Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:14

M. Solih: Bobomurod Abdullaev ishi - meni vatanga qaytarmaslik uchun uyushtirilgan fitna!


27 sentabr kuni yo‘qolganidan uch kun o‘tib daragi MXX hibsxonasidan chiqqan jurnalist Bobomurod Abdullaevni Muhammad Solihning topshirig‘i bilan hokimiyatni kuch bilan ag‘darishga uringanlikda ayblash harakati boshlandi.

MXXning bu harakatiga munosabat bildirar ekan, muxolifatdagi O‘zbekiston Xalq harakati rahbari Muhammad Solih "Bobomurod Abdullaev ishi meni vatanga qaytarmaslik uchun uyushtirilgan fitnadir" dedi.

Ayni paytda¸ Abdullaev qo‘lga olinishi ortidan unga ma’lumot berganlikda ayblanaëtgan ikki shaxsning ham qora maskalilar tomonidan olib ketilgani va hozirda ularning ham MXX hibsxonasida ekani aytilmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining jurnalist Bobomurod Abdullaevni ehtiyot chorasi sifatida hibsda ushlash haqidagi 1 oktabr kungi ajrimidan tergovchilarning unga O‘zbekiston Jinoyat kodeksidagi eng og‘ir ayb qo‘yishga hozirlanayotgani aniq bo‘ldi.

Dastlabki tergov materiallaridan kelib chiqib mahkama¸ jurnalist Bobomurod Abdullaev Usmon Haqnazarov taxallusi bilan konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga qaratilgan materiallarni Internetda tarqatish yo‘li bilan hokimiyatni qonuniy saylangan shaxslardan tortib olishni rejalagan¸ degan ajrim chiqardi.

"MXX status kvoni saqlab qolish uchun Mirziyoevni ham "Muhammad Solih" bilan qo‘rqitmoqda"

Bobomurod Abdullaevga dastlabki tergov tomonidan qo‘yilayotgan eng og‘ir ayb – O‘zbekiston Xalq harakati yetakchisi Muhammad Solihning topshirig‘iga ko‘ra¸ O‘zbekistonda inqilob va konstitutsiyaviy tuzumni zo‘ravonlik bilan ag‘darishni maqsad qilgan “Jatva” degan dastur ishlab chiqarish aybidir.

Bu ayblovga va umuman Bobomurod Abdullaev ishiga munosabat bildirgan muxolifatdagi O‘zbekiston Xalq harakatining Turkiyada muhojiratda yashaëtgan rahbari Muhammad Solih¸ bu ishni “absurd” deb atadi.

Muhammad Solihning prezident virtual qabulxonasiga yuborilgan maktubi nusxasi.
Muhammad Solihning prezident virtual qabulxonasiga yuborilgan maktubi nusxasi.

1999 yil fevralida Toshkentda sodir etilgan portlashlarni uyushtirganlikda ayblanib, O‘zbekiston sudi tomonidan sirtdan 15,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Muhammad Solihga oradan 18 yil o‘tib¸ bilvosta ayni ayb qo‘yilmoqda.

O‘ziga qarshi boshlangan yangi ayblov kampaniyasida jurnalist Bobomurod Abdullaevning vosita sifatida ishlatilayotganini aytgan Solih¸ maqsad o‘zi va boshqa muxolifatchilarga nisbatan Shavkat Mirziyoevning munosabati yumshashi¸ xususan¸ o‘zining O‘zbekistonga qaytishiga yo‘l bermaslik ekanini ta’kidlaydi:

- Men avgust oyi oxirlarida Shavkat Mirziyoevning virtual qabulxonasiga murojaat qilib¸ undan o‘zimning Oliy sud tomonidan reabilitatsiya qilinishimni so‘radim. Bu maktub rasman qaydga olinganidan so‘ng¸ Shavkat Mirziyoev uni huquqiy maqomda yechish uchun Ichki ishlar vazirligiga yuborgan¸ deb eshitdim. Bu vazirlikda o‘tirgan inoyatovchilar (MXX raisi Rustam Inoyatov nazarda tutilmoqda – tahr.) uni darhol MXXga oshirgan. Shundan ajiotaj boshlangan. “Bu odam qaytmoqchi. Qaytib kelsa¸ boshimizga balo bo‘ladi. Buni to‘xtatish kerak”¸ degan topshiriq berilgan. Mening O‘zbekistonga qaytishimni to‘xtatish uchun yo‘limga nihoyatda katta to‘siq topish kerak edi. Bir oy ichida anchadan beri kuzatuvda bo‘lgan Bobomurodni hibsga olishdi. O‘ylab topilgan qo‘rqinchli to‘siq¸ yana shu "hokimiyatni ag‘darish"¸ degan absurd ayblov bo‘ldi. MXXdagilar 1999 yilgi 16 fevral portlashlari ortidan uyushtirilgan soxta jinoiy ishni shundoqqina ko‘chirib¸ undagi figurantlar nomini o‘zgartirib¸ Bobomurod Abdullaevni ham shunga qo‘shib¸ ish yasashdi. Bu bilan Shavkat Mirziyoevni ham¸ qarang¸ bu sizni ham ag‘darmoqchi¸ deb qo‘rqitmoqchi bo‘lishayapti¸ deydi Muhammad Solih.

Муҳаммад Солиҳ: Бобомурод Абдуллаев иши мени ватанга қайтармаслик учун уюштирилган фитна!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:19:57 0:00
Бевосита линк

O‘zbekiston Xalq harakati rahbari 1999 yili o‘ziga qarshi uyushtirilib¸ sirtdan 15¸5 yillik qamoq jazosi berilishi bilan tugagan jarayon¸ ishda asosiy guvoh bo‘lgan Zayniddin Asqarovning MXX hibsxonasidan turib Ozodlik va boshqa xorij muxbirlariga bergan intervyusida aytganlari bilan fosh bo‘lganini eslatadi.

Зайниддин Асқаров билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 1:41:02 0:00
Бевосита линк

“Bu voqealardan yaxshi xabardor bo‘lgan Shavkat Mirziyoev¸ MXXning navbatdagi absurd ishiga siyosiy baho beradi va o‘zining ijobiy ishlariga dog‘ bo‘lib tushuvchi Bobomurod Abdullaev ishini to‘xtatadi”¸ deb umid bildiradi Muhammad Solih.

Bobomurod Abdullaev ishi bo‘yicha bir necha kishi qo‘lga olingan

Dastlabki sud ajrimida¸ Bobomurod Abdullaevning Usmon Haqnazarov taxallusi bilan yozgan maqolalari uchun ma’lumotlarni “qo‘riqlanadigan davlat amaldorlari”ga yaqin bo‘lgan Ravshanbek Salaev va Shavkatjon Olloyorovlardan olgani aytiladi.

Sur’at Ikromov¸ hozircha Bobomurod Abdullaev ishi bilan bog‘liq qancha odamning hibsga olingani haqida biror rasmiy ma’lumot yo‘qligini ayta turib¸ nomi ajrimda keltirilgan ikkala shaxsning MXX tomonidan hibsga olingani va hozirda yopiq shaklda tergov qilinayotganini aytdi:

- Bobomurodni 27 sentabrda o‘g‘irlab ketishgan bo‘lsa¸oradan bir kun o‘tib¸ MXX xodimlari Salaev va Olloyorovning uyiga qora maskada bostirib kirib¸ ularni ham olib ketgan. Bu ikkala xorazmlik yigitning yaqinlariga ko‘ra¸ shundan beri ularning taqdiriga oid biror ma’lumot berilmagan. Ular ham MXX hibsxonasida tergov qilinmoqda. Bu ish bo‘yicha yana qancha odamning hisbga olinganini ham hozircha aniqlashning imkoni yo‘q¸ deydi Ikromov.

Bobomurod Abdullaevning ahvoli to‘g‘risida qanday ma’lumot bor?

O‘zbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur’at Ikromov Bobomurod Abdullaev ushlanganidan buyon uning ahvoli haqida biror ma’lumot yo‘qligini bildirdi:

- Buni bilishning yo‘li mahbusning oldiga mustaqil advokatni qo‘yishdir. Lekin bular Bobomurod yaqinlarining mustaqil advokat yollashiga bosim orqali yo‘l bermayapti. Ishni olishi mumkin advokatlarga litsenziyangdan ajraysan¸ deb tahdid qilashayapti. Davlat tomonidan tayinlangan advokatning hech ish qilmasligi hammaga ma’lum. Shuning uchun tergov qanday borayotgani¸ Bobomurodning hozirgi ahvoli haqida umuman ma’lumot yo‘q¸ deydi Ikromov.

Huquq faoli¸ Abdullaev ishining bu qadar yopiqligi O‘zbekiston qonunchiligi hamda xalqaro standartlarga mutlaq zidligini ta’kidlaydi:

- Bu "159 lar" bilan doim shunaqa bo‘lib kelgan. Ammo Bobomurod Abdullaev ishi shov-shuv bo‘lgani¸ unga e’tibor kuchliligidan kelib chiqib¸ MXX tergovda uning oilasi yollagan advokat qatnashishiga ruxsat bersa kerak¸ deb o‘ylagandim. Ammo bunday bo‘lmadi. Tergovning bu qadar yopiq¸ advokatsiz o‘tkazilishi O‘zbekiston Jinoyat-protsessual kodeksiga mutlaq ziddir¸ deydi huquq faoli.

XS
SM
MD
LG