Линклар

Шошилинч хабар
12 ноябр 2019, Тошкент вақти: 04:21

Namanganda "Samerteks" gilam do‘koni yonib kul bo‘ldi


Namangan shahri markazidagi Amir Temur ko‘chasida joylashgan "Samerteks" gilam do‘konida 28 iyun kuni kechqurun yong‘in sodir bo‘ldi. Bino ichida kislorod balloni portlagani yong‘in chiqishiga sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Yong‘in oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasidagilarning aytishicha, yong‘in oqibatida ikki qavatli do‘konning 180 kvadrat metri yonib kul bo‘lgan.

Gilam do‘konida elektr uskunalari va boshqa uy-ro‘zg‘or mollari sotilgan.

Ozodlikka voqea guvohlari jo‘natgan videoda yong‘in ko‘lami katta bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Fire in Namangan
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:10 0:00

Yong‘in “Texnopark” hududidagi boshqa do‘konlarga ham o‘tgan.

Bu Namangan shahrida gilam do‘konlaridagi ikkinchi yong‘in xolati.Shu yil 16 fevral kuni “Samantep” shirkatiga qarashli boshqa gilam do‘konida ham katta yong‘in ro‘y bergandi.

Namangan huquq-tartibot idoralari do‘konga ataylab o‘t qo‘yilgan bo‘lishi mumkin, degan farazlarni ham o‘rganmoqda.

XS
SM
MD
LG