Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:52

O‘zbekistonda inson huquqlari arifmetikasi - uch odam kirdi -uch odam chiqdi


Eltuz.com nashridagi karikatura
Eltuz.com nashridagi karikatura

Ozodlikning "Qurultoy" eshittirishida jurnalist Solijon Abdurahmonov va huquq faoli A’zam Farmonovning ozod qilingani fonida ikki jurnalist va bir yozuvchining qo‘lga olingani muhokama qilindi.

O‘tkan haftada yozuvchi Nurullo Otaxonov va jurnalist Bobomurod Abdullaev konstitutsiyaviy tuzumga tajovuzda ayblanib qo‘lga olindi. Shuningdek O‘zbekiston so‘roviga ko‘ra¸ jurnalist Narzulla Oxunjonov tovlamachilikda ayblanib Kievda hibsga olindi.

"Qurultoy" qatnashchilari bu qamoqqa olishlarni O‘zbekiston MXXsining “Mirziyoev uchun sahnalashtirgan spektakli” deb atashdi.

Muxolifatdagi “Birlik” partiyasi markaziy kengashi a’zosi¸ jurnalist Anvar Usmon Bobomurod Abdullaevga qo‘yilgan ayblarni “eski muxolifatga berilgan yangi zarba” deb atadi.

Қурултой эшиттириши: Уч одам чиқди-уч одам кирди.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:30:15 0:00

Ayni paytda¸ Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ BMT Inson huquqlari kengashining Din va e’tiqod erkinligi masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shohid yetakchiligidagi delegatsiyaning 2-12 oktabr kunlari O‘zbekistonga qilayotgan safari arafasida Rossiyadan O‘zbekiston so‘rovi bilan olib kelingan yana bir huquq faoi Maxsud Abdujabborov ham ozod etilgan.

XS
SM
MD
LG