Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:53

Farruh Zokirov: Yaxshi qo‘shiqchi, har doim ham, yaxshi amaldor bo‘lavermaydi


Toshkentlik me’mor Aleksandr Kuranov “Zokirovlar san’at uyi” me’moriy loyihasi eskizini Ozodlikka taqdim qildi.
Toshkentlik me’mor Aleksandr Kuranov “Zokirovlar san’at uyi” me’moriy loyihasi eskizini Ozodlikka taqdim qildi.

O‘zbekiston xalq artisti¸ sobiq madaniyat vaziri 71 yashar Farruh Zokirov 3 avgust kuni Prezident o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida qatgnashib, bugungi estrada san’ati muammolari borasida o‘z fikrlarini bildirdi. Yig‘ilishda eng ommaviy san’at bo‘lgan estrada san’atini rivojlantirish Madaniyat vazirligi e’tiboridan chetda qolayotgani tanqid qilindi.

Prezident o‘tkazgan yig‘ilishni “tarixiy”, deb atagan Farruh Zokirov Ozodlik bilan suhbatda "O‘zbekiston xalq artisti", degan unvonning obro‘si tushib ketgani¸ ko‘pchilik estrada qo‘shiqchilari faoliyatida talabchanlik kamaygani haqida gapirdi.

Farruh Zokirov, shuningdek, yaxshi qo‘shiqchi doimo yaxshi amaldor bo‘lavermasligini ham uqtirdi.

Suhbatdosh Toshkentda Zokirovlar sulolasi markazi qurilishi bo‘yicha o‘z taklifini aytdi.

- "Zokirovlar san’at uyi", degan mazmundagi san’at dargohi bo‘ladi. Uning markazida akam Botir Zokirov chizgan rasmlar o‘rin oladi. Ana shu san’at uyini tashkil qilish yuzasidan takliflarni rahbariyatga berdik, dedi Farruh Zokirov.

Toshkentlik me’mor Aleksandr Kuranov “Zokirovlar san’at uyi” me’moriy loyihasi eskizini Ozodlikka taqdim qildi.

Farruh Zokirovning aytishicha¸ oq marmar va egiluvchan shakllar omuxtaligidagi muzey loyihasi Botir Zokirov qo‘shiqlaridagi lirikani eslatadi.

Zamonaviy O‘zbekiston qo‘shiqchilik san’ati butun bosqichlarini qamragan Zokirovlar sulolasi mamlakat musiqa tarixining solnomasidir.

Arab tangosini Parijdagi Olimpiya sahnasida ijro qilgan o‘zbek estradasining afsonaviy qo‘shiqchisi Botir Zokirov Zokirovlar sulolasining eng tanilgan namoyandasidir.

Sulolaning san’atdagi tarixi ilk o‘zbek opera qo‘shiqchisi Karim Zokirovdan boshlanadi.

Фаррух Зокиров билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:08 0:00

XS
SM
MD
LG