Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:45

Qurultoy: Kollejga xayr deyish taraqqiyotga xayr deganimi?


O‘zbekiston prezidentining 2 avgust kungi videoselektorda aytgan gapi Qurultoy eshittirishi ishtirokchilariga ko‘ra kollejlar ustidan qora chiziq tortdi.

"11 yillik ta’lim yetarli hisoblansada, biz yoshlarni ortiqcha bir yil o‘qitganmiz. Buning oqibatida yoshlar bir yil yo‘qotmoqda va katta hayotga kirib kelishda bir yilga kechikmoqda", dedi prezident 11 yillik o‘rta ta’lim tizimini joriy etish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidagi chiqishida.

Shu bilan birga prezident "kollejlardan bo‘shagan o‘qituvchilar yuz foiz ish bilan" ta’minlanishiga ham va’da berdi. Prezidentga ko‘ra¸ ular "Maktabga bormasa, boshqa joyga" ishga olinadi.

Ammo boshqa joy qaerligiga prezident aniqlik kiritmadi.

Videoselektordan chiqadigan hulosa: O‘zbekiston 11 yillik umumta’lim tizimiga qaytadi.

Ammo, Qurultoy qatnashchilari xulosasiga ko‘ra¸ 11 yillik umumta’lim tizimiga o‘tish O‘zbekistonni qoloq davlatlar safiga qo‘shadi.

Qurultoy qatnashchilariga ko‘ra¸ dunëda 12 yillik maktab ta’limiga asoslangan muayyan xalqaro ta’lim standarti shakllangan.

Masalan, AQSh, Kanada, Yaponiya, Shvetsiya, Fransiya o‘rta maktabida – 12 yil, Germaniya, Chexiya, Italiya, Shveysariyada – 13 yil, Niderlandiyada – 14 yillik ta’lim tizimi shakllangan. Rivojlangan davlatlarning barchasida oliy o‘quv yurtiga kirish uchun kamida 12 yillik o‘rta ta’lim talab qilinadi.

Chexiyadagi Bohemiya universtiteti o‘qituvchisi Xolnazar Omonovga ko‘ra, "11 yillik ta’limga qaytish o‘zbek maktabining bitiruvchisini xorij universitetiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kira olmaydigan qilib qo‘yadi."

U yana bir yil ularning maktabida o‘qib berishga majbur bo‘ladi.

Omonovga ko‘ra¸ dunëdagi 200ga yaqin davlatdan 165tasi maktablarini 12 yillik ta’limga o‘tkazishi ortidan taraqqiyotga erishgan.

Қурултой: Журналистнинг мансабдорларни танқид қилиш ҳуқуқи олиб қўйилдими?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:46:30 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG