Линклар

Шошилинч хабар
21 ноябр 2019, Тошкент вақти: 03:03

“Konvertatsiya ochilsa¸ bir dollar 10 ming so‘mga sakrashi mumkin”


Avgust oyidan boshlab qora bozorda arzonlay boshlagan AQSh dollari narxi 14 avgust kuni 7500 so‘mga tushdi. Ayni shu kuni mamlakat tijorat banklari yuridik shaxslarga sotilaëtgan bir AQSh dollari narxini 8500 so‘mdan belgiladi. Markaziy bank 22 avgust kuni 50 ming so‘mlik yangi banknota chiqarilishini e’lon qildi. Bu jaraënlarning bir-biri bilan bog‘liqligini aytgan Ozodlik suhbatlashgan tahlilchilar¸ yaqin kelajakda dollarning qaytadan keskin ko‘tarilish bosqichiga o‘tishi mumkinligini taxmin qildilar.

Banklar shirkatlarga 8500 so‘mdan dollar sotmoqda¸ ammo ular dollarini sotib olmayapti

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning 30 iyun kungi qarori bilan tijorat banklariga “birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida bozor kursi bo‘yicha amalga oshirish” vakolati berilgan edi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ Bosh vazirning bu qaroriga berilgan ichki yo‘riqnomaga ko‘ra¸ tijorat banklari hozirda o‘z mijozi bo‘lgan yuridik shaxslarga faqat valyuta sotmoqda¸ ammo ularga mijozdan valyutasini sotib olish vakolati¸ hoizrcha¸ berilmagan.

Yuridik shaxslarga bugun 8500 dan tijoriy narxda sotayapmiz¸ bemalol. Faqat sotamiz¸ olmaymiz. Yuridik shaxslar bizdan 8500 dan dollar sotib olishi mumkin¸ lekin ularning dollarini bozor narxida sotib olmaymiz. Bizga Kabmindan faqat shunaqa bir tomonlama savdo haqida qaror tushgan. Faqat sotish bo‘yicha topshiriq berilgan. Yuridik shaxsning mahsuloti¸ po faktu¸ kelgan bo‘lsa¸ O‘zbekiston hududida 40-rejimga o‘tgan bo‘lsa¸ shunga to‘lab berish maqsadida bizdan valyuta sotib olsa bo‘ladi. Oldindan to‘lovga konvertatsiya yo‘q. Bosh vazirning qaroriga asosan tijorat banklariga faqat sotishga ruxsat berildi¸ olishga emas. Qo‘limda¸ sotgin¸ degan qog‘oz bor. Lekin olgin¸ degan qog‘oz yo‘q”¸ dedi O‘zbekistondagi yirik tijorat banklaridan birining valyuta bo‘limi mutaxassisi Ozodlik bilan 14 avgust kungi suhbatda.

O‘zbekistonlik bankirlardan birining Ozodlikka aytishicha¸ bu bir tomonlama operatsiyaga muvofiq¸ o‘zbekistonlik importyorga bankdan rasman 8500 so‘mdan sotib olishga ruxsat berilgani holda¸ eksportyorning o‘z valyutasini 8500 so‘mga yaqin narxda bank orqali sotishiga ruxsat yo‘q.

Hozir pishiqchilik payti. Prezident eksportyorlarning o‘z valyuta tushumining bir qismini davlatga rasmiy kursda sotish majburiyatini bekor qildi. Deylik¸ Rossiyaga meva-sabzavot sotganlar qo‘lida dollari bor¸ lekin bank uni bozor kursida sotib olishni istamayapti. Eksportyor nima qiladi – tabiiyki¸ qora bozorda sotadi. E’tibor bering¸ bu konvertatsiya ochish oldidan qilinayapti¸ ya’ni qora bozorda dollar ko‘payib¸ narx tushayapti. Markaziy bank esa¸ rasmiy kursni ko‘tarib borayapti. Ular qora bozorni shu yo‘l bilan vaqtincha tushirib¸ rasmiyni esa¸ oshirib¸ bir nuqtada birlashtirmoqchi bo‘layapti. Lekin bu vaqtincha chora va uzoq davom etishi mumkin emas”¸ deydi Ozodlik suhbatlashgan bank mutaxassislaridan biri.

O‘zbekistonlik moliyaviy tahlilchi Aleksandr Davletovning ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan izohiga ko‘ra¸ dollar narxining qora bozordagi arzonlashi “sun’iy boshqarilayotgan” jarayon.

“Qora bozor”da valyutaning 8 ming so‘mgacha tushishi norma va bu iqtisodiy omillar doirasida yuz berishi mumkin edi. Kechadan boshlab spekulyatsiya bo‘layapti. Buni ikkita sabab bilan izohlasa bo‘ladi:

1) yo insayderlar kurslarni unifikatsiyasi bo‘yicha qandaydir alohida axborotga ega va ular dollardagi mablag‘larini so‘mga o‘tkazishayapti.

2) yo kimdir yoxud qandaydir yirik valyuta mablag‘lariga ega guruhlar o‘zaro kelishgan holda “pasaytirishga” o‘ynashayapti. Buning uchun 10-15 mln.dollar kerak. Guruh bir necha mayda guruhlarga bo‘linadi, ulardan 9 tasi faqat sotadi — aynan ular snijenie ajiotajini yaratadi, bittasi esa xotirjam sotib oladi. Ertalabdan pasaytirishga o‘ynaladi, kechga yaqin qayta sotib olish boshlanadi. Kunduzi vahima qilinadi, kechqurun hosil yig‘ib olinadi”¸ deb sharhladi qora bozordagi dollar narxining so‘nggi haftadagi pastlashini sharhlagan Davletov va o‘z taxminini qo‘llash uchun qora bozordagi dollar narxining “o‘ynashi” aks etgan jadvalni ilova qilgan.

O‘zbekiston valyuta qora bozorida so‘nggi hafta kuzatilgan dollar narxi dinamikasi.
O‘zbekiston valyuta qora bozorida so‘nggi hafta kuzatilgan dollar narxi dinamikasi.

Ozodlik suhbatlashgan mustaqil iqtisodchilardan biri ham bu taxminda jiddiy asos borligi va kurslarni qaysi narxda birlashtirishga oid hukumat qaroridan xabari bor shaxs va guruhlar dollar keskin ko‘tarilishi oldidan¸ uning narxini sun’iy pasaytirib¸ dollar sotib olayotganini aytadi.

Bu guruhlarning hukumat tepasida qaror berayotganlarga bevosita aloqadorligi ko‘rinib turibdi. Ular kursning aynan qaysi narxda unifikatsiya bo‘lishidan xabar topgan. Zotan¸ Markaziy bank muomaladagi naqd pul massasi va uning aylanish tezligidanpul taklifi qanchaligini taxminan hisoblaydi va shundan real kursning taqriban qancha bo‘lishini xomcho‘t qila oladi. Qora bozordagi bugungi “o‘yinlardan” bu kursning hozirgi 7500 so‘mdan balandroq bo‘lishini taxmin qilish mumkin. Tijorat banklariga faqat dollar sotib¸ uni sotib olishga ruxsat bermaslik qarori ortida ham qora bozordagi dollar narxini tushirish maqsadi yotibdi. Bu jarayonni manipulyatsiya qilayotganlarning bitta guruh ekanini tushunish qiyin emas”¸ deydi bu tahlichli.

50 ming so‘mlik kupyuraning chiqarilishi - konvertatsiyaga yana bir taraddud

O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi sobiq mulozimi Saodat Nishonova¸ Markaziy bankning 22 avgustdan boshlab 50 ming so‘mlik kupyurani muomalaga kiritish haqidagi qarorini ham ayni iqtisodiy jarayonning tarkibiy qismi sifatida izohladi.

- Yangi kupyura chiqariladi¸ degani¸ pul stanogi ishga tushdi¸ deganidir.Yangi banknotalar shunchaki aholiga tarqatish uchungina bosib chiqarilmaydi. Yangi pul¸ birinchi navbatda¸ debitor-kreditorlik qarzlari o‘rtasidagi farqni yopish uchun chiqariladi.Normal iqtisodda narx tannarxdan baland bo‘lishi va oradagi farqdan ishlab chiqaruvchiga ozgina bo‘lsa ham foyda qolishi kerak. Lekin konvertatsiya yo‘qligi uchun O‘zbekistonda narx tannarxdan baland bo‘lib keldi. Ertaga konvertatsiya ochilsa¸ qarzdorlar mutlaq xonavayron bo‘ladi. Stanokni ishga tushirish¸ ana shularning muayyan qismini qutqarish urinishi.

Ikkiinchisi¸ pul stanogi byudjet defitsitini qoplash uchun ishga tushiriladi. Konvertatsiyani ochishdan oldin hamma qarzlarni yopishadi¸ oyliklar to‘lanadi. Aylanmadagi naqd pul ko‘payadi¸ inflyatsiya kuchayadi¸ narxlar oshadi¸ dollar narxi ham ko‘tariladi. Konvertatsiya ochilsa¸ dollar kursi taxminan 10 ming so‘m atrofidabirlashadi. (Hozir qora bozordagi spekulatsiyani uyushtirayotganlarning ayni shu axborotga egaligi taxmin qilinmoqda – tahr. )Agar ular qo‘shimcha pul bosib chiqarishni tezda to‘xtatib¸ inflyatsiyani nazoratga ola olsa¸ yaxshi muvofiqlashtirilayotganga o‘xshayotgan bu jarayonlar oqibatida mamlakatda makroiqtisodiy muvozanat o‘rnatilishi va O‘zbekistonda narx bo‘yicha raqobatbardosh iqtisod tug‘ilishi¸ pul to‘g‘ri iqtisodiy axborot tashiydigan bo‘lishi mumkin¸ deydi Nishonova.

XS
SM
MD
LG