Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:57

Qrimda separatchilikda ayblangan jurnalist ustidan hukm o‘qildi


Jurnalist Nikolay Semena
Jurnalist Nikolay Semena

Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimdagi Simferopol shahar, Jeleznodorojniy tuman sudida Rossiyaning hududiy yaxlitligiga omma orasida chaqiriqlar qilganlikda ayblangan jurnalist Nikolay Semena ustidan hukm o‘qildi.

Semena sud tomonidan aybdor deb topilib, ozodlikdan ikki yarim yilga shartli mahrum qilindi. Jurnalistga, shuningdek, kasbiy faoliyati va har qanday ommaviy faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlab qo‘yildi.

Jurnalist Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi saytining Qrimdagi vaziyatni yorituvchi loyihasi - " Krim. Realii" da e’lon qilgan maqolasi uchun ayblandi. O‘z maqolasida Nikolay Semena 2015 yil sentabrida ukrainaliklar tomonidan uyushtirilgan Qrimning energetik blokadasini ijobiy baholagan edi.

Semenaning bu pozitsiyasini tergov organlari separatchilik sifatida malakaladi va sudlov jarayoni yarim yilga cho‘zildi.

Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi prezidenti Tomas Kent jurnalist Nikolay Semenaning ustidan sud hukmi chiqqani munosabati bilan e’lon qilgan bayonotida "Jurnalist Semenaning ishi Qrimdagi mustaqil ovozlarni o‘chirishga urinishdir" , dedi. Kentning fikricha, Semenaning ustidan chiqarilgan hukm bekor qilinishi lozim.

Кент: "Этот приговор должен быть отменен"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:10 0:00

Nikolay Semenadan tashqari Qrimdan chiqib ketishga ulgurgan boshqa bir necha jurnalistga nisbatan ham ayblov e’lon qilingan.

Separatchilikda, shuningdek, qrimtatarlar Majlisi raisi Rufat Chubarov va uning muovini Ilmi Umerovlarga ham e’lon qilingan. Ular ustidan hukmning 27 sentabrda o‘qilishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG