Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:30

Diniy ekstremizmda ayblanganlar bu yilgi amnistiyaga tushmaydi


O‘zbekiston jazoni ijro etish muassasalariga borib, afv etilishi mumkin bo‘lgan mahkumlar ro‘yxatini tuzgan Bosh prokuraturaning ishchi guruhiga ushbu ro‘yxatga "diniy ekstremistik tashkilotlar tarkibida jinoyat sodir etgan mahkumlar"ni kiritmaslik topshirig‘i berilgan.

Bosh prokuraturaning bu topshirig‘i Ozodlikka ayni tashkilotdagi manba yuborgan hujjatda alohida qayd etilgan.

O‘zbekistonda odatda 8 dekabrda nishonlanadigan "Konstitutsiya kuni" munosabati bilan afv e’lon qilinadi.

Afv etiladigan va etilmaydiganlar

Prokuratura topshirig‘i
Prokuratura topshirig‘i

​Ishchi guruhiga aloqador Bosh prokuratura xodimining ma’lum qilishicha, “o‘ta xavfli retsidivistlar, qasddan odam o‘ldirganlar, firibgarlik jinoyatini sodir etib zararni qoplamaganlar, narkotik moddalar savdosida aybdor deb topilganlar, josuslar va davlat sirlarini oshkor etgan mahkumlar” ham afv etilishi mumkin bo‘lganlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.

Ismi sir qolishini istagan prokuratura xodimiga ko‘ra, prokuraturaning tajribali va yetakchi mutaxassislaridan tashkil topgan ishchi guruhi 12 noyabrga qadar O‘zbekistondagi aksar qamoqxonalarga borib, afv etilishi mumkin bo‘lgan mahkumlar ro‘yxatini Bosh prokuraturada tashkil etilgan maxsus shtabga taqdim etgan.

"Bu ro‘yxat endi O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Afv etish masalalari bo‘yicha komissiyaga yuborilishi kerak," dedi u.

Ozodlik manbasi tavsiya shaklidagi ro‘yxat hozirda tuzilib chiqqanini bildirdi, ammo aynan qancha mahkum afv etilishi mumkinligini aniq bilmasligini aytdi.

Ishi guruhiga afv etilishi mumkin bo‘lganlar ro‘yxatini tuzishda ayollar, jinoyat sodir etgan paytda balog‘at yoshiga etmagan mahkumlar, 60 yoshdan oshgan erkaklar, chet davlatlar fuqarolari va nogironlarga alohida e’tibor qaratish topshirig‘i berilgan. Jazo muddati uch yildan kam qolgan mahkumlarni ham ro‘yxatga kiritish topshirilgan,” dedi ismi sir qolishini so‘ragan prokuratura xodimi.

Ozodlikka yuborilgan hujjatdan ma’lum bo‘lishicha, “afv etishga loyiq deb topilgan mahkumlardan afv etish tug‘risida iltimosnoma olinib, belgilangan tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, IIB JIEBBga darhol yuborilishi lozim.”

Shu bilan birga o‘rganish natijalari bo‘yicha afv etishga noloyiq deb topilgan mahkumlarning jadvali alohida shakllantirilib, unda rad etish asoslari aniq ko‘rsatilishi lozim"ligi hujjatda alohida ta’kidlangan.

Mirziyoev farmoyishi

Shu yilning oktabr oyi boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan mahkumlar shaxsini va ularga oid materiallarni joylarda ishchi guruhlar tomonidan "sinchkovlik bilan, jumladan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazish yo‘li bilan" o‘rganilishini tashkil qilishga farmoyish bergandi.

Farmoyishda amalga oshirilgan ishlar natijasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi afv etish masalalari bo‘yicha komissiyaga ko‘rib chiqish uchun tegishli takliflar va materiallarni, shu jumladan mahkumlarni afv etish haqidagi iltimosnomalarni taqdim etish ta’kidlangandi.

Prezidentning mahkumlarni afv etish bo‘yicha materiallarni tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoyishida ilk marotaba bu sohadagi kamchiliklar e’tirof etilgandi:

"Shu bilan birga, aholi bilan ochiq muloqot natijalari shundan dalolat bermoqdaki, sud amaliyotida jazoning sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasiga mutanosib bo‘lishi, mahkumning shaxsini tavsiflovchi va aybini yengillashtiruvchi holatlarni hisobga olish yetarlicha to‘liq ta’minlanmayapti.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 274 ta jinoyat ishlari bo‘yicha ayblov qayta malakalanganligi, jinoyat ishlarining 50 tasi qonun o‘zgarishi, 805 tasi javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi, 26 tasi qilmishda jinoyat tarkibi mavjud emasligi munosabati bilan tugatilganligi bu haqda guvohlik bermoqda".

XS
SM
MD
LG