Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:33

Navalniy: Nemsov o‘limiga Ramzan Qodirovning aloqasi ehtimoli tekshirilishi kerak


Bu haqda Rossiya prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini ko‘rsatish niyatini bildirgan taniqli muxolifatchi Aleksey Navalniy Ukraina sharqidagi urush qatnashchisi, "Novorossiya" harakati lideri Igor Strelkov (Girkin) bilan o‘tkazgan debatda bayonot berdi.

YouTubedagi "Navalьnыy LIVE" kanalida, Strelkov tarafdorlarining "RoyTV" kanalida hamda Reuters agentligi va "Dojd" telekanalida translyatsiya qilingan debat davomida Strelkov 1991 yildan buyon Rossiya hokimiyatini qo‘llamaganini, 2014 yili Putin “tepadan inqilob boshlagach”, hokimiyatga ishonchi paydo bo‘lganini aytdi. Strelkovning fikricha, Navalniyning korrupsiyaga qarshi kurashi “yuzaki pardoz” xolos.

Strelkovga javoban, Navalniy Rossiyada monarxiya tuzishga urinmayotgani, aksincha, maqsadi halol va mustaqil sudlarni yaratish va erkin saylovlar o‘tkazish ekanligini bildirdi. Navalniy, shuningdek, “ko‘proq pul topish uchun” iqtisodiyotni diversifikatsiyalash tarafdori ekanini aytdi.

Donabassdagi separatchilarning faoliyati kim tomonidan moliyalashtirilganiga oid savolga javoban, Strelkov qurolni anneksiya qilingan Qrimdan olganini aytdi. Bu masalaga oid boshqa savollarga u javob berishni istamadi.

Navalniy fikricha, Ukraina sharqidagi urush Rossiya iqtisodiyotini tor-mor qilmoqda. U urushni to‘xtatish va mojaroni tinch yo‘llar bilan hal qilish tarafdori ekanligini bildirdi.

Ukraina uzra MN17 reysi bilan uchayotgan yo‘lovchi samolyotni kim urib tushirgani to‘g‘risidagi savolga o‘zini o‘zi Donetsk xalq respublikasi (DNR) deb atab olgan tuzilmaning sobiq “mudofaa vaziri” Strelkov samolyotni separatchilar urib tushirmagan, deb javob berdi.

Navalniy Donbassning Rossiya bilan chegarasini Ukraina hukumatiga topshirish lozim, degan fikrni bildirdi. Bunga javoban, Strelkov bu reja qochqinlarning ko‘payishiga olib kelishi haqida gapirdi. Uning fikricha, Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida urush bo‘lishi muqarrar.

XS
SM
MD
LG