Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:03

Yan Matusevich: Markaziy osiyolik terror hujumchilari chet ellarda radikallashgan (VIDEO)


Ўзбеклар нега террор ҳужумларини содир этяпти?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:36 0:00

Sayfullo Soipov Nyu-York shahri ko‘chasida odamlarning ustiga yuk mashinasini haydab, 8 kishining umriga zomin bo‘ldi hamda terror amaliyoti sodir etib, O‘zbekistonni jahon jamoatchiligi ko‘z o‘ngida yomonotliq qildi.

Markaziy Osiyoning o‘zbek millatiga mansub kishilari joriy yilda Qo‘shma Shtatlar, Rossiya, Shvetsiya va Turkiyadagi eng qonli jinoyatlarni sodir etdi.

Ammo rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Soipov radikal islom mafkurasi bilan tug‘ilib o‘sgan yurtida emas, yetti yil oldin ko‘chib kelgan mamlakati – AQShda tanishgan.

Soipov 2010 yili Amerikaga viza dasturiga binoan ko‘chib kelgan edi. Prezident Tramp seshanba kuni ro‘y bergan terrorchilik amaliyotidan so‘ng immigrantlarni qattiqroq tekshirishni talab qila boshladi.

– Terrorchilarning aksariyati dunyoviy tutum ustivor mamlakatlardan kelgani ma’lum bo‘lmoqda, ammo ular tug‘ilib o‘sgan emas, ko‘chib kelgan mamlakatida radikallasha boshlaydi, – dedi Yan Matusevich. U Avstriya poytaxti Vena shahrida joylashgan Migratsiya siyosatini ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro markaz tadqiqotchisidir.

2011 yildan beri mintaqaning “iston”lar deb ataluvchi beshta mamlakati: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning minglab vatandoshlari Suriya va Iroqdagi Islom davlati jangarilari safiga borib qo‘shildi.

Ammo ular kamdan-kam hollarda o‘z vatanlarida ektremistlik amaliyotlariga qo‘l uradi.

Radikallashuvning global ko‘rinishi

Ammo joriy yilda Nьyu-York, Istanbul, Sankt-Peterburg va Stokholm shaharlarida sodir etilgan terrorchilik hujumlarida ayblangan, ammo kelib chiqishi turlicha bo‘lgan kishilarni faqat bir narsa – migratsiya birlashtirib turadi.

Turk hukumat idoralari vakillari ma’lum qilishicha, 1 yanvar kuni 39 kishining boshiga yetgan o‘zbek millatiga mansub Abdulqodir Masharipov jangari sifatida Afg‘oniston va Pokistonda yashagan va harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan.

Yuk mashinasini Stokholm ko‘chalaridagi piyodalar ustiga haydab, besh kishini o‘ldirgan boshqa bir o‘zbek Rahmat Oqilov esa Shvetsiyadan boshpana so‘ragan, ammo ruxsat tegmagach, mamlakatdan chiqarib yuborilish xavfi ostida yashagan.

Sankt-Peterburg metrosidagi bomba portlatib, 16 kishini o‘ldirgan va o‘zi ham nobud bo‘lgan 22 yashar Akbarjon Jalilov asli qirg‘izistonlik edi. U 17 yoshida Rossiyaga ko‘chib ketgan.

Garchi ushbu hujumlarni markaziy osiyoliklar sodir etgan bo‘lsa-da, Matusevich unga qo‘l urganlar “yirik va global radikallashuv” ishtirokchilari ekanini, ularning “hayot tarzlari bir-biridan keskin farq qilgani”ni aytadi.

Soipov Nyu-Jersi shtatida Uber taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan.O‘zbekiston hukumati uning mamlakatdan ko‘chib ketishidan oldin ekstremizmga hech qanday aloqasi bo‘lmaganini xabar qildi.

Uni Toshkent shahridagi sobiq qo‘shnilari “iliq so‘zlar” bilan eslagan, “ota-onasi an’anaviy islomga e’tiqod qiladi, ularning hech bir ekstremistik guruhga aloqasi bo‘lmagan”, deyiladi hukumat chorshanba kuni tarqatgan bayonotda.

Ekstremistik g‘oyalarni tarqatishga urinishlar

Nyu-York shahri politsiyasiga ko‘ra, sinchilar terrorchilik amallarining umumiy jihatlarni qidirib, internetda ekstremistik ruhdagi, jumladan, Islom davlati tarqatgan ma’lumotlarga e’tibor qaratmoqda, chunki Soipov terrorchilik amalini o‘sha tashkilot nomidan sodir etdi.

– Soipov bilan Istanbulda hujum uyushtirgan Masharipov o‘rtasidagi o‘xshashlik haqida gapirganda, ikkalasi ham mamlakatdan tashqarida yashagan va Islom davlati targ‘ibot-tashviqoti bilan tanishish imkoniga ega bo‘lgan o‘zbeklar, deb ayta olamiz, – dedi Xalqaro krizislarga qarshi kurash tashkilotining Markaziy Osiyo loyihasi direktori Deyrdre Taynan.

Taynan Soipovning ID bilan bevosita aloqa bo‘lgani yoki bo‘lmagani haqida xulosa chiqarishga “juda erta” ekanini ta’kidlaydi. Ammo uning fikricha, Islom davlati o‘z g‘oyalarini turli yo‘llar bilan rus va Markaziy Osiyo xalqlari tillarida yoyishga intilayotgani aniq.

ID Markaziy Osiyodan jangarilarni yollashda juda murakkab usullarni qo‘llab kelmoqda va ular mintaqada faol bo‘lgan boshqa radikal tashkilotlarnikidan keskin farq qiladi, deydi Taynan.

Inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar IDning global miqyosda tanilishi sobiq sovet respublikalari hukumatlarining taqvodor musulmonlarga bosim ortishiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiyada ham aprel oyida Sankt-Peterburg metrosida ro‘y bergan terrorchilik amalidan so‘ng Markaziy Osiyodan borgan migrantlarni bo‘lar-bo‘lmasga tekshirish, tergash hollari ko‘payib ketdi. Rossiyalik mashhur inson huquqlari himoyachisi Svetlana Gannushkinaning jamiyatda dushman izlash avj olganini aytadi:

– Rossiyaning dushmanlari kim? Tashqi dushman – Amerika Qo‘shma Shtatlari, ichki dushman esa – markaziy osiyolik migrantlar.

XS
SM
MD
LG