Линклар

16 декабр 2017, Тошкент вақти: 21:38

Poytaxtdagi qator yemakxonalarda bo‘lgan toshkentlik manba tushdan keyin kabob tugab qolayotganiga guvoh bo‘ldi. Aniqlashicha, yemakxona egalari bozorda go‘sht kamyob-qimmatligi bois, o‘zbeklar sevgan yemakning bu turini yetkazib berolmayapti. Bozordagi go‘sht krizisi, Bosh vazir Abdulla Oripov shaxsan nazoratiga olganiga qaramay, 3 oydirki, davom etmoqda.

Toshkentlik manba 29 iyul kuni poytaxtda nomi chiqqan kabobxonalarda bo‘ldi va mol go‘shtidan tayyorlangan "jaz kabob"ni buyurtma qilishga urindi.

Natijada, aksar kabobchilar xalq tilida "jaz kabob" deyiladigan yemakning bu turini tushdan keyin pishirmayotgani ma’lum bo‘ldi.

"Toshkentdagi “Milliy Taomlar” nomi ostidagi kafelar va xalq orasida “shashlikxona” deyiladigan yemakxonalarda, ayniqsa, jaz kaboblari yetishmayapti. Peshindan keyin jaz kabobni, umuman, topib bo‘lmapyati", dedi manba Ozodlik bilan suhbatda.

Yemakxona egalari va oshpazlar bunday tanqislikka "postavshiklar go‘sht yetkazib berolmayotgani" va "shashlikka sixlaydigan mol go‘shtining kilosi 43 000 so‘mga chiqib ketgani"ni sabab qilib keltirmoqda.

Poytaxtlik iqtisodchi Toshbekka ko‘ra, so‘nggi bir oy ichida bir six kabobning narxi o‘rtacha 500-800 so‘mga oshgani kuzatilgan va bu mamlakat hukumatining go‘sht bozoridagi inqirozning olidini olishga urinishlari kutilgan natijani bermayotganidan darakdir.

"Qanaqadir fond tashkil qilish, go‘sht narxini nazoratda ushlab turishga urinish - bularning hammasi qisqa muddatli chora. Bu choralar kutilgan natijani bermayapti ham. Chunki, go‘sht tanqisligining qator sabablari bor - narx-navo, valyuta bozori, chorvachilar aytganidek, yem-xashak yetishmasligi va hokazo kompleks muammolarni hal qilish kerak, birinchi navbatda", deydi iqtisodchi.

Keyingi ikki oy ichida butun O‘zbekiston bo‘ylab go‘sht narxi 25 foizga qimmatladi.

So‘nggi bir necha kun ichida Toshkent bozorlarida bir kilo mol go‘shti o‘rtacha 35 ming so‘m, bir kilo qo‘y go‘shti o‘rtacha 38 ming so‘mdan sotildi. Oziq-ovqat do‘konlarida esa mol go‘shtining bir kilosi 35 ming so‘mdan 45 ming so‘mgacha sotilmoqda.

Qiyos uchun shu yilning boshidagi narxni eslash mumkin: bozorda bir kilo mol go‘shti 22 ming so‘m, bir kilo qo‘y go‘shti esa 25 ming so‘m, oziq-ovqat do‘konlaridagi go‘sht narxi o‘rtacha 27 ming so‘m edi. Ya’ni, yarim yil ichida go‘sht narxi qariyb 50 foizga oshib ketdi.

May oyida Bosh vazir Abdulla Aripov go‘sht narxini tushirishni talabqilganidan so‘ng, bozorlarda arzon go‘sht sotuvchi rastalar paydo bo‘ldi. Narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘malashuvchi jamg‘arma tuzildi. Lekin hozircha go‘sht arzonlash o‘rniga faqat qimmatlayotgani kuzatilmoqda.

Qassoblar va go‘sht savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning aytishicha, go‘sht narxining oshishiga bir qancha omillar sabab bo‘layapti. Jumladan, benzin narxi oshgani bois, asosan, janubiy viloyatlardan tashiladigan qoramollarni poytaxt va boshqa viloyatlarga keltirish harajatlari oshgani, em-hashak tanqislashgani ortidan uning narxi keskin ko‘tarilib ketgani va shuningdek, ma’muriy bosimlar ham go‘sht narxining kun sayin qimmatlashiga sabab ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, go‘sht va go‘sht mahsulotlari eksportiga taqiq bekor qilingani ham buning sabablaridan biri sifatida keltirilmoqda.

Prezident Mirziyoevning 2017 yil may oyidagi 5034-sonli farmoni bilan respublikadan eksport qilinuvchi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatidan go‘sht va go‘sht mahsulotlari chiqarilgan.

XS
SM
MD
LG