Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:47

"Yoshlar ittifoqi" tashkilotchisi paxtadan qaytayotib avtobus tagida qoldi


Hasharchilar avtobusda paxta terimiga ketmoqda. Ozodlik arxividan olingan bu suratning Sharof Rashidov tumanida sodir bo‘lgan voqeaga aloqasi yo‘q.
Hasharchilar avtobusda paxta terimiga ketmoqda. Ozodlik arxividan olingan bu suratning Sharof Rashidov tumanida sodir bo‘lgan voqeaga aloqasi yo‘q.

Jizzax viloyat, Sharof Rashidov tuman, "Uch tepa" dahasidagi 32- maktabida Yoshlar ittifoqi tashkilotchisi bo‘lib ishlaydigan 39 yashar Gulzoda Tojiboeva paxtadan qaytayotganida avtobus tagida qolib o‘ldi.

Voqea guvohi bo‘lgan uchtepalik o‘qituvchining Ozodlikka aytishicha¸ Gulzoda Tojiboeva tergan paxtasini topshirib uyiga qaytayotgan paytda yo‘l-transport hodisasiga uchragan:

- Gulzoda opani 16 sentabr, soat 20 larda Paxtakor-Jizzax yulidan o‘tayotganda “Isuzi” avtobusi urib ketdi. Opa voqea joyidayoq jon berdi¸ dedi o‘qituvchi.

Jizzax viloyat huquq-tartibot organlaridan biri mulozimi 16 sentabr kuni Gulzoda Tojiboeavaning avtobus tagida qolib o‘lganligini tasdiqladi.

- Tojiboeva paxtadan qaytayotib yo‘lni kesib o‘tayotganida katta tezlik bilan kelayotgan avtobus urib yuborgani oqibatida olamdan o‘tdi. Voqea yuzasidan Rashidov tuman IIB tarafidan jinoyat ishi ochilgan. Avtobus haydovchisiga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266- moddasi, 2- bandi bo‘yicha (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) ayblov hulosasi rasmiylashtirildi. Haydovchi mast holatda bo‘lmagani tibbiy-ekspertiza jarayonida aniqlandi¸ dedi ichki ishlar xodimi.

Gulzoda Tojiboeva 17 sentabr kuni dafn qilindi.

Tojiboevani yaqindan tanigan 32 maktab o‘qituvchilaridan biri Ozodlikka marhumning so‘nggi soatlari haqida aytib berdi

- Gulzodaxon 16 sentabr kuni paxtasini soat 18 larda terib bo‘ldi. Topshirib kun yorug‘ida uyga yetib olay¸ uymda ishim bor dedi. Ammo paxtani qabul qiladigan tarozibonlardan darak ham yo‘q edi. O‘sha kuni fermer tarozibonlarga ziyofat bergan ekan. Tarozibonlar obedda rosa ichishib uxlab kolishgan. Oqibatda paxta tortish kechga koldi. Soat kechki sakkizlarga yaqin Gulzodaxon paxtasini topshirib uyiga qaytdi. Daladan sal naridagi katta yo‘lda ana shu hodisa yuz berdi¸ dedi o‘qituvchi.

Gulzoda Tojiboeva bu yilgi paxta mavsumining Ozodlikka ma’lum bo‘lgan ikkinchi qurbonidir.

Tojiboevani mashina urib yuborgan 16 sentabr kuni Andijon shahrida yashovchi 58 yoshli Muzaffar Umrzoqov maktabda farrosh bo‘lib ishlaydigan rafiqasi o‘rniga paxtaga chiqqan paytda dalada jon bergan edi.

Voqea guvohlarining Ozodlikka aytishicha, Umrzoqov tergan paxtasini pritsepga olib borayotgan mahal yurak xurujidan o‘lgan.

Xalqaro tashkilotlarning majburiy mehnatga qarshi kurashish haqidagi tinimsiz chaqiriqlariga qaramay, O‘zbekistonda bu yil ham byudjet tashkilotlari xodimlari, jumladan o‘qituvchi va shifokorlar ham paxta terishga majburlanmoqda.

O‘tgan yilgi paxta mavsumi payti o‘ndan ortiq odam halok bo‘lgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

19 sentabr kuni BMT bosh minbarida nutq so‘zlagan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatda majburiy mehnatga barham berilganini ta’kidlagan edi.

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rasmiy saytida avgust oyida e’lon qilingan xabarda vazir muovini Erkin Muhitdinov AQSh Senati xalqaro aloqalar bo‘yicha qo‘mitasi hay’ati a’zolari bilan uchrashuv chog‘ida majburiy mehnatni taqiqlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 8 avgust kungi bayonnoma qarori imzolangani va o‘qituvchiyu shifokorlar paxta terimiga chiqarilmasligini aytgani haqda ma’lum qilingan edi.

Ozodlik terim jarayonidagi majburiy mehnat holatlarini kuzatib boradi.

XS
SM
MD
LG