Линклар

Шошилинч хабар
04 май 2024, Тошкент вақти: 04:48

Germaniyada musulmon bayramlari rasmiy maqomga ega bo‘ladimi?


Berlin
Berlin

Germaniya kansleri Angela Merkel rahbarligidagi hukmron koalitsiyaning konservativ a’zolari ichki ishlar vaziri Tomas de Mezyerning mamlakatning ayrim joylarida musulmon bayramlarini nishonlashni joriy qilish borasidagi taklifini rad etdi.

Mezyer 15 oktabr kuni Quyi Saksoniya zaminidagi saylovoldi kampaniyasi vaqtida, “biz musulmonlar ko‘p yashaydigan joylarda ularning bayramlarini nishonlash masalasini ko‘rib chiqishimiz kerak”, deb aytdi.

Angela Merkel boshchiligidagi Xristian demokratlari ittifoqining (XDI) Bavariya zaminidagi qardosh partiyasi Xristianlar sotsial ittifoqi (XSI) ushbu taklifdan o‘zini chetga oldi.

Germaniyaning xristian dini merosiga daxl qilib bo‘lmaydi, Biz musulmon bayramlarini nishonlashni joriy etishni muhokama qilishni ham istamaymiz, – dedi XSIning yetakchi siyosatchisi Aleksandr Dobrindt “Bild” gazetasiga bergan intervьyusida. ​

XDIning yetakchi a’zosi Volfgang Bosbax o‘sha “Bild” gazetasiga, Germaniyada yashayotgan kishilar istalgan diniy bayramlarni nishonlash haqqiga ega, deb aytdi. Lekin uning qo‘shimcha qilishicha, “kelgusida davlat xristianlarga tegishli bo‘lmagan bayramlarni nishonlashni qonun yo‘li bilan himoya qilish-qilmasligi – butunlay boshqa masala.

Germaniyada 4,4 million musulmon istiqomat qiladi, ularning aksariyati kelib chiqishi turk bo‘lgan jamoatga tegishli. Bugungi kunda Germaniyaning umumiy aholisi, taxminan, 80,6 million kishidir.

15 oktabr kuni Quyi Saksoniya zaminida saylov bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu hudud aholi soniga ko‘ra Germaniyada 4-o‘rinni egallaydi.

Ushbu saylov Angela Merkel uchun navbatdagi ulkan sinovdir. O‘tgan oyda federal parlamentga bo‘lib o‘tgan saylovda uning partiyasi ko‘pchilikning ovozini oldi va o‘zi to‘rtinchi muddatga kansler bo‘ladigan bo‘ldi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, ushbu hududdagi saylovda Xristian demokratlari ittifoqi Sotsial-demokratik partiyadan ortda qolmoqda.

XS
SM
MD
LG