Линклар

O‘zbekiston kelajakda yiliga 50 multfilm ishlab chiqaradigan davlatga aylanmoqchi

  • Абдулла Искандар/Озодлик

Qozog‘iston davlati multfilmlar uchun katta mablag‘ ajratadi

Prezident Shavkat Mirziyoevning qarori binoan qabul qilingan milliy kinematografiyani rivojlantirish dasturi doirasida «O‘zbekkino» Milliy agentligiga 2018 yilda 15 ta, 2022 yildan boshlab har yili 50 tadan multfilm ishlab chiqarishga mablag‘ ajratildi.

Shuningdek, «O‘zbekkino» bolalar uchun yumoristik kinojurnallar suratga olish bo‘yicha topshiriq oldi.

«O‘zbekkino» Milliy agentligida multfilmlar ishlab chiqarishga mas’ul mulozim Mavzur Mahmudovning aytishicha¸ “O‘zbekfilьm” studiyasida ilgari plyonkaga kimyoviy ishlov beradigan laboratoriya joylashgan ulkan binoda multfilm ishlab chiqaradigan sex ochilmoqda.

Suhbatdoshga ko‘ra, shu kunlarda «O‘zbekkino» Milliy agentligida yangi olinadigan animatsion filmlarning ssenariylari tasdiqlangan.

Sovet davrida xalqaro sovrinlar olgan o‘zbek multiplikatsiyasi keyingi 25 yil mobaynida rivojlanmasdan qolib ketgani kuzatiladi. O‘zbek kino va teatr artisti Zuhra Solieva nazarida hukumat qarori ortidan bolalar uchun animatsion kinolar olish sur’ati tezlashadi.

Solievaga ko‘ra “Zumrad va Qimmat” formatidagi multfilmlarni o‘zbek yosh tomoshabinlari kutmoqda.

"Soyuzmultfilm" kinostudiyasida “Game Over” animatsion filmini suratga olgan o‘zbek kinochisi Xudoybergan Yusupovga ko‘a, “Zumrad va Qimmat” formatidagi multfilmlar bilan uzoqqa borish qiyin:

- Ham tijoriy¸ ham ijodiy muvaffaqiyat qozonish uchun ko‘p seriyali multfilm olish kerak. Rossiyadagi Animakord studiyasi suratga olgan “Masha va Ayiq» multfilmining muvaffaqiyati bunga misol. Kidz Global so‘roviga ko‘ra¸ bu filmni Indonieziyada 95 foiz bola va Italiyada 88 bola tanir ekan. Bu muvaffaqiyat ortida davlat emas, oddiy shirkat turibdi, deydi suhbatdosh.

Moskvada ijod qiladigan kinorejissyor Ulug‘bek Yo‘ldoshev multfilm sohasini biladigan mutaxassislarninmg aksari chet elga ketganini aytdi.

Yo‘ldoshevga ko‘ra, prezident qarori qog‘ozda qolib ketaveradi:

- Chunki buni amalga oshiradigan kadrlar yo‘q¸ deydi suhbatdosh.

Yo‘ldoshevga ko‘ra¸ yiliga 50 ta multfilm ishlab chiqarish hazilakam ish emas:

- Butun boshli SSSRda yiliga 20-30 multfilm ishlangan. Masalan, SSSR tarqalishidan oldin 1990 yili 31 ta mul’tfilm olingan. Eng rivojlangan deganimiz 1983 yili 36 ta multfilm olingan. 2016 yili Rossiyada 16 ta multfilm suratga olingan¸ deydi suhbatdosh.

XS
SM
MD
LG