Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 09:46

Hukumat terimga chiqmaganlarga elektrdan uzish yoki tomorqasini tortib olish bilan tahdid qilmoqda


"O‘zbekistonda hamma paxtakor!" shiori bu yil ham dolzarb.
"O‘zbekistonda hamma paxtakor!" shiori bu yil ham dolzarb.

Toshkent viloyat, Ohangaron tuman Elektr tarmoqlari korxonasi qarzi bor iste’molchilarga, agar paxta terimiga chiqmasa, elektr ta’minotini uzish bilan tahdid qilmoqda. Biroq qarzdor xonadonlar elektr ta’minotini uzish uchun mutaxassislar yetishmayapti – ular ham paxtada.

Xorazm viloyat Bog‘ot tumani hokimligi esa, uyushmagan aholini paxta terimiga jalb etish uchun jazoning boshqa turidan foydalanishga urinmoqda.

Ҳукумат теримга чиқмаганларни электрдан узади ёки томорқасини тортиб олади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:19 0:00
Бевосита линк

Ohangaron tuman Elektr tarmoqlari korxonasi rahbarlaridan biri shu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaroning xatida keltirilgan ma’lumotlarni tasdiqladi.

"Bunday tahdid Karimov davrida ham bo‘lmagan"

Ozodlikka ohangaronlikdan kelgan xatda mana bunday deyilgan:

“Endi Ohangaronda elektr energiyasi uziladimi? Xalqda nima ayb? Ohangaronda hech qachon bunaqa elektr tanqisligi bo‘lmagan. Va bunaqa tahdid ham bo‘lmagan, hatto Karimov davrida ham”.

Tuman Elektr tarmoqlari korxonasining ismi aytilmasligi sharti bilan savollarga javob bergan vakili paxtaga chiqmagan abonentlar elektr ta’minotidan uzilayotganini tasdiqlar ekan, “Bir yarim, ikki, uch million so‘m qarzi borlarni uzyapmiz”, dedi.

Energetikning aytishicha, qarzdorlarga “paxtaga borib, 10-15 kun tersang, shu vaqt ichida sveting o‘chirilmaydi, paxta terib topgan pulingni qarzingga to‘laysan, shunday qilib, qarzingning 20-30 foizidan qutulasan”, deyilayapti.

Qancha qarzdor bor?

Shu kungacha qancha xonadonning elektri uzilganini mutaxassis ayta olmadi. “Uziladigan va uzilgan xonadonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Majburiy ijro byurosida bo‘ladi”, dedi u. Lekin, ayni paytda u tuman bo‘ylab ta’minotdan uzilishi kerak bo‘lgan 200 dan ortiq iste’molchi borligi, ularning 60 foizdan ko‘pi Ohangaron shahridagi abonentlar ekanligini aytdi.

Qarzdorlarning chirog‘ini o‘chiruvchilarning o‘zlari ham paxtada

Ohangaron tuman Elektr tarmoqlari korxonasi vakili javoblaridan iste’molchilarni elektr ta’minotidan uzish hozircha tahdid darajasida qolayotgani, svetni uzish bilan amalda hech kim shug‘ullanmayotgani ma’lum bo‘ldi.

“Chunki korxonamiz shaxsiy tarkibining 40 foizi – 25 kishi paxtada, yotib terayapti. Bundan tashqari har kuni yana montyorlardan 10 kishi chiqarayapmiz. Ular borib-kelib terayapti”, dedi ohangaronlik energetik.

Bog‘otdan kelgan xat

Xorazm viloyat, Bog‘ot tuman aholisi kuni kecha mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘idan ogohlantiruv xati oldi.

Ozodlik ixtiyorida tumandagi “Hurriyat” mahallasida yashovchi fuqaroga kelgan xat nusxasi bor.

Xatda paxta terimiga ommaviy safarbarlik e’lon qilingani bildirilib, davomida bunday deyilgan:

“Sizdan qo‘yimcha tomorqa egasi sifatida bugungi muhim tadbirda oilangizdan 1 (bir) nafar terimchini bugundan boshlab har kuni jalb qilishingiz va 14 oktabrgacha 1 tonna paxta xom ashyosi terish so‘raladi. Aks holda qo‘shimcha daromad sifatida ajratib berilgan tomorqa yer maydoningizni tuman hokimligi zahirasiga qaytarib olish to‘g‘risida tuman hokimi nomiga bildirgi kiritish to‘g‘risida ogohlantiraman”.

Xatni tan oldilar

Hujjatda MFY raisi imzosi yo‘q. Lekin tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limining muhri va imzo bor.

Tilga olingan bo‘limning mas’ul vakili bu xatning haqiqiy ekanligini tasdiqladi, xat tuman hokimning buyrug‘i bilan yozilganini aytdi.

U savol-javob davomida gap 1998 yil, 30 aprelda imzolangan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunga binoan berilgan qo‘shimcha tomorqalar ustida ketayotgani eslatdi.

Mutaxassisning aytishicha, keyingi yillarda ba’zilar o‘sha erlarga uy-joy solib, qonunni buzgan, endilikda Prezidentning joriy yil 31 maydagi farmonida belgilangan choralarni amalga oshirish ustida ish olib borilmoqda.

Muammoni hal qilish uchun vositasi - muammo

Shunday qilib, Ohangaronda elektr quvvati uchun debitorlik qarzi, Bog‘otda tomorqadan noqonuniy foydalanish kabi doimiy muammolardan mavsumiy muammo – paxta terimi muammosini hal qilish vositasi sifatida foydalanishga urinayotganlari ma’lum bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG