Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:49

O‘qituvchilar paxta terimiga “har holda” tayyor turishi haqida ogohlantirildi


O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va viloyat hokimlarining bu yil o‘qituvchi va shifokorlar paxta terimiga chiqarilmaydi, degan bayonotidan so‘ng ham joylarda o‘qituvchilarni “har ehtimolga qarshi” terimga chiqish yoki o‘rniga odam topishga tayyor turishi haqida mahalliy rahbarlarning ogohlantirayotgani haqidagi xabarlar Ozodlikka bot-bot kelmoqda. Ba’zi hududlarda o‘qituvchilarning “o‘z ixtiyorlari” bilan terimga chiqish “tashabbusi” tayyorlanayotgani aytiladi.

Angren shahridagi maktablardan birida ishlaydigan o‘qituvchining Ozodlikka yozishicha, shahar hokimi o‘qituvchiyu shifokorlar ham terimga tayyor bo‘lib turishi haqida tezkor xabarnoma jo‘natgan:

“Shahar hokimi X.Abdulazizov jo‘ntagan xabarnomada “paxta hosilini nest-nobud qilmay terib olish uchun” yana o‘sha sho‘rlik o‘qituvchiyu shifokorlarga otryad negizida tayyorgarlik ishlari olib borish uchun muddat belgilab berdi. Televizorda hokimlarning o‘qituvchilarni paxtaga bu yil chiqarmaymiz deganini eshitib, xursand bo‘lgan edik, nahot bu ko‘zbo‘yamachilik bo‘lsa?”, deb yozadi o‘qituvchi.

Ўқитувчилар пахта теримига “ҳар ҳолда” тайёр туриши ҳақида огоҳлантирилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:10 0:00
Бевосита линк

Uning aytishicha, o‘qituvchilar terimga tayyor turishi yoki o‘z o‘rniga odam topib chiqarishi kerak:

“Biz buni har yili “isqirt hashar” deymiz. Chunki, bu hashar korrupsiyaning oq shaklda ko‘rinishi. Biz har yili vodiydan keladigan odamlarga pul berib, o‘rnimizga tergizardik va o‘zimiz ishga chiqardik. Bu yil esa ularning narxi oshibdi, har bir mardikorning narxi 100 AQSh dollari yoki 800 ming so‘m bo‘libdi. Odam topolmasak bu pulni rahbarlarga berishimiz kerak, u odam topadimi, cho‘ntagiga uradimi unisi bizga qorong‘i”, deydi o‘qituvchi.

Angrendagi boshqa bir maktab o‘qituvchisi ham Ozodlik bilan suhbatda, “har ehtimolga qarshi” terimga tayyor bo‘lib turish haqida ogohlantirilganliklarini aytadi:

“Tuman hokimlarining o‘zlari ham bu haqda aniq topshiriq olgani yo‘q. Lekin maktab direktorlariga og‘zaki aytgan. Mana bizning direktor ham, chiq deganda ikki oyog‘imiz bir etikka tiqilib qolmasin, o‘rnilaringga jo‘natishga odam tayyorlab qo‘yinglar, bularga ishonib bo‘lmaydi, deyapti. Lekin hamma joyda tayyorgarlik avjida. Yonimizdagi zavod va korxonalarda aka-ukalarimiz ishlaydi, ularning hammasiga terimga tayyor bo‘lib turinglar deb, buyruq berilgan”, dedi o‘qituvchi.

Samarqand hokimi 100 foiz talabalarni paxtaga chiqarish haqida topshiriq berdi

Samarqand viloyati hokimi Turob Jo‘raev o‘tkazgan videoselektorda qatnashgan mahalliy tashkilot rahbarlaridan birining aytishicha, hokim viloyat oliygohlaridagi talabalarni paxtaga chiqarish haqida buyruq bergan:

“Men o‘zim shu majlisda qatnashdim. Yig‘ilishda hokim paxta masalasida bu yil Kabmindan chiqqan yangi tartib bilan tanishtirdi. Tartibga ko‘ra o‘qituvchi, do‘xtir va talabalar chiqarilmasligi kerak, lekin hokim rektorlarga 100 foiz hamma studentni chiqarasan deb, topshiriq berdi. Do‘xtir va o‘qituvchilar haqida hech narsa demadi. Lekin men bilan yig‘ilishda qatnashgan tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimi esa yuqoridan “biz o‘qituvchilar o‘z tashabbusimiz bilan chiqamiz” degan tushuntirish xati yozishga tayyor turibdi, dedi. Samarqand tumanidagi maktabda ishlaydigan xolavachchamning aytishicha, allaqachon ular uchun paxta teradigan polyalar tayyor turibdi. 10 kunlik bo‘lib chiqarkan. Hokim hammaga “O‘zing biriktirilgan joyga borib sharoitingni to‘g‘irla, o‘sha yerda etik kiyib yurasan, bir - ikki oy vagon qilib yotasan”, dedi, deydi rahbarlardan biri.

Shifokorlardan ham tilxat olinyapti

Namangan shahridagi poliklinikalardan birida ishlaydigan vrachning aytishicha, shifokoru hamshiralar "o‘z ixtiyori" bilan paxta terimiga chiqishi haqida tilxat yozib berishga majburlanyapti:

"Bizdan majburiy tilxat yozdirib olishdi. Paxtaga o‘z xohishimiz bilan, vatanparvarlik uchun chiqyapman, deb yozib berdik. Yozmaganlar ishda keyin qolish*qolmasligi ko‘rib chiqilarkan. Hatto yotoqqa kim borishi haqidagi ro‘yxatlarni ham topshirib bo‘ldik", deb yozadi namanganlik vrach.

Xalqaro press klub o‘tkazgan yig‘ilishlarda Namangan, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimlari ham bu yil biror nafar o‘qituvchi va shifokor paxta terimiga jalb etilmasligi haqida va’da bergan.

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rasmiy saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, vazir muovini Erkin Muhitdinov AQSh Senati xalqaro aloqalar bo‘yicha qo‘mitasi hay’ati a’zolari bilan uchrashuv chog‘ida majburiy mehnatni taqiqlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 8 avgust kungi bayonnoma qarori imzolanganini va o‘qituvchiyu shifokorlar paxta terimiga chiqarilmasligini aytgan edi.

Ozodlik terim jarayonidagi majburiy mehnat holatlarini kuzatib boradi.

XS
SM
MD
LG