Линклар

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Samvel Babayan milliy terma jamoa bosh murabbiyligi vazifasidan ozod etilgani haqida ma’lum qildi. Bu xabar ortidan Ozodlikning Qurultoy eshittirishida "Babayanning ketishi o‘zbek futbolini tanzzuldan qutqara oladimi?" degan savol javobini muhokama qildik.

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi bayonotida "Samvel Babayan va uning shtabi jahon chempionatiga chiqish vazifasini uddalay olmadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar shtabi butunlay tarqatib yuboriladi," deyiladi.

Eshittirishda qatnashgan FIFA tashkiloti vakili Alisher Aminov Milliy terma jamoaning keyingi taqdiri haqida gapirib, "futbolga erkinlik zarur" deya urg‘uladi.

Unga ko‘ra¸ O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi rahbariyati amaldor va oligarxlar to‘ridan tozalanib, tizimli va shaffof tus olishi kerak.

Eshittirishda futobol muxlisi Sodiqjon No‘’monov¸ srort jurnalistlari Matluba Mustakova va Bobomurod Abdulla ishtirok etdi.

XS
SM
MD
LG