Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:17

Benzin narxi oshishiga norozilik ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rinmoqda


O‘zbekistonda benzin narxi oshirilishiga ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan hajviy fotokollajlar
O‘zbekistonda benzin narxi oshirilishiga ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan hajviy fotokollajlar

O‘zbekistonda 15 noyabrdan benzin va dizel yonilg‘ilari narxiningkeskin qimmatlagani sotsial tarmoqlardagi o‘zbekistonlik foydalanuvchilar tomonidan qizg‘in bahsu munozara bilan qarshi olindi.

14 noyabrda sotsial tarmoqlarda tarqagan O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining benzin narxlari oshirilishi haqidagi qaroriga muvofiq¸ 15 noyabrdan boshlab bir litri 2800 bo‘lgan Ai-80 rusumidagi benzin 3800 so‘m etib belgilandi (narx o‘sishi 35,7 foiz).

Ai-91 rusumidagi benzin narxi 4300 so‘m (+43,3 %), dizel yonilg‘isi 4100 so‘m (+72,6 %) va EKO dizel yonilg‘isi 4200 so‘m (+71%) etib belgilandi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori

Qarorda narxlar o‘zgarishidan "yonilg‘i bozorida raqobat muhitini takomillashtirish, yonilg‘i-energetika resurslarini talon-taroj qilish oldini olish, to‘lov intizomini mustahkamlash, debitor va kreditor qarzdorlikni kamaytirish maqsadlari ham ko‘zlangan"i ta’kidlanadi.

25 yillik karimovcha iqtisod uchun to‘lanayotgan badal?

Facebook foydalanuvchilarining aksari yonilg‘i narxining ko‘tarilishi tanqid va e’tiroz bilan qarshi olishdi.

Taniqli blogger Musannif Adham yonilg‘i narxining oshishini O‘zbekistonda chorak asrdan buyon yuritilayotgan "iqtisodiy siyosat natijasi", deb hisoblaydi.

"Benzin, dollarning oshishiyu oyliklarning ko‘tarilmasligi o‘tgan 25 yillik iqtisodiy siyosat natijasi. Dollar yillar davomida erkin suzib yurmay, kurs sun’iy ravishda pasaytirib turildi. Endi esa o‘sha yillar davomida yig‘ilgan farq yo‘q qilinmoqda. Benzin narxi oshishiga ham dollar ta’sir ko‘rsatdi. Yillar davomida byudjet tashkilotlari va davlat korxonalarida kelgusi davr xarajatlari sifatida aks ettirilgan raqamlar aslida o‘tgan davrlarda qilib bo‘lingan xarajatlardir. Mana shularning hammasi bu yil umumiy xarajatlarga o‘tkazilib, byudjet defitsiti (yetishmovchiligi) paydo bo‘ldi. Natijada, bu yil oyliklar oshmasligi oydinlashmoqda," deb yozadi Musannif Adham.

"Buni monopoliya deydilar! Konkurensiya bo‘lmagandan keyin benzin narxini 10,000 yoki 15,000 qilsa ham, bizda baliqlar indamaydi!" e’tiroz bildiradi Toshkentdan yana bir foydalanuvchi To‘lqin Ostonov.

Ўзбекистонда яна бензин нархи ошди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:34 0:00

"Taksi narxi oshgani yo‘q"

Ozodlik bog‘langan toshkentlik taksichilarning hammasi benzin narxi ko‘tarilgan esa-da, hozirgacha kira haqi o‘zgarmasdan qolayotganini bildirdi.

Ularga ko‘ra, Toshkentda taksichilarning aksari o‘z mashinalariga gaz balonlarini o‘rnatishgan.

"Narxlar o‘zgargani yo‘q. Benzinning ko‘tarilgani bizga ta’sir qilmaydi. Sababi gazda yuramiz," dedi taksichi Rajabboy.

"Bizga kira haqi qancha arzon bo‘lsa, shuncha yaxshi. Taksi arzon bo‘lsa, mijozlar ko‘p bo‘ladi. Shunga yarasha, bizning daromadimiz ham ko‘payadi," dedi Toshkent-Farg‘ona yo‘nalishida haydovchilik qiluvchi Rustam Qo‘yliev.

Toshkentning Qo‘yliq bozorida savdo qiluvchi bekobodlik Farida Jumaeva benzin narxining ko‘tarilishi bozorda meva va kundalik oziq-ovqatlar narxiga ta’sir qilishi mumkinligidan tashvish bildirdi.

"Men Qo‘yliq bozorida ho‘l meva sotaman. Mevani Sirdaryodan yoki Bekoboddan avtobusda olib kelaman. Hozircha avtobusga bilet narxi ko‘tarilgani yo‘q, lekin ko‘tarilishi mumkin deyishayapti. Toshkentga har kuni qatnayman. Agar bilet ming so‘mga oshsayam, oyiga falon pulga ko‘payadi. Shunga qo‘rqib turibman," dedi Farida Jumaeva.

“Shapkavozlik”

Ayni paytda O’zbekiston24 telekanalida mamlakat bo‘ylab benzin taqchilligiga oid ilk bor tahliliy lavha namoyish qildi.

Ko‘rsatuvda faqat poytaxtda va Toshkent viloyatida benzin muammosi yo‘qligi, qolgan barcha mintaqalardagi yonilg‘i shoxobchalarida benzin sotilmayotgani ta’kidlanadi, muxbir AYoQShlardagi navbatlar haqida gapiradi.

Lavhada muxbir benzin taqchilligi sabablarini keltirmaydi, benzin sotishdagi "shapkavozlik" ham yo‘q bo‘lishidan umidvorligini aytadi.

15 noyabrda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatda yuzaga kelgan yonilg‘i taqchilligini zudlik bilan hal qilish maqsadida neftni qayta ishlovchi zavodlarga davlat byudjetidan 2 trillion so‘m (taqriban 250 mln. dollar) qarz berishni buyurdi.

O‘zbekistonda benzin taqchilligi har yili kuzatiladi.

O‘tgan yil oktabr oyida ham benzin taqchilligini hal etish uchun uning narxini keskin ko‘tarilgan, natijada joylarda benzin narxi 7 ming so‘mgacha chiqqan edi.

XS
SM
MD
LG