Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:19

Diniy mahkumlar yaqinlari qiynoqlar to‘xtatilishini talab qildi


20 oktabr kuni Navoiy va Samarqanddan kelgan mahkumlarning yaqinlari Toshkentdagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi ofisi yaqinida uch soatcha turishdi.
20 oktabr kuni Navoiy va Samarqanddan kelgan mahkumlarning yaqinlari Toshkentdagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi ofisi yaqinida uch soatcha turishdi.

Toshkent shahrida diniy ayblovlar bilan qamalgan mahkumlarning qarindoshlari "hukumatning qiynoq amallari"ga qarshi norozilik namoyishini o‘tkazmoqda. 20 oktabr kuni Toshkentdagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining idorasi joylashgan Xalqaro biznes markazi binosi qarshisida Samarqand va Navoiy viloyatidan kelgan o‘nga yaqin ayol to‘plandi. Ular qamoqdagi yaqinlariga qiynoqlar to‘xtatilishini talab qilib kelgan.

20 oktabr kuni Navoiy va Samarqanddan kelgan mahkumlarning yaqinlari Toshkentdagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi ofisi yaqinida uch soatcha turishdi.

So‘ngra fuqarolik kiyimidagi xavfsizlik xodimlari kelib, namoyishchilarning plakatlarini olib qo‘ygan va tarqalishga ko‘ndirgan.

Norozilik qatnashchilari prezident Shavkat Mirziyoevdan umidvor ekanliklarini aytishadi.
Norozilik qatnashchilari prezident Shavkat Mirziyoevdan umidvor ekanliklarini aytishadi.

Norozilik tadbirida qatnashayotgan navoiylik Inobat Arzieva Ozodlik bilan suhbatda diniy ekstremizmda ayblanib qamalgan ikki farzandiga tinimsiz qiynoq qo‘llanilganini aytadi.

- Bir o‘g‘limni 2015 yilda qamashdi. Ismi Farruh, qiynoqqa solishdi. Yana bir o‘g‘lim Hasan, shu yil aprel oyida Rossiyadan kelishi bilan qamoqqa tiqishdi. Diniy ayblovlarni bo‘yniga qo‘yish uchun tinimsiz qiynab, belini sindirishdi, yurolmaydi. Yevropa rahbariyatiga buni yetkazmoqchimiz, qiynoqlarni to‘xtatishsin, deb. Lekin, bizni YeI idorasiga o‘tkazishmayapti, - deydi Inobat Arzieva.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:31 0:00
Бевосита линк

Norozilik qatnashchilaridan yana biri Dilshoda Tongotarova ekstremizmda ayblanib, 6 yilga qamalgan o‘g‘lini aybini bo‘yniga qo‘yish uchun singlisini zo‘rlash bilan po‘pisa qilishganini aytadi.

- Jinsiy a’zosiga suv bilan to‘ldirilgan baklajkani osiltirib, qiynashgan. Bo‘ningga olmasang onangni, singlingni ko‘z oldingda zo‘rlaymiz, deyishgan. Tinimsiz qiynashgan. Haqiqat yo‘q, hech kim bizga quloq solmayapti. Bolalarimizga qiynoq qo‘llanilganini aytib, prezident idorasiga ham murojaat qildik, prokuraturaga ham, hech qanaqa natija bo‘lmadi. Shuning uchun bu yerga keldik, xalqaro hamjamiyat ko‘rsin, qamoqda nimalar bo‘layotganini, - deydi Dilshoda Tongotarova.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:31 0:00
Бевосита линк

Samarqandlik Barno Vosieva ham qamoqdagi o‘g‘liga qiynoq qo‘llanilishini talab qilib, Toshkentga kelganini aytadi.

- Diniy terrorizm bo‘yicha ayb qo‘yishgan. 2015 yilda Rossiyadan kelgan edi, bu yil qamadi. Aybni bo‘yniga qo‘yish uchun yechintirib, elektroshok bilan qiynashgan. Dodimizni prezident eshitsin, deb kelsak garajdan formasidagilar kelib, ketinglar bu yerdan, deb bizni quvlayapti. Lekin, biz hech qaerga ketmaymiz, bugun shu yerda yotib qolamiz, - deydi Barno Vositova.

Mahkumlarning yaqinlari qiynoqlar to‘xtatilishini talab qildi.
Mahkumlarning yaqinlari qiynoqlar to‘xtatilishini talab qildi.

Norozilik qatnashchilari O‘zbekiston prezidenti idorasiga ham borish niyatida ekanliklarini aytishmoqda.

- Agar dodimizga hech kim quloq solmasa ertaga prezidentni uyini oldiga bormoqchimiz. Chunki bular bizni aytganlarimizni prezidentimizga yetkazishmayapti. Hech kim quloq solmasa bittamizni qurbon qilamiz, o‘zimizni yoqib yubormoqchimiz. O‘lsak bolalarimizni azob chekayotganini ko‘rmaymiz ham, eshitmaymiz ham, - deydi Dilshoda Tongotarova.

1987 yilda BMT Qiynoqlarga qarshi konvensiyani qabul qilgan. Shu hujjatga muvofiq qiynoq qo‘llash har qanday sharoitda noqonuniy hisoblanadi va hech bir sharoitda qiynoq qo‘llangani oqlanmaydi.

1987 yilda BMT Qiynoqlarga qarshi konvensiyani qabul qilgan.
1987 yilda BMT Qiynoqlarga qarshi konvensiyani qabul qilgan.

O‘zbekiston ham 1992 yilda ushbu Konvensiyaga imzo chekkan va o‘z fuqarolarini qiynoqlardan muhofaza qilish majburiyatiga ega.

Inson huquq himoyachilari O‘zbekiston qamoqxonalarida qiynoqlar sistematik ekanini aytib kelishadi.

Lekin rasmiylar buni rad etishadi.

Ikki yil avval BMTning Qiynoqlarga qarshi qo‘mitasi muhokamasi chog‘ida Inson huquqlari milliy markazi rahbari Akmal Saidov o‘zini so‘roqqa tutgan qo‘mita a’zolariga nisbatan g‘azabnok munosabat bildirgandi O‘zbekiston qamoqxonalarida qiynoqlar yo‘qligini aytgandi.

BMTning Din yoki e’tiqod erkinligi masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachi Ahmed Shohid yaqinda O‘zbekistonga qilgan 11 kunlik safari yakuni bo‘yicha hisobotida Qoraqalpog‘istondagi “Jasliq” qamoqxonasini ham borib ko‘rganini ham yozgan Shohidga ko‘ra, qamoqxona ma’muriyat u yerda 700 mahbus saqlanayotganini bildirgan.

“Men bir necha mahbus bilan maxfiy ravishda ham gaplashishga muvaffaq bo‘ldim. Qamoqxona boshlig‘ining tushuntirishicha, mahbuslar ichki tartib, qoida va jadvalni buzmasa, diniy ibodatlarni bajarishlari mumkin. O‘zim guvoh bo‘lgan narsadan kelib chiqsak, mahbuslar, ayniqsa diniy ekstremizmda ayblanib qamalganlarning reabilitatsiyasi uchun sezilarli sa’y-harakatlar qilinmoqda. Ularning ayrimlariga koloniyada o‘zlarini yaxshi tutganlari va chin dildan afsus qilganlari tufayli muddatidan avval qamoqdan chiqish yoki amnistiya bo‘lish imkoni taqdim etilgan. Shunga qaramay, menga aytishlaricha, ularning ko‘pchiligi 1 yildan 3 yilgacha qo‘shimcha muddatni o‘tashmoqda. Bunga sabab JKning 221-moddasi alomatlarini sodir etishdir. Ayrim hollarda qo‘shib berilgan muddatlar sud tayinlagan muddatdan ham ortib ketgan”, - deb yozgan Shohid.

XS
SM
MD
LG