san’atkori Abdulaziz Karim ijtimoiy tarmoqlar orqali videochiqish qilib, O‘zbekiston chegarachisini “xalq dushmani” deb atadi. 44 yashar san’atkorning aytishicha, uning bunday chiqishiga O‘zbekiston chegarachilarining "noqonuniy xatti-harakatlari sabab bo‘lgan".

"Sen haqiqiy xalq dushmanisan!"

Abdulaziz Karimning da’vo qilishicha, o‘zbek chegarachilari uning Turkiyadan O‘zbekistonga qaytgan otasi Sirojiddin Karimovni 10 iyun kuni O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan davlat chegarasidagi el orasida "Chernyaevka" deb ataladigan "G‘ishtko‘prik" nazorat-o‘tkazish maskanida hibsga olgan.

- 76 ga kirgan otamga shpionaj, chegarani buzib o‘tish bo‘htonlari bilan iddao qilindi. Va kechga tomon ROVDning panjarali mashinasiga solinib, militsiyaga taslim qilindi, - deydi Abdulaziz Karim ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda.

Abdulaziz Karimning aytishicha, otasi Zangiota tuman ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan.

Ichki ishlar xodimlari otasini tergov qilish chog‘ida unga nisbatan jinoiy ish ochilishini ma’lum qilib, pasportini olib qo‘ygan.

- Men shu o‘rinda chegarachiga savol bermoqchi edim: sen qaysi vijdon bilan ro‘zai ramazon kunlari 76 ga kirgan qari insonga shunaqa tuhmat, bo‘hton qilasan?.. Nima uning aybi Abdulaziz Karimning otasi bo‘lganimi? Bo‘lmasa, ana 2- sinfda o‘qiydigan qizim bor, uniyam borib qamagin, - deydi Abdulaziz Karim. - Sen haqiqiy xalq dushmanisan!

Абдулазиз Карим Ўзбекистон чегарачиларини "халқ душманлари" деб атади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:36 0:00

Chegarachilar muomalasi

Ozodlik bilan suhbatda Abdulaziz Karim otasining nima uchun hibsga olingani tafsilotini bilmasligini bildirdi.

Sirojiddin Karimov so‘nggi ikki yil davomida Turkiyaning Istanbul shahrida istiqomat qilayotgan o‘g‘lining yonida bo‘lgan.

Abdulaziz Karim yaqinlari uning otasiga nisbatan chegarani noqonuniy kesib o‘tish gumoni bilan jinoy ish qo‘zg‘atilganini aytdi.

Ichki ishlar xodimlari, shuningdek, Sirojiddin Karimovni muddati o‘tib ketgan chiqish vizasidan foydalanishda ayblaganlar.

Ularga ko‘ra, Zangiota tuman ichki ishlar tergovchisi Sirojiddin Karimovdan mahalla qo‘mitasidan xarakteristika va yashash joyidan ma’lumotnoma keltirishni so‘ragan.

Ozodlik Zangiota tuman ichki ishlar bo‘limidan hodisa yuzasidan izoh ololmadi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari chet ellarda uzoq muddat qolib ketgan vatandoshlarni izchil tekshiruvdan o‘tkazmoqda.

Yaqin Sharq davlatlari, ayniqsa Turkiyadan kelganlar batafsil tekshiriladi​.

Abdulaziz Karim Toshkentga qaytgan ota-onasining "hozirda nihoyatda tushkun holatda" ekanini aytdi.

- Bunday muomala birgina mening ota-onamga qilinayotgani yo‘q. Juda ko‘pchilikka qilinadi. Shuni janob prezident eshitib-ko‘rib ish olib borsalar juda yaxshi bo‘lardi, - dedi Abdulaziz Karim.

Абдулазиз Карим билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:36 0:00
Бевосита линк

Abdulaziz Karim ijtimoiy tarmoqlarda

Abdulaziz Karim ijtimoiy tarmoqlarda ilk bor bayonotlar bilan chiqayotgani yo‘q.

May oyi boshida Ozodlik bilan suhbatda san’atkor prezident Mirziyoevni muxolifatni parlamentga kiritishga chaqirgan edi.

Абдулазиз Карим: Мирзиёевга тавсиям, мухолифатни парламентга киритсин
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:23:49 0:00

Abdulaziz Karim 90-yillarda "Qurbon bo‘laman" qo‘shig‘i bilan O‘zbekistonda eng taniqli xonandalardan biriga aylandi.

Keyinchalik Abdulaziz Karimning Yassaviy g‘azallariga bastalagan kuylari xalq orasida shuhrat topdi.

U barcha qo‘shiqlarini o‘zi bastalagan sanoqli hofizlardan hisoblanadi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulaziz Karim qo‘shiqlari O‘zbekistonda taqiqlab qo‘yilishi ortidan 2015 yil may oyida Turkiyaga chiqib ketdi.

Ozodlik bilan suhbatda Abdulaziz Karim O‘zbekistonda Davlat televideniesi, “O‘zbeknavo”, Madaniyat vazirligidagi ba’zi mulozimlar qo‘shiqchilar oldiga to‘siqlar qo‘yish bilan shug‘ullanishini aytib, ularni poraxo‘rlikda ayblagan edi.

Oradan bor-yo‘g‘i 10 oy o‘tib, Turkiya vatandoshligiga loyiq, deb topildi.

2015 yil oxirida bastakor-ijrochi taniqli o‘zbek shoiri va muxolifat arbobi Muhammad Solihninng "G‘arib daraxt" she’rini qo‘shiq qildi.

Abdulaziz Karimning unvonlari 2016 yil may oyida O‘zbekiston hukumati qarori bilan bekor qilindi.

Bunga xonandaning Turkiya vatandoshligini olgani sabab qilib ko‘rsatildi.

O‘zbekistondagi FM radio va telekanallari Abdulaziz Karimning qo‘shiqlarini efirga bermaslik bo‘yicha ko‘rsatma olishgan.

XS
SM
MD
LG