Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2019, Тошкент вақти: 16:45

Markaziy bank dollar rasmiy kursini qora bozorga tenglashtirishi kutilmoqda


O‘zbekiston bank tizimi mulozimlarining Ozodlikka bildirishicha¸ “bugun-erta” Markaziy bankning rasmiy kursni devalvatsiya qilib¸ mamlakatdagi valyuta almashinuv kurslarining unifikatsiyalanishi – bit xillashuvi to‘g‘risidagi muhim qarorni e’lon qilishi kutilmoqda. “Bozor mexanizmlari asosida belgilanadigan” yagona dollar kursining qora bozordagi joriy kurs – 8000 so‘m atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Markaziy bankdan “markaziy” qaror kutilmoqda

Tijorat banklaridan ayrimlarining 29 avgust kuni Ozodlik suhbatlashgan Toshkentdagi bosh ofisi mulozimlari¸ o‘z banklarining aholidan valyuta sotib olishga hozirlik ko‘raнщtganini bildirdi.

Bizga Markaziy bankdan shunga oid Nizom (12 avgust kungi qaror nazarda tutilmoqda - tahr.) kelganidan beri¸ ish borayapti. Aholidan hozircha valyutani bozor narxida sotib olish boshlangani yo‘q¸ chunki Markaziy bankdan bu haqda hali qaror berilgani yo‘q. Markaziy bank bu kursni belgilashi bilan¸ aholidan valyutani naqdda sotib olishni boshlaymiz¸” dedi Ozodlik suhbatlashgan tijorat banklaridan biri xodimi.

"Kutilaнщtgan qaror - rasmiy va qora bozorni birlashtirish haqida"

O‘zbekiston bank tizimi mulozimlaridan biriga ko‘ra¸ Markaziy bankdan kutilaнщtgan qaror rasmiy kursning keskin devalvatsiya qilinishi haqida bo‘ladi va bu qarorda Markaziy bank valyutalar bozor kursining qaysi nisbatda boshlanishini va undan keyin qanday belgilanishini aniqlashtirishi kerak bo‘ladi.

Dollarning Markaziy bank belgilagan bugungi (29 avgust kungi) rasmiy kursi 4200 so‘m, qora bozor kursi 7800 so‘m atrofida. Endi Markaziy bank rasmiy kursni devalvatsiya qilishi va bozor narxi bilan bir xillashtirishi kerak bo‘ladi. Shunda kurslar¸ ko‘pdan kutilgandek unifikatsiya bo‘ladi¸ erkin konvertatsiyaga eshik ochiladi. Markaziy bank yagona bozor kursini 8000 so‘mlar nari-berisida belgilasa kerak. Shundan keyin¸ valyuta kurslari¸ bozordagi talab va taklifga qarab¸ kunda o‘zgarib turadi”¸ deydi o‘zbekistonlik bank mulozimi.

"Markaziy bank - konvertatsiyaga tayyor. Moliya vazirligichi?

Ozodlik suhbatlashgan ayrim mutaxassislar¸ Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratovning 12 avgust kuni imzolagan va matbuotga kuni-kecha ma’lum qilingan qarorini erkin konvertatsiyaga hozirlikning so‘nggi qadamlaridan biri sifatida izohladi.

Nurmuratov imzolagan bu qaror “Tijorat banklariga jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olishi uchun Markaziy bank tomonidan madad pullari berish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” deb ataladi.

Nomidan ko‘rinib turgandek¸ bu qarorda aholidan naqd dollarni sotib olishga rezervida naqd so‘mi yo‘q tijorat banklariga madad pullari berish mexanizmi ishlab chiqilgan.

Bu nizom¸ ertaga kurslar birlashib¸ odamlar dollarini so‘mga almashlash uchun qora bozor emas¸ tijorat banklariga borganida¸ so‘m yo‘q edi¸ degan holatning oldini olish uchun qabul qilindi. Mamarizo Nurmuratov unifikatsiya¸ ya’ni mamlakatda dollar (boshqa xorij valyutalari ham – tahr.)ning yagona bozor kursi bo‘ladigan erkin konvertatsiyaga o‘tish uchun Markaziy bank qilishi lozim ishlarni qilayapti. Menimcha¸ Markaziy bank tomonidan qo‘yilayotgan qadamlar to‘g‘ri. Gap endi¸ bu o‘zgarishlarni iqtisodiy-fiskal sektor¸ birinchi galda¸ Moliya vazirligi bilan uyg‘unlashtirishda qolayapti. Erkin konvertatsiya ochilgandan keyin uning qancha davom etishi ana shu jarayon natijasiga qaram bo‘ladi”¸ deydi Ozodlik suhbatlashgan o‘zbekistonlik mustaqil iqtisodchilardan biri.

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning 30 iyun kungi qaroriga muvofiq, tijorat banklarining o‘z mijozi bo‘lgan korxonalarga - yuridik shaxslar - bozor narxida valyuta olib-sotishiga ruxsat berilgan edi.

Tijorat banklarining yuridik shaxslardan bozor narxida valyuta olib-sotishni tajriba sifatida boshlagani¸ mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston hukumatining erkin konvertatsiya joriy qilish yo‘lida boshlagan jiddiy qadamlaridan biri sifatida qabul qilingan edi.

XS
SM
MD
LG