Линклар

Шошилинч хабар
12 ноябр 2019, Тошкент вақти: 20:30

"O‘zbekiston havo yo‘llari" yo‘lovchilari to‘rt kundan buyon Istanbuldan Toshkentga ucholmayapti


Turkiyaning Istanbul shahri Otaturk aeroportida Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan o‘nlab yo‘lovchi qo‘lida bileti bo‘lsa ham 4 kundan buyon aeroportda qolayotganliklarini aytishmoqda. “O‘zbekiston havo yo‘llari” shirkati mulozimi Ozodlik bilan suhbatda uchoqda joy yetishmayotani sabab ayrim yo‘lovchilar vaqtida ucholmay qolganini tasdiqladi. Mulozimga ko‘ra, biletida uchish sanasi aniq bo‘lgan yo‘lovchilar mehmonxona bilan ta’minlangan. Sanasi aniq bo‘lmagan yo‘lovchilar esa aeroport hududida qolmoqda.

O‘zini Karomat deb tanishtirgan o‘zbekistonlik yo‘lovchi u va yana o‘nlab hamyurti qo‘lida Toshkentga uchish bileti bo‘laturib “O‘zbekiston havo yo‘llari” uchog‘iga chiqarilmayotgani, to‘rt kundan buyon Istanbulning Otaturk aeroportida qolayotganliklarini aytdi.

- "Joy yo‘q", deb samolyotga chiqarishmayapti. To‘rt kundan buyon kutamiz. U yoqda bolam kasal yotibdi. Bilsak bizni joyimizni boshqalarga sotivorishgan ekan, - deydi qo‘qonlik Karomat.

Истанбулдан Тошкентга учолмай Отатурк аэропортида қолиб кетган йўловчи Каромат билан суҳбат.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:37 0:00
Бевосита линк

Istanbulning Otaturk aeroportida qolib ketgan yana bir o‘zbekistonlik yo‘lovchi “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Istanbul-Toshkent yo‘nalishida uchishda yo‘lovchilar ucholmasdan qolib ketishi odatiy ekanini aytadi.

- Men tadbirkorman. Doim shu yo‘nalishda uchaman. Doim shunaqa. Sababi bitta “sverxlimitnaya prodaja”, ya’ni bitta reysga keragidan ortiq chipta sotilishidir. Oqibatda har bir reysdan o‘ndan oshiq, ba’zida bundan ham ko‘p yo‘lovchi samolyotga chiqolmay qolib ketadi, - deydi ismi sir qolishi sharti bilan Ozodlikka gapirgan o‘zbekistonlik tadbirkor.

Ozodlik yo‘lovchilarning uchoqdan qolib ketishi sababini bilish uchun “O‘zbekiston havo yo‘llari” shirkatining Istanbuldagi vakolatxonasiga bog‘landi.

Idora vakili uchoqda joy yetishmayotgani sabab ayrim yo‘lovchilar vaqtida ucholmay qolganini tasdiqladi.

- Yo‘lovchi ko‘p, uchoqda joy etishmayapti. 10 oktabrga qadar uchoqlardagi barcha joylar band qilib bo‘lingan, - dedi "O‘zbekiston havo yo‘llari" vakili.

Shirkat vakilining aytishicha, chiptasida uchish sanasi aniq bo‘lgan, lekin uchoqda joy yo‘qligi sabab qolib ketgan yo‘lovchilar mehmonxona bilan ta’minlanadi.

- Agar bileti boshqa kunga bo‘lib, ucholmasa shirkat unga mehmonxona berish majburiyatida emas. Ayrim yo‘lovchilar kelmay qolsa ularni o‘rinlariga qolib qolgan yo‘lovchilarni tiqib yuborishga harakat qilyapmiz, - dedi shirkat mulozimi.

O‘zbekiston havo yo‘llari shirkati mulozimi ba’zi hollarda yo‘lovchilarning aeroportda qolib ketishiga ularni o‘zlari ham sababchi bo‘layotganliklarini aytdi.

- Kutish ro‘yxatiga qo‘yilgan, biletida uchish sanasi aniq yozilmagan yo‘lovchilar joy talab qilib parvoz kuni aeroportga kelib olishadi. Shuning uchun biz biletida uchish sanasi aniq yozilmagan yo‘lovchilardan kamida bir hafta oldin telefon qilib uchish sanasini tasdiqlatib olishni va keyin aeroportga kelishni tavsiya qilamiz, - dedi "O‘zbekiston havo yo‘llari" shirkat vakili.

Ayni damda Toshkent-Istanbul-Toshkent orasida haftasiga 15ta aviaqatnov amalga oshiriladi.

Toshkent-Istanbul yo‘nalishida yozgi mavsumda chipta topish muammoga aylangani aytiladi.

XS
SM
MD
LG