Линклар

Шошилинч хабар
13 ноябр 2019, Тошкент вақти: 19:17

“Fohishachalik qadri yo‘qmi tibbiyot xodimining?”


"Tibbiy ko‘rik majburiy ekan, nega u tibbiyot xodimlari uchun pulli bo‘lishi kerak? Ikkinchidan, qon bilan ishlaydigan tibbiyot xodimlari xavf guruhiga kirishlariga qaramasdan, nima uchun OITS, gepatit "S", "V" va RW(zahm) ga qon topshirish tibbiyot hodimi uchun pulli-yu fohisha, giyohvand va maxbus uchun tekin? Bu bilan tibbiyot xodimlari sha'ni fohisha, giyohvand va jinoyatchilarchalik ham qadrlanmasligining ifodasi emasmi?"- deyilgan Ozodlikka "birlamchi zveno" tibbiyot xodimidan kelgan xatda. Maktubni OzodMaktub ruknida tahrirsiz, qisqartirishsiz, muallif imlosi va punktuatsiyasini saqlagan holda berishga qaror qildik. Xat muallifi ismi sir qolishini istagan.

***

Hozirgi davr eng yuksak, insonparvar kasb egalari bo‘lgan tibbiyot xodimlarining O‘zbekistonda eng xor bo‘lgan davridir. Ayniqsa, davlat qaromog‘idagi tibbiyot hodimlari ( birlamchi zvenoda ishlaydiganlar) moddiy tomondan juda qiynalmoqdalar. Ular davlat qaramog‘ida ishlashlariga qaramay, o‘z ish sharoitlarini o‘z moddiy mablag‘lari hisobidan tiklamoqdalar.

Tibbiyot hodimlari davlat davolash muassasasida ishlashlari uchun ish kiyimlarini - xalatlarni, kantselariya mahsulotlarini (qog‘ozlar, ruchkalar, jurnallar , ambulator kartalar v.h.k.), kasallarni davolashda ishlatiladigan dorilar, shpritslar, paxta, bog‘lov materiallari, tanometr, termometr, fonendoskop, davlat muassasalarini ta'mirlash uchun, xo‘jalikda ishlatiladigan sovunlar, qog‘oz salfetkalar, hattoki yoriqlik beruvchi elektr lampalarigacha o‘z hisobidan sotib olmoqdalar.

Masalan, hozirgi kunda tonometr o‘rtacha 100 ming so‘m bo‘lsa, yiliga vrach 3-4 marta sotib olishga to‘g‘ri keladi, xalatlarning narxi eng kami 40 ming so‘mdan kam emas.

Mustaqillik davrining boshlaridan boshlab, tibbiyot xodimlarining ishlashlari uchun shart sharoitlar yillar davomida kamayib bordi.

Eng achinarlisi shuki, davlat tibbiyot muassasalari hodimlarini me’yorida ishlashlari uchun yuqorida ko‘rsatilgan narsalarni bermasalarda, shu narsalarni tekshiruvchilar orqali talab qilmoqdalar va jarima solmoqdalar! Oldin sen ta’minlab qo‘y, keyin talab qil!!!

Hozirgi kunda, tibbiyot hodimlari nafaqat tibbiyot hodimi balki, ko‘cha tozalovchi, bog‘bon, axlat tashuvchi, xattoki paxta teruvchi mardikor hamdir

Hozirgi kunda, tibbiyot hodimlari nafaqat tibbiyot hodimi balki, ko‘cha tozalovchi, bog‘bon, axlat tashuvchi, xattoki paxta teruvchi mardikor hamdir. (baxtimizga bu gal paxta terimiga tibbiyot xodimlarini jalb qilmaslik to‘g‘ri ekanligini tushunub ettilar)!

Hozirgi kunda, tibbiyot hodimlari rasmiy va norasmiy tashkilotlarning badal to‘lovchilari hamdir. Xech qachon tibbiyot hodimlarini himoya qilmaydigan markaziy matbuotga majburan tibbiyot hodimlarini obuna qilish, vrachlar assotsiatsiyasiga, iste’molchilarni himoya qilish tashkilotiga, paxta hosilini terish uchun majburiy 300 mingdan ortiq pul to‘lash (bugungi kungacha mavjud bo‘lgan), undan tashqari davlat sanepid nazorat xodimlari, o‘t o‘chiruvchilar, favqulotda holat tekshiruvchilari, xokimyat, prokuratura uchun va boshqa tekshiruvchilarni boqishni xam tibbiyot xodimlari bo‘yniga ilib qo‘yishgan!!!

Hozirgi kunda, tibbiyot hodimlarini oddiy odamlar, shuningdek rasmiy rahbarlar tomonidan haqorat qilinishi, ularni so‘kish va hattoki urish oddatiy va jazosiz holatga aylanib qolmoqda.

Hozirgi kunda, tibbiyot hodimlarini oddiy odamlar, shuningdek rasmiy rahbarlar tomonidan haqorat qilinishi, ularni so‘kish va hattoki urish oddatiy va jazosiz holatga aylanib qolmoqda. Qo‘ydek yuvvosh, bu insonparvar kasb egalarini har-qancha xaqarot qilsa, xech kim unga chora ko‘rmaydi(video tasvirga muxirlangan bo‘lsa gina ilojsizdan chora ko‘riladi).

Agarda, O‘zbekistondagi faqat tibbiyot xodimlari bir-necha kungina ishlamasa, 100 minglab odamlar turli kasalliklardan o‘lib ketgan bo‘lar edi. Xech qaysi kasb egalari vrachlarni ishini qilolishmaydi. Vrachlar esa o‘zining bilimi va insonparvarligi bilan hamma kasb egalarining ishini qilishi mumkin.

Hozirgi kunda tibbiyot hodimlari o‘zlari tibbiyot hodimi bo‘la turib, xar yili o‘tadigan tibbiy ko‘riklar ular uchun pulli ekanligi meni juda xam ajablantiradi!

​Hozirgi kunda tibbiyot hodimlari o‘zlari tibbiyot hodimi bo‘la turib, xar yili o‘tadigan tibbiy ko‘riklar ular uchun pulli ekanligi meni juda xam ajablantiradi! Go‘yoki, biz ishlayotgan davlat muassasasi tibbiyot hodimlarining shahsiy korxonasi sifatida ko‘riladi. Nega biz davlat muassasasida ishlab turib tibbiy ko‘rikdan pulli o‘tishimiz kerak?

Tibbiy ko‘rik majburiy ekan, nega u tibbiyot xodimlari uchun pulli bo‘lishi kerak? Ikkinchidan, qon bilan ishlaydigan tibbiyot xodimlari xavf guruhiga kirishlariga qaramasdan, nima uchun OITS, gepatit "S", "V" va RW(zahm) ga qon topshirish tibbiyot hodimi uchun pulli-yu fohisha, giyohvand va maxbus uchun tekin? Bu bilan tibbiyot xodimlarini sha'ni fohisha, giyohvand va jinoyatchilarchalik ham qadrlanmasligining ifodasi emasmi?

Hozirgi davrda qon bilan ishlaydigan tibbiyot hodimlarining xar yilgi tibbiyot ko‘rigi 130-170 ming so‘mga tushmoqda.

Hozirgi davrda qon bilan ishlaydigan tibbiyot hodimlarining xar yilgi tibbiyot ko‘rigi 130-170 ming so‘mga tushmoqda. Xozirgi kunda vrachlarning o‘rtacha oyligi 600-800 ming so‘m (100 AQSh dollardan ham kam) atrofidaligini (o‘rta tibbiyot xodimlarinig oyligi esa oliy va o‘rta ma’lumot talab qilinmaydigan kasb egalari - ko‘cha supuruvchi yoki qorovulning oyligidan past bo‘lgani uchun, uni qiymatini yozishni or deb bildim) inobatga olsak tibbiy ko‘rikga ketadigan pul tibbiyot hodimlarining iqtisodiy ahvolini o‘ta mushkullashtirib qo‘yishi aniq.

Butun dunyoda, tibbiyot kasb egalari xalqning eng oliy janob vakillari hisoblanadi va yuksak qadrlanadi.

O‘zbekistonda esa, uning aksidir.

Bu soha jiddiy muloxazalar va islohatlar talab qiladi.

.........................................................................................................................

Эслатма​: OzodMaktub рукни остида чоп этиладиган фикрлар муаллифнинг шахсий қарашлари ифодасидир. Озодлик бу мулоҳазалар учун масъул эмас.

XS
SM
MD
LG