Линклар

16 декабр 2017, Тошкент вақти: 08:13

Inson huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanuvchi Human Rights Watch (HRW) tashkiloti o‘zbek dissident-yozuvchisi Nurillo Otaxonovning (Nurullo Muhammad Raufxon) hibsga olinishidan tashvishga tushganini bildirdi.

«Hukumat tomonidan dissident-yozuvchi Nurullo Muhammad Raufxonning hibsga olinishi uning reabilitatsiya qilinishi to‘g‘risidagi xabar va O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi vaziyatni yaxshilash borasida tashlanayotgan qadamlar haqida prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan berilgan bayonotdan so‘ng tashvish uyg‘otadi», – deydi HRWning Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlov.

Human Rights Watch O‘zbekiston hukumatiga murojaat qilib ayblari borasida ko‘rsatmalar yo‘qligi, xamda inson huquqlari va fuqarolarning erkin fikrlashlari yuzasidan o‘z zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarnibajargan holda yozuvchi Otaxonovni qo‘yib yuborishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, yozuvchi Nurillo Otaxanov 26 sentabr kuni Istanbuldan Toshkentga qaytdi. U Toshkent aeroportida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan xibsga olindi va qo‘ldagi kishanlari bilan militsiya bo‘limiga olib kelindi.

Tergovchilarning so‘zlariga qaraganda, Otaxonovning ushlanishiga uning “Bu kunlar” kitobidagi g‘oyalar sabab bo‘ldi. O‘zbekiston Vazirlar maxkamasi qoshidagi Din ishlari qo‘mitasi xulosasiga ko‘ra kitobda «ekstremistik» g‘oyalar mavjud.

XS
SM
MD
LG