Линклар

Шошилинч хабар
04 май 2024, Тошкент вақти: 21:54

Tojikiston Eronni tojik arboblarini o‘ldirishni moliyalashtirganlikda aybladi


Dushanbe vatandoshlar urushi yillarida.
Dushanbe vatandoshlar urushi yillarida.

Tojikiston Eronni 1990 yillardagi vatandoshlar urushi paytida taniqli tojik namoyondalariga, jumladan, parlamentning sobiq raisi Safarali Kenjaevga suiqasdlarni uyushtirganlikda ayblamoqda. Eron hozircha Dushanbening bu kabi ayblovlariga rasman munosabat bildirgani yo‘q.

Тожикистон Эронни тожик арбобларини ўлдиришни молиялаштирганликда айблади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:03 0:00

Tojikiston Milliy televideniyasida 8 agust kuni namoyish etilgan 45 daqiqali hujjatli filmda Ichki ishlar vazirligi rasmiylari Tehron Tojikistonda vatandoshlar urushi olovini yoqishdan manfaatdor bo‘lgan, deb ta’kidladilar.

Filmda aytilishicha, Tehron vatandoshlar urushida Tojikiston Islom uyg‘onish partiyasini moliyalagan va uning janggarilarini Eron hududida tayyorgarlikdan o‘tkazgan.

Hujjatli filmda o‘zini sobiq islomiy janggari, deb tanishtirgan shaxs Eronga 1995 yilda jo‘natilganini aytdi. Filmda ta’kidlanishicha, bu janggari Eronning Qum shahrida 200 vatandoshi bilan birgalikda qo‘poruvchilik faoliyati bo‘yicha harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazilgan.

O‘zini janggari deb tanishtirgan odam filmda 1997 yilda Erondan davlat va jamoat arboblarini o‘ldirish bo‘yicha aniq ko‘rsatma bilan Tojikistonga qaytganini aytib bergan.

Ichki ishlar vazirligining bildirishicha, Eron mablag‘larni va qotilliklarni amalga oshirish bo‘yicha instruktsiyalarni 1990 yillarda Islom uyg‘onish partiyasi liderlaridan biri bo‘lgan Abduhalim Nazarzoda orqali janggarilarga etkazib turgan.

Tojikiston mudofaa vazirining sobiq o‘rnibosari Nazarzoda 2015 yilda Dushanbe yaqinida davalat to‘ntarishiga urunishni uyushtirganlikda gumonlanganlarni yo‘q qilish amaliyoti paytida otib o‘ldirilgan edi.

1997 yildan 2004 yilgacha Tojikistonda qator davlat arboblari qotillik qurbonlariga aylangan.

O‘sha yillarda olimlar Muhammad Osimiy, Yusuf Isoqiy, yozuvchi Saif Afardiy, prezident maslahatchisi Karim Yo‘ldoshev, Tojikistonning sobiq muftiysi Fatxulloxon, taniqli jurnalist Otaxon Latifiy va Tojikistondagi Rossiya armiyasinig 20 zobiti o‘ldirilgan edi.

Tojikiston va Eron o‘rtasidagi munosabatlar Dushanbe tomonidan terrorchi tashkilot sifatida faoliyati taqiqlangan Islom uyg‘onish partiyasini Tehron ochiq qo‘llab-quvvatlayotgani ortidan yomonlasha boshlagan edi.

2015 yilning kuzida vatandoshlik urushi paytida Birlashgan tojik muxolifatining asosiy o‘zagi bo‘lgan Islom uyg‘onish partiyasi mamlakatda “qonundan tashqari”, deb e’lon qilingan edi.

Bu partiya sud tomonidan “terroristik tashkilot” deb e’lon qilinganidan so‘ng partiyaning o‘nlab tarafdori hibsga olingan, partiya raisi Muhiddin Kabiriy esa Interpol tomonidan xalqaro qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatiga tirkalgan.

Munosabatlar yomonlashganidan beri birinchi marta Dushanbe Tehronni qotilliklarni qo‘llab quvvatlashda ayblamoqda.

Eron va Rossiya 1997 yilda Tojikistonda 5 yil davom etgan vatandoshlar urushini yakunlash va milliy hamjihatlikka erishish bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralarda asosiy o‘rtamchilar bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG