Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:43

Sherali Jo‘raev 23 yillik taqiqdan keyin ilk bor “Sharq taronalari”da qo‘shiq aytdi


23 yillik taqiqdan keyin Sherali Jo‘raev ilk marta “Sharq taronalari” festivalida qo‘shiq aytdi. Surat "O‘zbekiston24" telekanali translyatsiyasidan ko‘chirildi.
23 yillik taqiqdan keyin Sherali Jo‘raev ilk marta “Sharq taronalari” festivalida qo‘shiq aytdi. Surat "O‘zbekiston24" telekanali translyatsiyasidan ko‘chirildi.

“Sharq taronalari” XI Xalqaro musiqa festivalining 28 avgustda o‘tkazilgan ochilish marosimida O‘zbekiston Xalq artisti, hofiz Sherali Jo‘raev Bobur g‘azaliga bastalangan “Bahor ayyomida” qo‘shig‘ini ijro qildi.

70 yashar Sherali Jo‘raev 1997 yildan buyon har 2 yilda 1 marta o‘tkazilayotgan mazkur festivalda ilk bor ishtirok etdi.

“Sharq taronalari” musiqa festivalining ismi aytilmasligi sharti bilan gapirgan sobiq tashkilotchilaridan biri, o‘sha davrdagi hukumat a’zosining Ozodlikka aytishicha¸ 1997 yilgi ilk festivalda Sherali Jo‘raevning ishtirok etishiga taqiq qo‘yilgan. Suhbatdoshga ko‘ra, "eng yuqori idora"dan bo‘lgan bu taqiq keyingi 20 yil mobaynida kuchda qolgani bois¸ festival tashkilotchilari Sherali Jo‘raev tadbir qatnashchilari ro‘yxatiga kiritmay kelgan.

- Joriy yilning 21 yanvar oqshomida Sherali Jo‘raev ijodiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv Milliy TVda namoyish qilingani ortidan u kishining "Sharq taronalari" festivalida qatnashishi uchun yo‘l ochildi¸ dedi sobiq mulozim.

1993 yildan buyon, nafaqat tele-radiokanal, balki katta sahnalarda ham kuylashi taqiqlab qo‘yilgan hofiz Sherali Jo‘raev Karimovning o‘limidan keyingina katta sahna va telekanal dasturlariga qayta oldi.

Jonli aytishga izn berilmadi

“Sharq taronalari” festivalining TV translyatsiyasi bilan shug‘ullanayotgan guruh a’zosining Ozodlikka aytishicha¸ tadbirning ochilish marosimida Sherali Jo‘raev qo‘shiqni jonli aytish istagini bildirganiga qaramay, boshqa ashulachilar qatori fonogrammadan foydalanishga majbur bo‘lgan:

- Doimo jonli aytib yurgan Sherali Jo‘raevning lab qimirlatishi fonogrammaga mos kelmagani bois, krupniy kadrlarni bermang, degan ko‘rsatma bo‘ldi. Originalida 11 daqiqali qo‘shiq 4 minutga qisqartirildi. Festivalning 28 avgust kungi Mirziyoev qatnashgan dasturida nakladka bo‘lmasligi uchun barcha dastur fonogrammada namoyish qilindi. Lekin festivalning qolgan kunlarida jonli ijroga izn bor,- dedi suhbatdosh.

“Sharq taronalari” XI Xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirok etib, nutq so‘zladi. Prezident ushbu xalqaro festivalda yuqori martabali mehmonlar va diplomatik korpus vakillari ishtirok etayotganini alohida tilga oldi va mehmonlarni kirib kelaëtgan Qurbon hayiti bilan qutladi.

Festivalda dunyoning 58 mamlakatidan kelgan sharq musiiqasi ijrochilari va munaqqidlari ishtirok etmoqda.

XS
SM
MD
LG