Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:19

Hokimlar Bosh vazirni sabotaj qilmoqdami?


Ozodlik mobil muxbirlarining xabar berishicha, so‘nggi kunlarda O‘zbekistonning turli viloyatlarida o‘qituvchi va shifokorlarni paxta terimiga yana safarbar etish boshlangan. O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning 21 sentabr kuni videoslektordagi topshirig‘idan so‘ng, paxta terimida qatnshayotgan bu soha vakillari va talabalar zudlik bilan ortga qaytarilgan edi.

Ozodlik olgan ma’lumotlarga ko‘ra, dushanba kuni O‘zbekistonda yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng ba’zi viloyat va tuman hokimlari byudjet tashkilotlari xodimlari, jumladan o‘qituvchi va shifokorlarni cheklangan holatda paxta terimiga safarbar qilishni boshlagan.

Ҳокимлар Бош вазир қарорини саботаж қилмоқдами?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:56 0:00
Бевосита линк

“Bosh vazirning qarori rahbarlar uchun bir tiyinmi?

Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumanidan Ozodlikka yozgan o‘qituvchi, Bosh vazirning o‘qituvchilarni paxta terimiga jalb qilmaslik haqidagi topshirig‘ini mahalliy rahbarlar sabotaj qilayotgani haqida yozdi:

“Bosh vazirimizning qarori bilan paxta terimidan qaytgan va bundan juda xursand bo‘lgan edik. Lekin Taxiatosh tumanidagi rahbarlar bu qarorni bir tiyinga olmaganga o‘xshaydi. Chunki, kecha yana men ishlayotgan 33-maktab o‘qituvchilari paxta terimiga jo‘natishdi”, deb yozadi o‘qituvchi.

Samarqand shahridagi poliklinikalardan birida ishlaydigan shifokorning yozishicha, tibbiyot xodimlariga paxta terimiga chiqish buyurilgan:

“Bugun hokimlik va tibbiyot birlashmasi vakillari hamma poliklinikalarga birma-bir kirib chiqib, duxturlarni 15 kunlik paxtaga chiqishini e’lon qildi. Navbat bilan 5-10 kishilik guruh bo‘lib chiqar ekanmiz”, deb yozdi shifokor.

Bosh vazirning qarori hech narsani o‘zgartirmadi

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi maktablardan birida ishlaydigan o‘qituvchi, har yilgidek paxta terimi uchun o‘z o‘rniga mardikor yollashga majbur ekanligi haqida Ozodlikka aytdi:

“To‘g‘ri, biz paxtaga chiqmayapmiz. Lekin o‘rnimizga odam yollab yuborishga majburmiz. O‘tgan yil ham shunday bo‘lgan edi. Hech qanday o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. Ikki o‘n besh bir o‘ttiz. Olgan maoshimiz odam yollashga ketadi. Hozir mardikorni bir kunga 25 ming so‘mga yollayapmiz. Boshqa ilojimiz yo‘q”, dedi o‘qituvchi.

Hasharchining xarajati ham o‘qituvchi bo‘yniga yuklanyapti

Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi 27-umumta’lim maktabidan ishlaydigan o‘qituvchining Ozodlikka yozishicha, vodiy tumanlaridan keltirilayotgan hasharchilarni ish haqi va oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun o‘qituvchilardan pul yig‘ib olingan:

“Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi 27- maktab direktori o‘qituvchilar paxta terimidan qaytarilganiga qaramasdan, hamma o‘qituvchidan 350 ming so‘mdan yig‘ib oldi. Shu kunlarda yana 150 ming so‘mdan to‘lashga majbur qilyapti. Farroshlar 200 mingga yaqin maosh oladi, direktor esa ulardan 400 mingdan talab qilyapti. Nimaymish, Qibray hokimi shuni talab qilayotganmish. Vodiydan kelgan paxta teruvchilarga to‘larmish, hokim. Lekin, atrofdagi maktablarda bunday hangoma yo‘q”, deb yozadi o‘qituvchi.

Sirdaryoda maktablarning texnik xodimlari yuz foiz paxtaga haydaldi

Sirdaryo viloyatining Oq oltin tumanidagi maktablardan birida ishlaydigan o‘qituvchining aytishicha, texnik xodimlarning maktabda yo‘qligi bois ularning ishini bajarish o‘qituvchi va o‘quvchilarning zimmasiga yuklangan:

“Maktablar farroshsiz, laborantsiz, elektriksiz va qorovulsiz qoldi. Farroshlikni o‘quvchilar, qolgan ishlarni esa o‘qituvchilar qilyapti”, deydi o‘qituvchi.

Bosh vazir kimga gapirgan edi?

21 sentabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida yarim tunda videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani va unda 22 sentabr soat 17:00ga qadar paxtaga jalb qilingan talabalar, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarini ortga qaytarish bo‘yicha topshiriq berilganligi haqida hukumat nashrlari xabar qilgan edi.

Bosh vazirning bu topshirig‘idan so‘ng, dala mehnatining barcha mashaqqatli mehnati bo‘yinlariga yuklangan o‘qituvchiyu shifokorlar, ayniqsa, juda xursand bo‘lgan edi.

Lekin, oradan ko‘p vaqt o‘tmay, ayniqsa, ob-havo soviy boshlagandan so‘ng paxta terimi rejasi bajarilishi xavf ostida qolgan viloyat va tuman hokimlarining o‘qituvchi va shifokorlarni cheklangan holatda, hech kimga bildirmay paxtaga yuborish holatlari kuzatilmoqda.

Ozodlik suhbatlashgan hokimlik vakillari, byudjet tashkiloti xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish holatlari borligini muntazam inkor qilib keladi.

Paxta terayotgan o‘qituvchiyu shifokorlarning aytishlaricha, ulardan begona odam so‘rab qolgan taqdirda, ta’tilda yoki dam olish kuni bo‘lgani uchun, oilaviy byudjetini to‘ldirish maqsadida o‘z ixtiyori bilan terimga chiqqanligini aytish, uqtirilgan.

XS
SM
MD
LG