Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2019, Тошкент вақти: 20:01

Toshkentda taniqli fotograf Umida Ahmedova ko‘rgazmasi bo‘ladi (VIDEO)


Toshkentda taniqli kinodokumentalist va fotograf, O‘zbekiston kinematograflar uyushmasi a’zosi Umida Ahmedova ko‘rgazmasi 24 iyuldan 26 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. "Beg‘ubor osmon" nomi ostidagi ko‘rgazma ZERO LINE xususiy art-galereyasida bo‘ladi.

Ko‘rgazmada Umida Ahmedovaning o‘tgan yili olgan foto-videomateriallari namoyish qilinadi. Ularda, asosan, O‘zbekistondagi ijtimoiy-madaniy hayot manzaralari aks etadi.

"Men ko‘rgazma qilayotgan galereya shaxsiy. Unda Vyacheslav Oxunovning ko‘rgazmasiga borganimda, galereya rahbari Bella Sobirova bilan tanishdim. O‘shanda mening ko‘rgazmamni ham o‘tkazishi mumkinligi aytgan edi. Mana endi mening ko‘rgazmam boshlanadi. Hayajondaman, sababi, o‘zimning o‘zbekistonliklarim ishlarimni ko‘rib, ayniqsa yoshlar, o‘ylasin, ahmoqona fotoshopdagi manzarayu, shirin-shakar to‘ylar rasmlari bilan cheklanib qolmasin, deyman! Fotografiya va videoart - bu zamonaviy san’at! San’at nafaqat his-tuyg‘u, u jamiyatdagi muammolarni ko‘tarib chiquvchi vosita bo‘lishi kerak!" deydi Umida Ahmedova.

Bunga qadar Umida Ahmedovaning shaxsiy ko‘rgazmalari Farg‘ona shahri, xorijda Kopengagen, Nijniy Novgorod, Rostov-Don, Tbilisi kabi shaharlarda bo‘lib o‘tgan.

Ahmedova "Press Foto Rossiya-2004" tanlovida "Markaziy Osiyoda zamonaviy fotografiya" nominatsiyasi g‘olibi, Moskvada 1985 yilda G‘alabaning 40 yilligi munosabati bilan o‘tgan tanlovda kumush medal sohibi bo‘lgan.

Umida Ahmedovaning "Ayollar va erkaklar: tongdan shomgacha" fotoalbomi, "Bokiralik yuki" hujjatli filmlari ham katta shuhrat qozongan.

Умида Аҳмедова ўз филми ҳақида
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:58 0:00

2016 yilda esa ijodkor Vatslav Havel nomidagi xalqaro mukofotni ijodiy norozilik ifodasi uchun qozongan edi.

Умида Аҳмедовага Ослода Вацлав Ҳавел мукофотининг топширилиши
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:08 0:00

Umida Ahmedova 2010 yili suratlari va hujjatli filmlarida "o‘zbek xalqiga tuhmat va uni haqorat qilganlik"da ayblanib, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-bandi va 140-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilgan, keyinroq amnistiya akti bilan javobgarlikdan ozod qilingan.

2014 yilda esa Ahmedova, uning o‘g‘li va yana bir necha nafar faol Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi oldida Yevromaydonni qo‘llab-quvvatlab aksiya o‘tkazgani uchun Toshkent sudi tarafidan katta miqdorda jarimaga tortilgan.

Shu yil Toshkentda Umida Ahmedovaning fotosuratlarini “Bir makon” fotoko‘rgazmasida namoyish etish ham taqiqlangan edi.

XS
SM
MD
LG