Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:39

Abiturientlar: "MXXchilarning o‘zlari telefon olib kirib berdi"


Samarqandda o‘tkazilgan kirish imtihonlarida abiturientlar tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.
Samarqandda o‘tkazilgan kirish imtihonlarida abiturientlar tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

O‘zbekistondagi oliygohlarda 1 avgust kuni kirish imtihonlarini topshirib chiqqan yoshlar, auditoriyalarda ko‘rgan-bilganlari haqida Ozodlikka yozishdi. Abiturientlarning aytishlaricha, bu yil ham aksariyat oliygohlarda shpargalka va telefondan foydalanish bemalol bo‘lgan va ayrim holatlarda bunga adolatni kuzatib turishga vazifador qilingan mas’ul xodimlarning o‘zlari ko‘mak bergan.

“Kameralar ham ish bermadi”

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida qabul imtihoni topshirgan abiturientning yozishicha, imtihonning adolatsiz o‘tishiga MXX xodimlarining o‘zlari yo‘l qo‘yib bergan:

“Sharqshunoslik institutida kameralar bo‘la turib MXX xodimlari noxaqliklarga yo‘l qo‘yishdi. Imtihon jarayonida MXX xodimi xonaga kirib, kimda nima narsa bo‘lsa ishlatishlari mumkin, deb ketdi.

Undan keyingi tomoshani sizlarga aytmasam ham bo‘ladi, bolalardan planshetlar, har xil shpargalkalar chiqib kela boshladi. Xona kuzatuvchisi “ishlatma” deb aytganida, bizga MXX xodimlari ruxsat bergan sizning xaqqingiz yo‘q”, deb aytishdi.

Imtihon jarayonida bir yigit haqiqatni tiklamoqchi bo‘lib, bunga norozilik bildirdi. Lekin MXX xodimi “san o‘zingga ishon, ular esa tel[efon]da ishlashadi”, dedi. Bu qanaqa xaqiqat,biz o‘zimiz ishlab ular tel[efon]da ishlaydigan. Yana ular huquqni muxofaza qiluvchi organ emish.

Imtihon o‘tkazilgan auditoriya 1 bino, 43b xona.”, dedi imtihon topshirgan yoshlardan biri.

"Samarqandda "katta ishlar bo‘ldi"

Samarqand shahridagi oliygohlardan birida kirish imtihonlarini kuzatgan Zokirning yozishicha, u qalloblikning avvalgi yillarda ishlatilib kelingan barcha usullari qo‘llanilganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan:

"Samarqand davlat universiteti tarix va iqtisod fakulьtetlari imtihoni bo‘lgan Samarqand tayanch tibbiyot kollejida organ xodimlarining ko‘rinmas nazorati ostida o‘z ko‘zim bilan "katta ish"lar sodir bo‘lganini ko‘rdim.

"Katta o‘yin" soat 11 30 dan keyin boshlandi. Abiturientlar sherigining savollar kitobini olib chiqishdi. Keyin auditoriyalarda telefonlar ishlashni boshlashdi. Eng qizig‘i ishlab chiqilib tayyor qilingan variantlar ichki ishlar va xavfsizlik xodimlari ko‘magida ichkariga olib kirilishi ham bo‘ldi ", deb yozdi samarqandlik Zokir.

"Hayf sizlarga nazoratchilaru, auditoriya rahbarlari!"

Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutiga o‘qishga kirish uchun qabul imtihonlarida qatnashgan abiturient, uloqni yana shpargalkachilar olib ketganiga guvoh bo‘lganini va bu ishda ularga nazoratchilar yordam berganini yozadi:

"Men "hayf sizlarga nazoratchilaru, auditoriya rahbarlari!", deb hayqirgim keldi. Bunga Qashqadaryo viloyati Koson tumanining Obdida qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan imtihon sabab bo‘ldi. Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti abiturient ko‘p bo‘lganligi sababli, imtihon olinadigan joylar bo‘lib tashlangan. Shuning uchun biz Obdida qishlog‘idagi Koson sanoat transport kollejida imtihonga kirdik.

Imtihon boshlanishidan oldin nazoratchilar ko‘rigidan o‘tdik. Lekin bu hammasi ko‘zbo‘yamachilik ekan. Chunki, imtihon paytida kirganlarning yarmi shpargalka va telefonlar olib kirganiga guvoh bo‘ldim. Auditoriya rahbari o‘zini ko‘rmaganga oldi. Yonimda o‘tirgan bola va boshqalar imtihon boshidan oxirigacha telefondan foydalandi. Agar bunday hol davom etaversa, o‘qishga faqat xumkallalar kirib, o‘qiganlar esa qolib ketaveradi", deb yozadi abiturient.

"Irrigatsiya"dagilar kameralardan ham qo‘rqmas ekan"

"Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida hamma xonalarga kamera o‘rnatilgan edi. Ammo, bu kameralarni qo‘yishdan ne naf? Chunki hamma bemalol telefon va shpargalkadan foydalandi. Qachon kameradagi videoni ko‘rib chiqib bundaylarni «akt» qiladi? Yoki hammasi shunday qolib ketadimi?", deb savol beradi abiturientlardan biri.

"MXX xodimlari telefon kiritib berdi"

Buxoro davlat universitetida bo‘lib o‘tgan imtihonlarda qatnashgan abiturientning yozishicha, test savollarini yechishda MXXchilarning o‘zlari yordam bergan:

"MXX xodimlarining o‘zlari telefon olib kirib berganini ko‘rganimda, bu yil ham o‘qishga kirolmasligimni angladim. Shuncha yil tayyorlanganim nima bo‘ldi, endi dardimni kimga aytaman? MXX xodimlariga nisbatan chora ko‘rilsa, deyman. Agar sizlar korrupsiyani yo‘qotishga harakat qilayotgan bo‘lsangiz, 1 avgust imtihonlariga boshqa davlat MXXchilarini olib kelib qo‘yishsin, o‘zimiznikilarga umuman ishonch qolmadi", deb yozadi buxorolik abiturient.

“O‘qituvchi testlarni yechtirib keldi”

Ozodlikning Botir ismli mushtariysi bu voqea qaysi oliygohda bo‘lgani haqida yozmagan:

“Test vaqti bo‘lgan voqea. Test jarayonida bir o‘qituvchi 2 abiturientga testni almashtirib keltirib berdi. Buni boshqa abiturient qiz ko‘rib qolib, MXX xodimlariga aytdi va dalolatnoma tuzishni talab qildi. “Agar dalolatnoma tuzilmasa kattalaringga aytaman», dedi. 2 abiturientga dalolatnoma tuzildi, ana endi ularning yig‘lashini ko‘rsangiz.O‘qituvchidan esa xabar yo‘q, boshqa na o‘ligi ko‘rindi, na tirigi”, deb yozdi Botir.

"Eski tos, eski hammom"

Nizomiy davlat universitetidagi test imtihonlarida ishtirok etgan abiturient hafsalasi pir bo‘lganligi haqida yozdi(maktub tahrir qilinmagan holda e’lon qilinyapti)

"Eski tos eski hammom battar bo‘lsa bo‘ldiki. bundan yengili bo‘lgani yo‘q. yaqin kunlarda butu telekanallar va jtimoiy tarmoqlarni to‘ldirib Og‘iz ko‘pirtirilgan karupsiyaga qarshi kurash nu bir savsata va hammani ko‘zini boylagan bir bo‘glog‘ch edi. 1 avgustda test imtixonlari bo‘lib o‘tdi. Bu jarayonda adillik haqida berilgan qop qop va‘dalar va insonlarni umriga zomin bo‘lishlar hech qachon to‘xtatilmadi avjiga olinsa olindikiy lekinNizomiy nomidago toshkent davlat unversitetida xar qachongidan ham vaxshiyona o‘tishdi. hamma telefon ishlatib testlarni bajarishdi. xonalardan testlar olib chiqib ishlandi. mana sizga tomoshayu ana sizga tomosha. marxamat Yurtboshimiz gaplari bir gapligicha qolaverdi. aytishadiyu. .... karvon o‘tar deb. manimcha boshqa ishlar ham xuddi shundek bo‘lishdi. 1 yil o‘qib tayorlanganligimga achinib ketdim. ochig‘i hammasini qarg‘ashdan boshqa hech qanday imkoniyatim yo‘q edi. manimcha bu yil ham talaba bo‘lolmiyman shekilli. sababi boshqa abiturentlarning ustozlaribilan bellashganimdan keyin bu aniq", deb yozdi abiturientlardan biri.

Davlat test markazining aytganlari

O‘zbekiston Respblikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining ma’lum qilishicha, 1 avgust kuni 59ta oliy ta’lim muassasalari va ularning 12ta filialida qabul test sinovlari o‘tkazildi.

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga 729 950 (2016 yilda – 663 304) nafar abiturient hujjat topshirgan, shulardan 7 725 (2016 yilda – 7 521) nafari muddatli harbiy xizmatni tugatgan harbiy imtiyozga ega abiturientlardir.

O‘rtacha tanlov 1 o‘ringa 11,0 (2016 yilda – 11,05) tani tashkil etdi.

Test sinovlarini o‘tkazish maqsadida 744 ming 271 (2016 yilda – 676 ming) dona individual test savollari komplekti tayyorlandi.

Test sinovlari 1 080 (2016 yilda – 889) ta binoda joylashgan maxsus 21 765 (2016 yilda – 19 830) ta auditoriyada o‘tkazildi. Davlat test markazi va tegishli xizmat organlari bilan hamkorlikda test sinovi o‘tkazish tartibiga so‘zsiz amal qilish bo‘yicha zarur choralar qabul qilindi.

Jamoatchilik xavfsizligini ta’minlash uchun 17 317 (2016 yilda – 16 060) nafar ichki ishlar xodimlari, 1 848 (2016 yilda – 1 276) ta avtotransport vositalari (jumladan, 84 (2016 yilda – 33) ta yong‘inga qarshi ekipaj, 362 (2016 yilda – 326) dona tez tibbiy yordam avtomashinalari).

Test sinovlariga 11 698 (1,6 %) (2016 yilda – 5 163 (0,8 foiz) nafar abiturient qatnashmadi, 2 764 (0,38 foiz) (2016 yilda – 714 (0,1 foiz) nafari test sinovi topshirish tartibini buzganligi sababli jarayondan chetlashtirildi.

Test sinovlari jarayonida natijaga ta’sir etuvchi qoidabuzarlik holatlari qayd etilmagan, test materiallari shu kunning o‘zida Davlat test markaziga yetkazilgan.

XS
SM
MD
LG