Линклар

"Sayfullo Soipovning qarindoshlari: “Hammamiz shokka tushib qoldik. Xuddi yomon tushdagi kabi. Nega bunday qilganini tushuna olmayapmiz”. Shu sarlavha ostidagi maqolani Fergana.ru sayti e’lon qildi. Muassisi va bosh maharriri tagi farg‘onalik jurnalist Daniil Kislov bo‘lgan sayt maqolasini e’tiboringizga havola qilayapmiz. Maqola tarjimasi, fotolar ham Fergana.runiki.

***

Sayfullo Soipovning so‘nggi manzili – Toshkent, Beltepa ko‘chasi, Shayxontohur tumani. Bu yerdan u 2011 yilda Amerikaga ketganidan bir yil o‘tib propiskadan o‘chirilgan. “Farg‘ona” jurnalistlari va ularning moskvalik hamkasbi manzilga qarab ertaroq otlandik: balki qo‘shnilaridan birortasi Soipovlar haqida eslab qoladi, degan niyatda.

Toshkent chetidagi kichikroq daha, sovetlar davrida qurilgan ko‘p kvartirali uy. Hovlida mashinalar, bolalar va kattalar maktabga, ishga shoshilib ketyaptilar. Kvartira birinchi qavatda, balkondan ko‘chaga eshik ochilgan, qoplamasi yaxshi, plastik derazalar. Kvartirada kimdir bor, lekin taqillatishimizga qaramay ochishmadi.

O‘sha zahoti yoshi ellikka borgan, sochiga oq tushganiga qaramay ko‘rinishidan baquvvat qo‘shnisi yugurib chiqib: “Kimsizlar? Qaerdan? Pasportlaringni ko‘rsatasizlarmi? Hozir militsiya chaqiraman!” – deya baqira ketdi. Mushtini o‘qtagani bilan mushtlashishga botina olmayapti.

Xotirjam, muloyimlik bilan tushuntirganimiz bilan hovuridan tushmayapti, derazalardan boshqa qo‘shnilar mo‘ralay boshladilar: “Ha, uchastkavoyni chaqir”, deya ikki erkak biri-birini qo‘llayapti. Biroq hech kim uning telefon raqamini bilmaydi, oddiygina militsiyaga, 02 raqamiga telefon qilishga hech kimning aqli yetmayapti.

Mashinaga o‘tirdik, biroq bu odam bizning yaxshilik bilan ketishimizni istamayapti. Yoshi ulug‘ haydovchiga: “yo‘lovchilaringni tushir, bo‘lmasa nomeringni militsiyaga topshiraman!” deya baqiradi. Haydovchi hayron, na bizni tushirshni va na mashinasini haydashga botina olmaydi. Yana bir qo‘shni mahalla fuqarolari yig‘ini a’zosi ekan, janjalkashga erinibgina: “ha bular jurnalist ekan, o‘zini ishini qilaversinda, sani nima ishing bor?” – deya tinchlantirishga urinadi.

Haydovchi joyidan jildi. Birinchi urinishimiz samarasiz kechdi.

Kechga yaqin ota-onasi yashaydigan uy manzilini topdik – Uchtepa tumanidagi Xondemir mahallasi. Mahalla boy, bir nechta “pryanik” uslubida(“pryanichnix domik”) qurilgan yangi uylar, bir nechta chang bosgan qurilishlar. Uylar oldida yaxshi moshinalar, bolalar o‘ynagan, qizlar darz ketgan asfaltga suv sepishgan.

Soipovlar uyining darvozasi mahkam yopilgan. Uy yangi, qimmatbaho, hatto hashamatli desa ham bo‘ladi. Ko‘chaga qaragan derazalar yo‘q. Eshikni hech kim ochmayapti. Uyda biror jonzotning harakati bilinmayapti.

Qo‘shnilar istamaygina javob berib, gapni qisqa qilishmoqda. Yoshi ulug‘roq ayol bu oilani unchalik yaxshi bilmasligini aytyapti. Ular ketishgan. Kecha uyga qandaydir odamlar kelib, kirib-chiqib yurishgan. Yo‘q. Soipovlar emas.

Uzoqdan shoshilmay, qiynalib yana bir to‘ladan kelgan, sumka ko‘targan ayol kelyapti. “Men mahallaning narigi chekkasida turaman, ularni yaxshi tanimayman”. Kenja Soipovning qilmishi haqida eshitib chinakamiga qo‘rqib ketdi. Shoshilganicha bizni tark eta boshladi, hatto yiqilib tushishiga oz qoldi.

Yana bir qo‘shni ayol ko‘proq gapirdi: “Yaxshi bola, hushmuomala, farzandlarimni o‘zining mashinasida musiqa maktabiga tashlab qo‘yardi. Hech qanaqa soqol, hech qanaqa diniy suhbatlar bo‘lmagan”. “Amerikada uning boshini aylantirib qo‘ydilar, unga o‘xshaganlar odamlarni hafa qilishmaydi, odam o‘ldirishmaydi. Juda achindim unga”. “U uyiga qaytmoqchi edi. Onasi yozda borib kelgan uning oldiga, tez orada qaytib keladi degandi”.

Xondemir mahallasidagi Soipovlar uyi.
Xondemir mahallasidagi Soipovlar uyi.

Soipovning otasi ippodrom orqasidagi qurilish materiallari bozorida do‘kon ochgan.

Ertalab bozorda odamlar kam, surishtirishlardan foyda kam: “Habibullo degan bittasi bor, lekin uning familiyasi Soipovmi-yo‘qmi bilmadim”, deydi sotuvchilardan biri. Laminatlar do‘koniga jo‘natishdi, yo‘q, Soipov emas. ichkariroqqa kiring, ikkinchi qatordan o‘ngga qarab boring.

Ikkinchi qatorda ham boshqa odam ekan. Bozorqo‘m idorasiga borishga to‘g‘ri keldi. Uning o‘rniga qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i yugurib chiqdi, hushmuomalalik bilan kabinetga taklif qildi. So‘roqqa tutib, boshini qimirlatib qo‘ydi. Choy taklif qildi. Pasport va guvohnomalarimizni so‘radi. Kseronusxasini olish uchun kotiba qizga uzatdi. Kimgadir telefon qildi, chiqib eshikni yopib qo‘ydi.

Bozorqo‘m kirib keldi: “Yo‘q, Soipov do‘kon xo‘jayini emas. Qarindoshiga yordam beradi. Uzoq qarindosh. Aftidan u militsiyada. Hech kim uni tanimaydi. Hech kim bilan gaplashish kerak emas. Videos’emkaga ruxsat bermaymiz”.

Kabinetdan chiqamiz. Qabulxonada Moskvada ishlaydigan amerikalik jurnalist o‘tiribdi. Qo‘riqchilarning e’tibori unga chalg‘igani bois biz Soipovning do‘koniga yetib olishga erishdik. Kichkina, bo‘yoq sotishga ixtisoslashgan xona. Bunaqa kichkina do‘konda katta, hashamatli uy qurilishiga yetarli pulni qanday qilib ishlab topsa bo‘lar ekan deya hayron qoldik.

Habibullo Soipovning do‘koni
Habibullo Soipovning do‘koni

Soipov o‘qigan deya taxmin qilganimiz maktab uning uyiga yaqin, yuz metrga bormagan masofada joylashgan. Maktabdan bir to‘da bolalar chiqishmoqda. Fotoapparatlarimizni ko‘rib qolgan qorovul oldimizga yugurib keldi. Direktorning oldiga olib kirishini so‘radik.

Direktor yo‘q, qayoqqadir ketgan. Maktab direktorining behalovat munisa o‘rinbosari bizlarni yaxshi ta’mirlangan kabinetga olib kirib, Karimov portreti ostidagi stol oldiga o‘tqazdi. Sodir etilgan teraktdan dahshatga tushdi. Aytishicha, o‘qituvchilar Soipovni portretidan tanishibdi.

Xuddi Alouddinning chirog‘idan chiqqandek kabinetda qaddi-qomati kelishgan, amr-farmo, sochlari qarg‘a qanoti rangiga bo‘yalgan xonim -maktab direktori paydo bo‘ldi va qat’iy tarzda Soipov uning maktabida o‘qimagan deb bildirdi. Stolga korobkada shokoladlik konfet qo‘yib, suhbatga qo‘shildi, ammo har bir so‘zini aytishidan oldin yetti bor o‘lchab, o‘zini qandaydir sun’iy tarzda tutib o‘tirdi.

Uning ortidan yumaloq yuzli yashil forma kiygan militsioner kirib keldi. Yana hujjat tekshiruvlari, kseronusxa olish va hushmuomalalik bilan so‘roqqa tutishlar boshlandi. “Shu yerda biroz o‘tirib turing. Choy ichasizlarmi?”

MFY mutasaddisi etib keldi. Soipovlarni biladi. Yaxshi oila, mehnatkash. Endi bo‘lsa ularga hamma la’nat toshini yog‘dirmoqda. Mahallamizda ular haqida hamma narsani bilishadi, hech qanaqangi soqol yoki diniy aqidaparastlik e’tibordan chetda qolmaydi.

Oxirida jinoyat qildiruv bo‘limi tergovchisi keldi. Yana so‘roqqa tutish, biroq hech qanaqa bosimlarsiz. Yana bir choynak choy. Ha, shokolad mazali ekan. Bo‘ldi, endi ketaverishingi mumkin, yaxshi boring, omadingizni bersin.

75- maktab
75- maktab

Soipovning singlisi bir nechta savolga javob berishga rozi bo‘ldi, faqat telefon orqali.

“Amerika unga yoqardi. Ammo O‘zbekistonni sog‘inardi. Ob-havoni, dimoqqa uriladigan hidlarni, uyni. Qaytib kelish taraddudini qilib yurardi. Amerika to‘g‘risida hech qachon yomon gapirmagan”.

“Yangi do‘stlari bo‘lmagan. Faqat eski do‘stlari, qo‘shnilari, hamkasblari bilan gaplashib yurardi”.

“Internetdagi yangiliklarni bizga ko‘rsatishganida ishonmadik. Oyim hushidan ketib qoldilar. Oyim uning oldiga borib kelganlarida hech qanaqa shubhali narsalarni sezmadilar, yaxshi kayfiyatda qaytib keldilar. Agar shubha tug‘ilganida, albatta tekshirardilar”.

“Hammamiz shokka tushib qoldik. Dahshatli tushdagi kabi. Nega bunday qilganini tushuna olmayapmiz”.

“Toshkentda u hatto masjidga ham bormasdi. Vaqti yo‘q edi, o‘qish, o‘qish va undan keyin ish. Doim jentlmenlarga o‘xshab sipo yurardi. Tuflisi yaltiratib tozalangan, galstuk, oq ko‘ylak. Futbol o‘ynardi. Sochini doim parvarish qilib yurardi”.

“Qalblarimizni qo‘rquv egallagan. Oilamizdagilarning hammasi u bilan gaplashishni istaydi. Butun dunyo oldida tovba qilsin deymiz”.

Toshkent Moliya instituti. Bu yerda S. Soipov o‘qigan.
Toshkent Moliya instituti. Bu yerda S. Soipov o‘qigan.

Andrey Adjamov, “Fergana” (Moskva-Toshkent-Moskva)

XS
SM
MD
LG