Линклар

Shimoliy Koreyada Internetdan foydalanish mumkinmi?


Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In intranet yordamida kishilar hayotini yanada yaxshiroq nazorat qilish mumkinligini biladi.

Shimoliy Koreyada shifokorlar video konferentsiyalarda ishtirok etishi mumkin. Mamlakat aholisi smartfonlar orqali bir-biriga maktub yoza oladi. Mamlakat elitasi onlayn banking xizmatlaridan foydalana oladi.

Ammo bu amaliyotlarning barchasi puxta nazorat qilinadigan intranetda amalga oshiriladi. Intranet yirik tashkilot yoki davlat idorasining ichki tarmog‘idir. Shimoliy Koreya aholisining bir qismi foydalana oladigan tarmoqni uncha katta bo‘lmagan g‘arb shirkati intranetiga qiyoslash mumkin.

Shimoliy Koreya Internet eng zaif rivojlangan davlatlarning biridir. Oddiy aholi uchun global Internetga ulanish xomxayoldan boshqa narsa emas. Shaxsiy kompyuteriga yoki boshqalar bilan birgalikda ishlatilmaydigan elektron pochtaga ega shaxslar soni esa sanoqli.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In intranet yordamida kishilar hayotini yanada yaxshiroq nazorat qilish mumkinligini biladi.

Pxenyan mamlakatda ikki tabaqali tizim joriy qilgan bo‘lib, unda ishonch qozongan elitalar Internetdan nisbatan erkin foydalana oladi. Oddiy aholi esa, ichki intranetga ulana oladi, xolos.

Shimoliy koreyaliklar tashqi dunyodan uzib qo‘yilgan intranetlarini Kwangmyong, ya’ni “yorug‘lik” yoki “nur” deb ataydilar. Naenara deb atalauvchi brauzer yordamida Kwangmyongdagi 168 saytni ochib ko‘rish mumkin. Mamlakatdagi kompyuterlarga Red Star operatsion tizimi o‘rnatilgan. Naenara brauzeri Firefox, Red Star operatsion tizimi esa, Linux asosida ishlab chiqilgan.

Shimoliy koreyaliklar intranetga asosan mobil qurilmalardan chiqadi. Shimoliy Koreya aholisi soni 25 million bo‘lsa-da, mamlakatdagi barcha smartfonlar soni 2,5-3 millionni tashkil qiladi, xolos. Bu smartfonlar yordamida selfi olish, musiqa eshitish mumkin, ammo global Internetga ulanishning yoki Shimoliy Koreya tashqarisidan kelgan qo‘ng‘iroqlarga javob berishning iloji yo‘q.

XS
SM
MD
LG