Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:30

“Advokatlar Nurullo Otaxonovni himoya qilishdan bosh tortdi”


Yozuvchi Nurullo Otaxonov
Yozuvchi Nurullo Otaxonov

Turkiyadagi muhojirotdan vataniga qaytgach Toshkent aeroportida ushlanib, 27 sentabrda Toshturmaga qamalgan yozuvchi Nurullo Otaxonovni sudda himoya qilishdan bir necha advokat bosh tortdi. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi rasmiy vakili Nurullo Otaxonov uyushmadan o‘chirilganligini aytdi. Ayni paytda adibning ba’zi hamkasblari uning himoyasiga o‘z bayonotlarini e’lon qildi.

Advokatlar qo‘rqmoqda

Bir necha advokatning Nurullo Otaxonovni himoya qilishdan bosh tortgani to‘g‘risida Ozodlikka yozuvchining turmush o‘rtog‘i ma’lum qildi.

Advokat yollash uchun Toshkent shahar advokatlar kollegiyasiga borgan Gulnora Otaxonovaning aytishicha, birdaniga bir necha advokat uning turmush o‘rtog‘ini himoya qilishdan bosh tortgan:

- Qo‘rqamiz, deyapti hammasi. Chunki bizni oborib-obkeladi bu ishga aralashsak, deb qo‘rqib o‘tirishibdi. Ikki -uchtasi rad qildi¸ deydi Gulnora Otaxonova.

"Bu kunlar" dahshati

Suhbatdoshga ko‘ra¸ Otaxonovning bagaji ichidagi Turkiyada chop qilingan “Bu kunlar “ kitobi va kompyuteri Yashnobod tuman IIB tergovchisi Muzaffar Karimov tarafidan olib qo‘yilgan:

- "Bu kunlar" asariga ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilgan adabiyot sifatida ekspertiza xulosasi berilipti. Kitob va kompyuterni tergovchi olib qo‘ydi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi diniy qo‘mita ekspertiza qilgan ekan kitobni. Agar mustaqil bir ekspertiza "kitob mazmunan esktremistik g‘oyaga asoslanmagan", deb xulosa bersa ahvol yaxshilanishidan umid qilsa bo‘ladi deb aytishdi yuristlar¸ deydi Otaxonova.

Shu kunlarda Toshturmada qolayotgan yozuvchining o‘g‘li Fayzullo Otaxonovning Ozodlikka aytishicha¸ otasining jomadonida Prezidentga atab dastxat bitilgan kitob bo‘lgan:

- Otam bu kitobga dastxat yozib¸ prezident Mirziyoevga berish uchun olib ketuvdi, dedi yozuvchining o‘g‘li.

Prezidentga atalgan kitob-daliliy ashëga aylandi
Prezidentga atalgan kitob-daliliy ashëga aylandi

Nurullo Otaxonovning bu kitobi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida ishlaydigan xodimning Ozodlikka aytishicha, O‘zbekistondagi taqiqlangan asarlar ro‘yxatiga kiritilgan.

"Bu kunlar" asarida yozuvchi O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov asos solgan rejimga, mamlakatda shakllangan yakkahokimlik tuzumiga va butun jamiyatda urchib xavfli tus olib borayotgan ulkan yolg‘onga qarshi keskin munosabat bildirgan.

O‘tgan yili Andijon shahar «Uyg‘ur» jome masjidi imom xatibi noibi “Bu kunlar” romaniga qarshi maqolani internetda e’lon qilib¸ yozuvchini sotqinlikda ayblagan edi.

Yozuvchi O‘zbekiston prezidentiga ishonib yurtga qaytgan edi
Yozuvchi O‘zbekiston prezidentiga ishonib yurtga qaytgan edi

Tergovchi nima dedi?

Yozuvchini tergov qilayogan Yashnobod tuman IIB tergovchisi Muzaffar Karimovning Ozodlikka aytishicha¸ Nurullo Otaxonov 2013 yildan beri hech qaerda ishlamagan va u kishining “delosida ish joyidan va Yozuvchilar uyushmasidan tavsifnoma yo‘q”. Tergovchi Ozodlikning boshqa savollariga javob berishni istamadi.

“Otaxonov Yozuvchilar uyushmasidan chiqarilgan”

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi rais o‘rinbosari G‘ayrat Majidov Ozodlik bilan savoliga javoban “Nurullo Otaxonov uyushmadan o‘chirilganligini” aytdi.

- Oldin a’zo bo‘lgan. Ammo uyushma ishida faol qatnashmagani va boshqa sabablar bois u kishi maxsus bayonnoma bilan uyushmadan chiqarilgan. Uyushma o‘z a’zosi bo‘lmagan kishiini himoya qilmaydi. Nurullo Otaxonov qamalishidan oldin qaerda ishlagan bo‘lsa o‘sha yer tavsifnoma yozib bersin¸ dedi G‘ayrat Majidov.

“Адвокатлар Нурулло Отахоновни ҳимоя қилишдан бош тортди”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:06 0:00
Бевосита линк

Hamkasbini qo‘llagan adiblar

Ayni paytda taniqli prozaik¸ sobiq davlat arbobi Murod Muhammad Do‘st o‘zining facebookdagi sahifasida Nurullo Otaxonovni “millat ravnaqini o‘ylaydigan yaxshi yozuvchi”, deya atab¸ uni ozod qilishga chaqirdi:

- U bugungi hokimiyat boshlagan islohlarga ishonib, o‘z ixtiyori bilan vatanga qaytdi. Aslida uning qaytishi biz uchun imtihon edi. Imtihon savoliga bergan birinchi javobimiz havo limanida yozuvchi qo‘llariga kishan solish bo‘ldi. Melisa bilan sudga ishonch kam, ushla desa ushlaydi, qama desa qamaydi. Nurillo Otaxonni hibsga olish O‘zbekistonga obro‘ keltirmaydi. Shu haqiqatni yaxshi anglaydigan, turli shov-shuv va boshqa mashmashalar urchib ketmasidan yozuvchini ozod qilishga qurbi etadigan farosatli arbob topiladi, deb ishonamiz¸ deb yozdi adib.

Nurullo Otaxonov 27 avgust tongida Toshkent aeroportida uchoqdan tushganidan so‘ng, militsiya xodimlari tomonidan qo‘liga kishan solinib, Yashnobod tuman IIBsiga olib ketilgan, keyinroq Toshturmaga olib ketilgan edi.

Taniqli adib Ulug‘bek Hamdam ham ijtimoiy tarmoq orqali Otaxonovning hibsga olinishiga munosabat bildirdi:

"Haqni va xalqni yod etib, uning himoyasi yo‘lida qalam tebratgan yozuvchi tashqaridan mag‘lub etilgan bo‘lib ko‘rinishi mumkin, lekin ertaga u albatta g‘olib bo‘ladi. Chunki bizning barchamiz erta bir kun bu dunyoni tark etamiz. HAQ va XALQ esa hamisha bo‘ladi va kimning O‘ZI tomonida turganiga qarab bahosini beradi. Ertaga mag‘lub bo‘lishni va millat yodida mudom shunday bo‘lib qolishni istamasangiz, Yozuvchini, Haq va xalq yonida turgan Yozuvchini qo‘yib yuboring! -deya, yozdi Ulug‘bek Hamdam.​

Nurullo Otaxonov 27 avgust tongida Toshkent aeroportida uchoqdan tushganidan so‘ng, militsiya xodimlari tomonidan qo‘liga kishan solinib, Yashnobod tuman IIBsiga olib ketilgan, keyinroq Toshturmaga olib ketilgan edi.

BMT diniy erkinliklar bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid o‘zbek huquqbonlari bilan suhbatda 2 oktabr kuni O‘zbekistonga qiladigan tashrifi doirasida qamoqda qolaëtgan Nurullo Otaxonov holidan habar olishini va’da qilgan. Bu haqda Ozodlikka bosh qarorgohi Parijda joylashgan "Markaziy Osiyoda inson huquqlari" assotsiatsiyasi rahbari Nadejda Ataeva xabar qildi.

Oldinroq Inson huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanuvchi Human Rights Watch (HRW) tashkiloti o‘zbek dissident-yozuvchisi Nurillo Otaxonovning (Nurullo Muhammad Raufxon) hibsga olinishidan tashvishga tushganini bildirdi.

«Hukumat tomonidan dissident-yozuvchi Nurullo Muhammad Raufxonning hibsga olinishi uning reabilitatsiya qilinishi to‘g‘risidagi xabar va O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi vaziyatni yaxshilash borasida tashlanayotgan qadamlar haqida prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan berilgan bayonotdan so‘ng tashvish uyg‘otadi», – deydi HRWning Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlov.

XS
SM
MD
LG