Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 21:00

Vazirlar Mahkamasi o‘qituvchi va vrachlarni paxtaga chiqarishni taqiqladi(mi?)


O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rasmiy saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, vazir muovini Erkin Muhitdinov AQSh Senati xalqaro aloqalar bo‘yicha qo‘mitasi hay’ati a’zolari bilan uchrashuv chog‘ida majburiy mehnatni taqiqlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 8 avgust kungi bayonnoma qarori imzolanganini aytgan.

Vazirlik sayti xabariga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati bu yilgi paxta yig‘im-terimiga voyaga yetmagan yoshlar, shu jumladan, tashkilotlar, sog‘liqni saqlash va maorif tizimi xodimlarini jalb qilishni qat’iyan taqiqlagan.

Cotton
Ўзбекистон расмийси АҚШ мулозимларига пахта теримида талабалар, тиббиёт ходимлари ва ўқитувчилар жалб қилинмаслигини айтди

Lekin, vazir muovini aytgan "bayonnoma qarori" matni rasmiy mutbuotda ham hukumat qarorlari jamlanuvchi Lex.Uz saytida ham e’lon qilinmagan.

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mulozimlari sog‘liqni saqlash va maorif tizimi xodimlarini bu yil paxtaga chiqarish taqiqlangani haqidagi qarordan xabarsiz ekanliklarini aytishdi.

- Bunday qaror bizga kelmagan, kompyuter tizimimizda yo‘q. Lekin, bir narsani aytishim mumkin: O‘zbekistonda majburiy mehnat taqiqlanadi. Tibbiyot xodimimisiz yoki o‘qituvchi yoki boshqa soha xodimi bo‘lsangiz ham hech kim sizni paxta terishga majburlashga haqqi yo‘q, - dedi o‘zini vazirlikning huquqshunosi deb tanishtirgan mulozim.

Vazirlikning yana bir mulozimi "bayonnoma qarori" degan iboradan kelib chiqib, "gap Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan majlis qarori bo‘lsa kerak, Bosh vazir yoki Prezident imzolagan qaror emas, yana bilmadim", dedi.

Ayni paytda, mahalliy axborot vositalari majburiy mehnat taqiqlangani to‘g‘risida xabarlar e’lon qildi. Masalan, "O‘zbekiston 24" telekanali o‘z xabarini "Mehnat vazirligi: "Voyaga yetmaganlarni paxta terimiga jalb etish va majburiy mehnat taqiqlanadi"​, degan sarlavha ostida berdi. Biroq xabar matnidagi umumiy gaplar orasida sarlavhani dalillovchi konkret gap yo‘q.

O‘zbekistonda majburiy mehnat xolatlarini kuzatib boruvchi mustaqil jurnalist va inson huquqlari himoyachisi Malohat Eshonqulova Ozodlik bilan suhbatda hukumat hatto majburiy mehnatni taqiqlovchi hujjatni qabul qilgan taqdirda ham uning ijrosi muhimligiga e’tibor qaratdi.

- Shaxsan men xursandman, agar Vazirlar Mahkamasi shunday qarorni qabul qilgan bo‘lsa. Lekin qarorlar, ijrosi bilan qadrli. O‘zbekistonda inson manfaatlarini o‘ylab juda ko‘p qaror, farmonlar chiqarilgan. Afsuski, juda ko‘p qarorlar hayotda aksini topmayapti, tadbiq etilmayapti. Eng ichidagi siyosat bu. Qog‘ozda boshqacha gapiriladi, amalda esa mutlaqo boshqacha, - deydi Malohat Eshonqulova.

Ayrim davlat tashkilotlarida, jumladan tibbiyot va maorif tizimidagi tashkilotlarda ham ishchilarga bu yil ham paxta terimiga chiqish aytilgan va ulardan bu haqda kafolat xatlari olingan.

Sirdaryo viloyati Tibbiyot birlashmasining Ozodlik bog‘langan xodimasi: - Bu yil ham paxtaga chiqar ekanmiz, - dedi.

Xorazmning Xazorasp tumani kasalxonasida ishlovchi shifokorlardan birining Ozodlikka aytishicha, ularga 10 sentabrdan paxtaga chiqish aytilgan.

Lekin, shifoxonaning kadrlar bilan ishlash bo‘limi xodimasi paxtaga chiqish majburiy emasligini aytdi.

- Paxta majburiy emas. Ixtiyoriy. Ishchilar buning uchun qo‘shimcha mablag‘ oladi oyligidan tashqari. Bu yil paxtani pulini ham oshirishgan, shuning uchun ko‘ngillilar ko‘p, - dedi Xazorasp tumani kasalxonasining qadrlar bo‘limi rahbari.

Bu yil bir kilo paxta terganga o‘tgan yildagidan qariyb ikki baravar ko‘proq pul, ya’ni 400 so‘m va’da qilinmoqda.

Bir terimchi bir kunda 100 kilo paxta tersa 40 ming so‘m yoki qora bozor kursida 5 dollar ishlab topishi mumkin.

Malohat Eshonqulova, agar Vazirlar Mahkamasining qarorida "tibbiyot va maorif tizimi xodimlarining paxta terimiga chiqarilishi taqiqlanadi", deyilgan bo‘lsa ularni "ko‘ngilli ravishda" chiqarish hukumat qaroriga zid kelishini aytadi.

- Lekin, yana aytaman qog‘ozda boshqa, amalda boshqa bizda. Boshliq "chiq", desa ular chiqishga majbur. Chunki ishsizlik ko‘p, shifokor ham o‘qituvchi ham ertaga ishsiz qolib ketishini yaxshi biladi, - deydi Eshonqulova.

Bu yil O‘zbekistonning aksar viloyatlarida o‘qituvchilar, tibbiyot muassasalari xodimlari g‘o‘za yaganasi va chopig‘iga safarbar etilgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

Human Rights Watch inson huquqlari tashkiloti yillardan beri O‘zbekistonda har yili yuir millionga yaqin odam paxta terimiga majburan safarbar qilinishi haqida aytib keladi.

Majburiy mehnat sabab, so‘nggi yillarda qator yirik xorijiy shirkatlar O‘zbekiston paxtasini boykot qilgan.

XS
SM
MD
LG