Линклар

Farg‘onalik huquq faoli G‘anixon Mamatxonov 8 yillik tutqunlikdan so‘ng ozod etildi

  • Озодлик

G‘anixon Mamatxonov qamoxonadan uyiga ketar yo‘lida Ozodlik uchun suratga tushdi. 2917 yil 16 oktabr.

16 oktabr kuni O‘zbekiston ma’murlari yillardan beri qamoqda saqlangan huquq faolalridan yana biri – 67 yashar G‘anixon Mamatxonovni ozodlikka chiqardi.

Bu haqda Ozodlikka Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi tizimidagi 64/33-sonli muassasada jazo muddatini o‘tagan G‘anixon Mamatxonovni ozod qilish jarayonida bevosita qatnashgan “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati faoli¸ jurnalist Abdurahmon Tashanov xabar qildi.

Farg‘onalik huquq faoli G‘anixon Mamatxonovning nomi bir necha yillardan buyon mahalliy va xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotlari hisobotlarida O‘zbekistondagi siyosiy mahbuslar qatorida zikr etib kelinayotgan edi.

2009 yilning 12 oktabrida hibsga olingan Mamatxonov¸ o‘sha yil 25 noyabr kungi sud hukmiga ko‘ra¸ O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berganlik) va 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha ayblangan va 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

G‘anixon Mamatxonovning muddatiga so‘nggi marta 2014 yilning 3 avgustida jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziltepa tumani sudining hukmi bilan 2 yilu 4 kun muddat qo‘shib berilgan. Ayblov siyosiy mahkumlarga nisbatan ilgari surilayotgan an’anaviy, ya’ni jazoni ijro etish muassasi tartibini buzish bo‘lib, huquq faoli ikkinchi marta shunday jazoga tartilgan. Uning qamoq muddati xuddi shu modda bilan 2014 yilda 2,3 yilga uzaytirilgan edi.

XS
SM
MD
LG