Линклар

Шошилинч хабар
19 ноябр 2019, Тошкент вақти: 17:37

2 inqilob¸ 4 prezident ko‘rgan qirg‘izistonliklar 5-prezidentni saylaydi


Qirg‘iziston prezidenti saylovi 15 oktabrda bo‘lib o‘tadi.

Yakshanba, 15 oktabrda Qirg‘izistonda prezident saylovi o‘tkaziladi. Mamlakat xalqi o‘zining Beshinchi prezidentini saylaydi.

Qirg‘iziston prezidentlarining inqiloblar bilan bog‘liq tarixi dramatizmga to‘la. Asqar Akaev, Qurmanbek Bakiev, Roza Otunbaeva, Almazbek Atambaevlar ortidan mamlakat rahbari lavozimi uchun shu kunda kechayotgan kurash dramatizmi ham kam emas.

O‘zbekistonning yon qo‘shnisida o‘tayotgan saylov kampaniyasini aks ettiruvchi ba’zi raqamlar bilan tanishing.

2 инқилоб¸ 4 президент кўрган қирғизистонликлар 5-президентни сайлайди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00
Бевосита линк

59 kishi – nomzodlikka nomzod

Prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olish iltimosi bilan Markaziy saylov komissiyasiga 59 odam ariza topshirgan edi. Biroq ularning ko‘pchiligi prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun qo‘yiladigan talablarni bajara olmadi.

Nomzodlikka nomzodlar qirg‘iz tilidan imitihon topshirish, kamida 30 ming tarafdori imzosini yig‘ish va Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etish hamda va saylov jamg‘armasiga 15 ming dollarga ekvivalent mablag‘ o‘tkazish kabi shartlarni bajarishi lozim edi.

13 –2 nomzod

Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi 10 sentabr kuni prezidentlikka nomzodlarning rasmiy ro‘yxatini e’lon qildi.

Qirg‘iz Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
Qirg‘iz Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

Komissiya 59 talabgordan 13 nafarini prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga oldi. Bular Temir Sariev, O‘murbek Babanov, So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov, Bakit To‘ro‘baev, Ernis Zarlikov, Adaxan Madumarov, Azimbek Beknazarov, Toktayim Umo‘talieva, Ulukbek Ko‘chko‘rov, Arslanbek Maliev, Taalatbek Masadikov, Kamchibek Tashiev va Arstanbek Abdildaevlardir.

Keyinroq 2 nomzod: Kamchibek Tashiev va Bakit To‘ro‘baev saylovda nomzod sifatida ishtirok etishdan bosh tortdi.

15 oktabr kuni saylovchilar qolgan 11 nomzoddan biri uchun ovoz beradi.

Qirg‘izistonlik inson huquqlari himoyachisi Izzatillo Rahmatillaev o‘z kuzatishlariga tayanib, asosiy kurash ikki nomzod o‘rtasida ketayotganini aytdi:

- Nomzodlar 11 kishi, lekin asosiy kurash Babanov bilan Jeenbekov o‘rtasida ketayapti. Go‘yoki boshqa nomzod yo‘qday. Qolganlar orasidan Temir Sariev kuni-kecha O‘shga kelib uchrashuv o‘tkazib ketdi, lekin boshqalar faol emas, dedi Izzatillo Rahmutillaev

O‘murbek Babanov
O‘murbek Babanov

Suhbatdoshimiz aytgan O‘murbek Babanov Qirg‘izistonning 2011-2012 yillardagi bosh vaziri, Jo‘g‘o‘rqu Kenesh deputati, “Respublika – Ata-Jurt” fraksiyasi lideri, 47 yoshda. Prezidentlikka o‘z partiyasidan ko‘rsatilgan.

So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov
So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov

So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov Qirg‘izistonning hozirgi bosh vaziri Sapar Isakovdan oldingi bosh vazir. Prezidentlikka Almazbek Atambaevning partiyasi – Qirg‘iziston sotsial-demokratlar partiyasi (QSDP) dan ko‘rsatilgan, 59 yoshda.

$2 881 406,88

Markaziy saylov komissiyasi 11 nomzod saylovoldi targ‘ibot ishlari uchun 9 oktabrgacha sarflagan mablag‘lar to‘g‘risida hisobot e’lon qildi.

Hujjatdan prezidentlikka nomzod O‘murbek Babanov 197 203 561 qirg‘iz so‘mi sarflagani ma’lum bo‘ladi. Bu aqcha bugungi kurs bo‘yicha AQSh puliga 2 881 406 dollar, 88 sentdir.

Sarf-xarajatlar hajmi bo‘yicha 2-o‘rinni 98 527 041 so‘m sarflab, prezidentlikka nomzod So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov egallagan.

Nomzodlar orasida eng kam pulni Adaxan Madumarov sarflagan. Hujjatda u 9 oktabrgacha 1 372 474 so‘m sarflagani aytilgan.

47 ziyoli

Saylovoldi kampaniyasi boshlanganidan buyon So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov tarafdorlari O‘murbek Babanovni saylovchilarni pulga sotib olishga urinayotganlikda, qo‘shni davlatdan yordam olayotganlikda;

O‘murbek Babanov tarafdorlari esa, So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov va uning ortida turgan hukmron partiya - QSDP va prezident Atambaevni ma’muriy resurs qo‘llayotganlikda ayblab kelmoqda.

Azattiq radiosining 12 oktabr kuni xabar qilishicha, intelligensiya vakillaridan iborat 47 kishilik guruh prezident Atambaevga murojaat qilib, hokimiyat ko‘rsatgan nomzod foydasiga ma’muriy resursdan foydalanilayotganidan tashvishda ekanliklarini bildirgan.

Almazbek Atambaev
Almazbek Atambaev

12 oktabr kuni prezident Atambaev Futbol federatsiyasining O‘shda qurilgan maktabi ochilish marosimida qilgan chiqishi chog‘ida saylov halol o‘tkazilajagi to‘g‘risida yana bir bor bayonot berdi.

Qirg‘iziston rahbari, jumladan mana bu gapni aytdi:

“Boshqa davlat prezidentiga quloq solmay menga quloq solinglar. Men o‘zim ham aldanib yurgan ekanman. Ko‘zim 1,5 oy oldin ochildi. Bizning eng qimmat boyligimiz ahilligimizdir”.

Atambaev “boshqa davlat prezidenti” deganda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboevni nazarda tutayotganini uning 7 oktabrdagi nutqida Qozog‘iston rahbarini ochiqdan-ochiq ayblaganidan kelib chiqib taxmin qilish mumkin.

3 mln 25 ming 770 saylovchi

Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, shuncha kishi saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan. Lekin bu yakuniy raqam emas. Ushbu satrlar yozilayotgan soatda Komissiya yakuniy raqamni e’lon qilishi kutilayotgan edi.

2006 yilning oxiriga kelib, Qirg‘iziston aholisi 6 mln. kishidan ortgan.

2 inqilob va 4 prezident

Asqar Akaev
Asqar Akaev

Qirg‘izistonning Birinchi prezidenti Asqar Akaevni 2005 yilgi Mart inqilobi,Ikkinchi prezidenti Qurmanbek Bakievni 2010 yilgi Aprel inqilobi lavozimidan chetlatgan edi.

Shu kunda Akaev Rossiyada, Bakiev Belarusda.

Kurmanbek Bakiev
Kurmanbek Bakiev

Aprel inqilobidan so‘ng mamlakatni qariyb 1,5 yil davomida O‘tish davri prezidenti sifatida Roza Otunbaeva boshqarib turdi.

Almazbek Atambaev prezidentlik vakolatlarini bajarishga 2011 yilning 1

Roza Otunbaeva
Roza Otunbaeva

dekabrida kirishgan edi.

2010 yilning yozida qabul qilingan Konstitutsiyaga binoan, Qirg‘iziston prezidenti vakolatlari muddati 6 yildir. Bu lavozimga 1 kishi faqat 1 marta saylanishi mumkin.

Yangi – Beshinchi prezident davlat rahbari vakolatlarini bajarishga 2017 yil 1 dekabrda kirishadi.

XS
SM
MD
LG