Линклар

Ozodlikning Qurultoy eshittirishida Sirdaryo viloyat Sayxunobod tuman hokimi Nosirjon Egamberdievning maktab direktorlarini do‘pposlagani bilan bog‘liq voqea ildizlari muhokama qilindi.

Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida avgust oyi oxirida ro‘y bergan voqea aks etgan videoni tarmoqlarda tarqalishi ortidan o‘zbek segmentida qizg‘in munozaralar uyg‘otdi.

Videoda Sayxunobod tuman hokimi Nosirjon Mahmudovich Egamberdiev, tumandagi maktablarning direktorlarini bir qatorga terib olib, bir chekkadan kaltaklagani tasvirlangan.​

Ozodlik bilan suhbatda maktab direktorlari Mustaqillik bayramiga o‘qituvchilarni olib bormagani uchun hokim ularni kaltaklaganini aytib berishdi.

Ismi sir qolish sharti bilan Ozodlikka gapirgan maktab direktorining aytishicha, o‘sha kuni u hokimdan eng ko‘p kaltak yegan va Inernetda 12 sentabr kunitarqalgan videotasvir hokimdan kaltak yeyish manzarasining bir qismi xolos.

Ayni paytda Sayxunobod tumani prokuraturasi hokim maktab direktorlarini do‘pposlagani aks etgan video bo‘yicha tekshiruv boshlaganini bildirdi.

Qurultoy qatnashchilari suhbat davomida o‘zbek muallimlari uchun "Sayxunobod sabog‘i nima?" degan savolga javob izlashdi.​

XS
SM
MD
LG